« Burjingiz haqida ma'lumot.»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-15
Ko'rildi: 40123


Burjlar haqida to'liq ta'riflar.

Qadimdan inson fe'l atvori uning tug'ilgan kuniga bog'liqligi haqida fikrlar mabjud. Bu sanalar esa burjlarga bo'lingan holda harakterlanadi. Har bir burj vakillari o'z xarakteriga ega. Quyida siz o'z burjingiz yoki turli burj vakillari haqidagi tariflar bilan tanishishingiz mumkin.
Quyiga o'z tug'ilgan kuningizni kiriting va burjingizga mos qoidalar bilan tanishing!

Tug'ilgan sanangizni kiriting

Kun:    

Oy:     

Yil:      

HAMAL BURJI (21.03 – 20.04)(Qo'y)

DOIMO HARAKATDA.

Olov unsuriga mansub ushbu burj vakili bilan bir bora to`qnash kelishning o`zidayoq ularning kuch-quvvatlariga ishonch hosil qilasiz. Harakatchan o`ziga ishongan, qo`rqmas, olijanob, irodali va erkin bo`lgani uchun u doimo etakchilar safida turadi. O`zini boshqalardan yuqori qo`yadigan va har qanday holatda ham avvalo o`z manfaatini ko`zlaydigan qo`yning intilishlari hamisha o`z samarasini beradi. Xafa bo`lishingiz mumkinligini inobatga olmay, ko`z bo`yamachilik qilmay, o`ylaganini yuzingizga aytib qo`ya qoladi. Sal narsadan achchig`i chiqib ketadi, sabrsiz bazan o`zini tutib tura olmaydi. Erkak qo`y hech qachon ayoliga erkaklar qilishi kerak bo`lgan ishni qildirmaydi, shu bilan birga odatda ayollar bajaradigan ishga qo`l urmaydi. Oilada etakchi bo`lishga harakat qiladi, javobgarlikni o`z bo`yniga olishdan cho`chimaydi, tez qaror qabul qiladi va bu qarorlar yuzasidan kelib chiqadigan baxslarni yomon ko`radi. Mayda cho`yda narsalarni iqtisod qilmaydi. tug`ilgan kuningiz yoki boshqa bayramda albatda sovg`a beradi. G`ayratli va qat`iy ayol- qo`y yakka holda harakat qilishni yoqtiradi. Hattoki bayramona dasturhon bezayotganda ham yon-atrofida hech kim bo`lmasligini istaydi. Ba`zida u jizzaki haddan tashqari qat`iy ohangda gapirishi mumkin, ammo u oila a`zolarini "arralayveradigan" va jonga tegadigan darajada mijg`ov emas.

SAVR (21.04. –21.05)(Buzoq)


