«MUAMMOLARNI O'RGANING»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2015-12-22
Ko'rildi: 1471

Siz meva iste'mol qilib, yaxshi kitob o'qigan bo'lsangiz, tejamkorlikka ahamiyat bergan bo'lsangiz — bularning bari sizga salomatlik, bilim va moddiy farovonlik baxsh etadi.Hech kim doim ham dono qarorga kelolmaydi. Ammo turmush biz qabul qilgan hamma qarorlarimizga o'zining odil bahosini, albatta, beradi. Loqaydlik esa eng yomon maslahatchi bo'lib qolaveradi.
Bir ota xotirjam ishlashi uchun o'g'ilchasini nima bilandir band qilmoqchi bo'libdi. Shunda u jurnalda berilgan dunyo xaritasini yirtib, maydalab o'g'liga qaytadan o'rni-o'rniga qo'yishni buyuribdi. Ma'lum vaqt o'tgach, qarasa, o'g'li yirtilgan qog'oz-xaritani joy-joyiga yopishtirib chiqibdi. Ota ko'zlariga ishonmabdi. Shunda o'g'li tushuntiribdi, yirtilgan xaritaning orqasida bir kishining surati bor ekan. Suratni joy-joyiga qo'yib chiqish oson bo'lgani uchun xaritani tiklash qiyin bo'lmabdi. Xullas, dunyo xaritasi avvalgi holatiga kelibdi.
O'qish, o'rganish va o'sish mana shunday vaziyatlarda bizni muammolardan xalos etadi. Kelajagimizni ta'min etadi. O'g'il bilimdon, farosatli bo'lgani uchun ham suratli tomondan osongina yirtilgan sahifani butlay olgan. Ha, siz ham o'z bilimingiz tufayli muammoning orqa-oldiga qarab, kerakli echimga kela olasiz. Bu bilan hamma ishimiz tartibga tushadi.

     Bildirilgan Fikrlar:

Rustam
2016-08-04

Qalaysan Nodir

Go'zal
2016-08-01

O o o! Yangiliklar zo'rku

Малика
2017-01-27

Хакикатдан хам тугри

tytr
2018-05-03

tyry

rterterterter
2018-05-03

ertertereteteertertertereerererterrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrreeeeeeeeeeeeeeeetyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyyy

iiu
2018-05-03

uiuiuiuiuiui

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 15

Image Gallery:

Statistika:



Contact