Psixologik testlar

Hozir butun dunyoda “test” so‘zi jamiyatda va kishilar orasida keng qo‘llaniladigan so‘zlardan bo‘lib qoldi. Chunki biror kasb-hunar orttirish uchun ham odam test sinovidan o‘tadi , ya’ni testning “sinov uslubi” ekanligi ko‘pchilikka ayon bo‘lib qoldi. Psixologik testlarning har qanday boshqa testlardan farqi shundaki, ular yordamida shaxs va jamiyatga aloqador bo‘lgan o‘rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham midor xarakteristikalarini olish, ularni ko‘pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni  analiz orqali  ishonchlilikka tekshirish mumkin bo‘ladi. Ayni testga qo‘yilgan talab xech qachon o‘zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o‘zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o‘lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. Ularning ham turlari mavjud.

Test – so‘rov oldindan qat’iy tarzda  qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi . Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya-ekstroversiyani o‘lchaydi, savollarga “ha” yoki “yo‘q” tarzida javob berish so‘raladi.

Test – topshiriq odam xuli va xolatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi . Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko‘pincha bir qarashda oddiygina topshiriq berqiladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o‘zi xolagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o‘ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko‘rsatgich aniqlanadi.

Bu kabi metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo‘llashning qulayligi, bir guruda natija bermasa, boshqa guruda yana qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatining borligi bo‘lsa, kamchiligi – ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib  olsa, sun’iy tarzda  uning kechishiga ta’sir ko‘rsatishi, faktlarni klasifikasiya qilishi mumkinligidir.

Test natijalarida xatolik

Hurmatli o'quvchi qimmatli vaqtingizni ayamasdan ushbu testlarni ishlab ko'rish uchun bizni tanlaganingizdan hursandmiz, buning uchun sizlarga rahmat aytamiz.

  • Testlarni ishlashda qiynalyapsizmi?
  • Sizda test natijalari bilan bog'liq muammolar bormi?
  • Testlar siz kutgan natijalarni bermayaptimi?
  • Javoblar bir necha qismlardan iborat va ular turlichami?
  • Natijalar chiqmayaptimi?

Siz bu holatdan ranjimang va bundan hulosa chiqarishga aslo shoshilmang!
Hozir biz sizni test ishlash qoidalari va natija olish shartlari bilan tanishtiramiz.

Testlarni ishlashda qiynalyapsizmi? Biz siz aziz muhlislar uchun uzoq muddatli muhokamalardan so'ng testlarni
Javascript (jquery-2.1.4) dasturlash tilida yozishga qaror qildik. Sizda bu nimani anglatadi va qanday afzalliklari bor? kabi savollarning tug'ilishi tabiiy. Javascript tili natijalarni qayta ishlashda foydalanuvchi qurilmasidan (kompyuter, telefon, planshet va h.k.) foydalanadi, bu esa siz test yozilgan sahifani yuklab olganingizdan so'ng internet bilan aloqa uzilganda ham natija olsh imkonini beradi? Agar testlar yozilgan sahifani kompyuteringizga 1 marta saqlab olsangiz (Ctrl+S) uni internet bilan aloqa yo'q vaqtda ham va takroran ishlab natija olishingiz mumkin. Agarda sizning brauzeringiz Javascript tilini tushunmasa yoki Javascript o'chirilgan bo'lsa siz natijalarni ololmaysiz.

Sizda test natijalari bilan bog'liq muammolar bormi? Testlar shunday tuzilganki har bir savolga 1 ta javob belgilanadi va har bir savolga albatta javob belgilash shart. Aks holda javoblar chiqmaydi yoki xato natijalar qaytaradi. Shuning uchun har bir savolga javob belgilanganini tekshirib ko'ring.

Testlar siz kutgan natijalarni bermayaptimi? Sizga taklif etayotgan testlarimiz turli psixoliklar tomonidan keng omma jamoasi uchun tuzilgan bo'lib, ayrim shaxslarning alohida individual hislatlari boisdan kerakli natijani qaytarmasligi mumkin. Bunday hollarda sizga shoshilmasdan testni qayta ishlab ko'rishni tavsiya etamiz.

Javoblar bir necha qismlardan iborat va ular turlichami? Testning ishlash prinsipi bo'yicha belgilagan javoblaringiz ballari bo'yicha emas balki belgilangan harflar bo'yicha baholanadi va bu esa belgilanga harflar ichidan ikikitasining soni teng bo'lgan holda bir nechta javob chiqishiga olib keladi. Bu holat esa sizda ushbu holatlar teng kuchli ekanligini anglatadi.

Natijalar chiqmayaptimi? Siz testning barcha savollariga javob belgiladingiz va Tekshirish tugmasini bosdingiz lekin javob o'rnida turli raqamlar chiqdimi? Bu raqamlar siz ushbu test bo'yicha yig'gan ballaringizdir. Endi siz Ok tugmasini bosing va natijalarni ko'rishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring barcha mutaxasislarimiz doimo siz aziz o'quvchilar hizmatidadir. O'z fiklaringizni kommentaritylarda bildirishingiz yoki biz bilan bo'glangan holda qoldirishingiz mumkin.

Sizda yana boshqa muammolar va savollar hamda takliflar bo'lsa biz bilan bog'laning.
Telefon raqam: +998937910915
yoki ushbu manzilga o'tib xat qoldirishingiz mumkin.

 61

Image Gallery:

Statistika:



Contact