« Burjingiz va 10 ta fikr »


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-15
Ko'rildi: 2551

Har bir burj vakillari o'z xarakteriga ega. Buni qarang-ki, har bir burj vakilini o'zi bilmagan holda, o'z qoidasi bo'lar ekan. Ya'ni, ular o'zlari sezmagan holda o'z xarakteridan kelib chiqib, o'zlariga qoidalar yaratib oladilar. Quyida barcha burj vakillarini shunday, yozilmagan va o'zlari sezmagan holda yaratgan qoidalari bilan tanishasiz. Balki, bu qoidalar o'zingizda ham borligini siz sezmagandirsiz.
Quyiga o'z tug'ilgan kuningizni kiriting va burjingizga mos qoidalar bilan tanishing!

Tug'ilgan sanangizni kiriting

Kun:

Oy:

Yil:

HAMAL BURJI (21.03 – 20.04)


1. Men bilan bahslashmagan ma'qul!
2. Avval biror ishni qilib, oqibatini keyin o'ylayman!
3. Boshqalar tormozni bosganda, men gazni bosaman!
4. Men doim yoshligimcha qolaman!
5. Men qilgan ishni bemalol qilaver, baribir menikichalik yaxshi chiqmaydi!
6. Eng qiyini, bu yoningdagi suhbatdoshingni so'zlarini oxirigacha tinglash!
7. Qaysarlik, bu chegara emas!
8. Vaziyatni osonlikcha boshqarish mumkin, lekin o'z hissiyotlaringni boshqarish qiyinroq!
9. Bitta hamal yaxshi, ikkita hamal juda ko'p!
10. Birinchi bo'lib hujum qilmayman. Lekin, menga hujum qilishsa jim qarab o'tirmayman!

SAVR (21.04. –21.05)


1. Buyum sotib olish uchun pulni ayamayman, lekin sayr uchun qizg'anaman!
2. Menga birovni narsasi kerak emas, menikiga ham tegishmasin!
3. Och qornim, tinch qulog'im!
4. Birov senga tegmasa, sen ham unga tegma!
5. Chiroyli quyosh botishini ko'rgandan ko'ra, chiroyli divanda o'tirgan yaxshi!
6. Ovqat tanlash, bu jiddiy masala!
7. Yaxshi qo'zi, ikki onani sutini ichadi!
8. Ikkinchi bo'lib yursang, kuchingni tejaysan!
9. Bir marta foydalanadigan buyumlarga toqat qila olmayman!
10. Degustator, ta'm biluvchilik mening haqiqiy unvonim!

JAVZO (22.05 – 21.06)


1. Bugun men kechagidek emasman.
2. Kim vaziyatni boshqara olsa, o'sha hamma ma'lumotga ega bo'ladi.
3. Bitta aql yaxshi, ikkinchisi undan ham yaxshi, agar ikkalasi bitta odamga tegishli bo'lsa.
4. Dam u yerda, dam bu yerda. Hamma yerda hoziru nozir.
5. Fikr va g'oya, bular xuddi mahsulotga o'xshaydi. Turib qolsa, iste'molga yaroqsiz bo'lib qoladi.
6. Uyda bitta televizor va telefon bo'lsa yaxshi, lekin 3 ta bo'lsa yanada yaxshi.
7. Kim ulgurolmadi, demak kech qoldi.
8. Hamma narsaga tez ulgurishim kerak.
9. Hamma narsaga javobgar bo'la olamanmi, javob berolmayman.
10. Hamma narsani soni ko'p bo'lishini yoqtiraman, chunki sifatga vaqt yetishmaydi.

SARATON (22.06 – 22.07)


1. Meni uyim, meni qo'rg'onim.
2. Boshqalarga enagalik qilish, meni haqiqiy unvonim.
3. Hamma narsa g'amlangan bo'lishi kerak, sabr ham murabbo ham.
4. Kim sabr qilsa, maqsadiga yetadi.
5. Do'stlar bilan uyda uchrash, kafeda emas.
6. Hech narsa yegulikka to'la muzlatkichdek yuragingni qizdira olmaydi.
7. Pul yig'ib, arziydigan narsa sotib olgan yaxshi.
8. Hech qayerga yashirinib bo'lmaydigan joyda yashash qiyin.
9. Butun o'tmishimni yig'ib, o'zim bilan olib yuraman.
10. Nahotki 20 yilda kiyim yoki palto eskirsa? . . .

ASAD (23.07 – 22.08)


1. Men hammani yorqin hayotga yetaklayman . . .
2. Meni qo'llab, quvvatlashlarini yoqtiraman.
3. O'zingni yaxshi tutish qoidasiga rioya qilish, yarim muvaffaqiyat demak.
4. Asadlarga quyosh nur sochadi.
5. Eshikka nomimni chiroyli yozilishi, har qanday puldan afzal.
6. Pul topishni yoqtiraman va sarflashni esa yanada ko'proq.
7. Uyda royal bo'lgani yaxshi, hech kim undan foydalanmasa ham.
8. Ko'rinishim muloyim bo'lgani bilan, aslida yuragimda haqiqiy diktatorman.
9. Agar ish qilishim kerak bo'lsa, katta ish qilishim kerak.
10. Sizga quyosh nima uchun kerak, agar yoningizda men bo'lsam???

SUMBULA (23.08 – 23.09)


1. Sabr va mehnat bilan hamisha g'olib bo'lish mumkin.
2. Kamtarlik inson ziynati.
3. Hamma o'zi uchun yashasa ham, kimgadir xizmat qiladi.
4. Menga tartib kerak, fikrlarimda ham, oshxonada ham.
5. Menga bir-birimiz uchun yaratilganimizni isbotli ravishda asoslab ber.
6. Qiyshiq turgan har qanday buyum meni asabiylashtiradi.
7. Ko'pchilik ichida hayajonlanaman.
8. Men ummondan igna izlamayman.
9. Har bir sunbulada haqiqiy inson yashaydi.
10. Ko'zga tashlangandan, nazardan chetda bo'lib, boshqarishni yaxshi ko'raman.

MEZON (24.09 – 23.10)


1. Hamrohsiz, xuddi qo'l-oyoqsizga o'xshayman.
2. Eng yomon ko'rganim, bu bahslashish.
3. Shartga ko'nib, g'olib chiq.
4. Faqat ahmoqlargina prinsipga amal qilishadi.
5. Har qanday odamni, har qanday ishga qiziqtira olaman.
6. Go'zallik olamni qutqaradi.
7. Hamma ishni kayfiyatga qarab bajaraman.
8. Eng qiyini bu tanlash! Qaror qabul qilish juda qiyin men uchun!
9. Hammani ustidan hukmron bo'la olmadimmi, demak hammasiga nuqta qo'yish kerak.
10. O'zim ham bilmayman qaysi tarafdagiligim, o'zimiznikilar yoki raqib tarafda?

AQRAB (24.10 – 22.11)


1. Afsus, hech kimni chaqib ololmayapman.
2. Har bir voqea divandagidek bo'ladi, hammasida yashirin prujinalar bo'lishi kerak.
3. Jilmayish uchun ham sabab bo'lishi kerak.
4. Hamma narsadan xalos bo'lish mumkin, lekin o'z tuyg'ularingdan emas.
5. Men sevgi qo'shig'ini kelishuv maydonida aytaman.
6. Hamma ham meni qarashimga dosh berolmaydi.
7. Mening tuyg'ularim kamdan kam yuzaga chiqadi, xuddi kamdan kam ummon yuzasiga chiqadigan nahang kabi.
8. Dunyo ritsarlarsiz o'zini yo'qotadi.
9. Yer yuzidan hali mehmonxonalar yo'qolib ketmagan.
10. Men kaktusga o'xshayman, faqatgina nazarim tushgan odamlargagina chiroyli gulim ochiladi.

QAVS (23.11 – 21.12)


1. Yaxshi odamlar ko'p bo'lishi kerak.
2. Kim dilimni og'ritgan bo'lsa, kechira olaman.
3. Eng yaxshi dam olish, bu sayohatga chiqish.
4. Eng katta muammo, bu masshtab.
5. Meni idealim oq ot mingan Shaxzoda.
6. Mendan ranjib bo'lmaydi.
7. Vijdon azobi, nima u?
8. Mas'uliyat faqat o'rtada turgan odamlarga kerak.
9. Oldindan bezovta bo'lish ahmoqlik, vaziyatga qarab ko'rib chiqamiz.
10. Mas'uliyatli kishi emas, kishi ma'uliyatli bo'lishi kerak.

JADIY (22.12 – 20.01)


1. Men marafonchiman.
2. Men jang maydonida yolg'iz jangchiman.
3. Qonunni buzma.
4. Menga ko'p narsa kerak emas. Meni boyligim, bu meni muvaffaqiyatlarim oynasi.
5. Hayot xuddi poyezdga o'xshaydi. Har bir bekat aniq yozilgandek keladi.
6. Uyda o'tirib, uzoqdagi mamlakatlar haqida gapirish yoqimli albatta.
7. Haqiqiy tog' echkisi sabrli bo'ladi.
8. Umr bo'yi yuqoriga intilish kerak, o'sha yerdan bir marta yerga qarash uchun.
9. Faqat men yil sayin yosharaman.
10. Meni shirin taomlar bilan aldab bo'lmaydi.

DALV (21.01 – 19.02)


1. Boshqalarga o'xshagan bo'lish juda zerikarli.
2. Agar seni men kashf etgan bo'lsam, sen ham men hohlagandek bo'l.
3. Yaxshilab o'ylab ko'rish ahmoqlik.
4. Kelajak albatta ajoyib bo'lishi kerak.
5. Farishta bo'lish qiyin va kerak ham emas.
6. Yaxshi niyat qilish, yaxshi ishdan yaxshi.
7. Yangilik yaratish uchun, avval eski urf-odatlarni unutish kerak.
8. Sevgi? Hayotda undan ham muhim narsalar bor.
9. Avval do'stlar, keyin oila. Vaqt qolsa, albatta.
10. Mendan saxiy va mendan g'ayratli inson yo'q olamda.

HUT (20.02 – 20.03)


1. Hamdardlik bildirish, yordam berishdan ko'ra muhimroq.
2. Har xil foydali ichimliklar, ayniqsa sut jonu dilim.
3. Tartib qoidani zerikarli odamlar o'ylab topishgan.
4. Bugungi ishni ertaga qo'yma. Shunda indinga ish kamroq bo'lishi mumkin.
5. Men va'da bermay bajarishim mumkin.
6. Shoshib ish qilish, xuddi ovqatni chaynamay yutish bilan teng.
7. Hammani tushunishim mumkin, faqat o'zimni emas.
8. Archa shamolga qarshi tura oladi, baquvvat qayin esa qulab tushishi mumkin.
9. Hamma meni doim bandligimni biladi, lekin nima bilan bandligimni hech kim bilmaydi.
10. Menga xo'jayinlik qilishga urinmang, bo'lmasa baliq kabi sirg'alib chiqib, suzib ketaman.

     Bildirilgan Fikrlar:

maftuna
2016-09-24

bari tugri

Faxriddin
2016-11-11

Odamni diqqatini oshiradigan javoblar chiqdi.

Sulton
2016-11-15

Yaxshi niyat yaxshi ishdan yaxshi albatta

Notanish qiz
2016-12-05

Juda xam tugri

SITORA
2016-12-05

Burj

Murodjon
2016-12-27

Chota tushunarsiz

Elbek
2017-02-13

chota 50 ga 50 li bob qoldiyu

azamat
2017-02-21

men vapshe sutni yomon ko`raman

Zarin
2017-08-28

Haqiqatga yaqinligi bor

xusanboy
2017-10-13

toppa togri tan olaman

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 26

Image Gallery:

Statistika:



Contact