CHIDAM VA BARDOSHDA UNGA TENG KELADIGANI YO'Q.
Siz uni har qanday olomon ichidan kamsuqumligi, o`zini vazmin tutishidan ajrata olasiz. Yaqindan tanishguningizga qadar u ko`z ungizda kam gap inson bo`lib gavdalanadi. Harakatlari, o`zini tutishi gapirish oxangi, hamma-hammasining o`z o`lchovi bor.
Buzoq burji ostida tug`ilgan kishilar odatda og`ir bosiq , uncha-buncha asab buzarliklarga odatda e`tibor bermaydilar, ammo ularning asablariga teksangiz, atrofdagi barcha narsalarni yer bilan yakson qilib tashlashlari mumkin. Yaqinlari buzoqning qaysar va ujarligidan shikoyat qilishganida, u xotirjamlik bilan 'Men qaysar emas, shunchaki o`z so`zimda qat`iy turaman' deb javob beradilar. Ular kamdan-kam hollarda shavqatsiz bo`ladilar va qasos oladilar. Burj vakilning chidam va bardoshiga qoyil qolmaslikning iloji yo`q. Ular yillar davomida jismoniy va hissiy zo`riqishlarni, hech nolimay ko`tarib yurishga qodirlar. Burj sohiblarining fikri doimo aniq va teran, bir qarorga keldimi, tamom uni o`zgartirmaydilar. Uning tinchligi kamdan-kam hollarda buziladi. Buzoq o`zi uchun qulaylik yaratishga, go`zallikka, moddiy jihatdan o`zini tiklashga intiladi. Ularning uyida doimo ozodalik va fayz hukm so`radi. Siz bu yerda o`zingizni hamisha xotirjam his etasiz.
  Erkak-Buzoq ta`sirchan, ehtiyotkor va sustkash odam. Uni bemalol ramantiklar toifasiga kiritish mumkin. Juftiga maqtov so`zlarni aytishdan ko`ra, qimmatbaxo sovg`alarni hadya qilishni afzal ko`radi. Burj sohibi mehribon ota, ayolining barcha o`jarlikalriga yon bosa oluvchi umr yo`ldosh bo`la oladi.
  Ayol-Buzoq odatda vazmin, rostgo`y farosatli, yaxshi pazanda, xullas unda ayol kishiga xos bo`lgan barcha ajoyib fazilatlar mujassam. U atrofidagi narsalarning bir-biri bilan uyg`unligini yaxshi his qila oladi. O`zi haqida yaxshi taassurot qoldirishga intiluvchi burj sohibalari yaxshi do`st, suyukli rafiqa, mehribon onadirlar. Bu ayolning yonida turganingizda huddi olamdagi barcha go`zallik mana shu gavdada mujassamdek ko`rinadi.

JAVZO (22.05 – 21.06)(Egizaklar)


SO'ZGA CHECHAN VA TEZ O'ZGARUVCHAN FE'L-ATVOR EGASI
   Fe'l-atvori, kayfiyati, xattoki didi va qarorlarini tez-tez almashib turadigan burj sohibi-Egizaklardir. Ular nafaqat ish va turar joylarini, balki turmush tarzlarini ham bemalol o'zgartirib yubora oladlar. Ularning o'zgaruvchanliklarini tashqaridan kuzatib turish juda qiziq. Egizaklar sakrayotganlarida ham kitob o'qishlari munkin. Suhbat qurish, munozara va baxslar ularning jonu dili. Lekin shuni aytish joizki, bunday davrada ular sizni umuman eshitmasliklari mumkin. So'zga usta ekanliklari ularni har qanday vaziyatdan olib chiqadi. Egizaklar bilan hech zerikmaysiz, hamma bilan do'stona aloqa qo'ra olishlariga esa tan bermay iloj yo'q. Egizaklarni biror narsaga ishontirishga kuchingizni ham, vaqtingizni ham, asablaringizni ham ketkazmang, foydasi yo'q. Ular boshqalardan ko'ra tez o'ylaydilar, onglarida kechayotgan jarayonni har qanday kalta fahmga ham oddiygina qilib tushuntirib bera oladilar, bunda ularga faqat Qovg'a teng kela oladi. Xat yozishni yoqtirmaydilar, sababi muqim bir fikrda ko'p turaolmaydilar. Ular to'xtovsiz ishlaydigan miyalariga dam berish uchun boshqalarga qaraganda ko'proq uxlashlari, dam olishlari lozim. Egizak burji ostida tug'ilgan kishilar faqat o'zlariga ishonadilar. Egizaklar ko'pchilikni, shovqin-suronli davralarni yoqtiradi, bir o'zi qolishdan qo'rqsada, bazida ko'ngli yolg'izlikni tusab qoladi.
  Erkak-Egizaklar bugun kechagidek bo'la olmaydi. Kecha nima sodir bo'lganini butkul unitib yuborishlari mumkin. Uydan chiqib ketayotganida uning qayerga va qancha muddatga ketayotanini aniq aytish mushkul. Ular doimo kechga qolib yuradilar bir xillikni yoqtirmaydilar.
  Ayollar! Ushbu burj vakillari og'zidan chiqayotgan maqtov so'zlari va sevgi izhorlaridan boshingiz aylanib ketishi mumkin. Ammo unutmang, burj sohiblari har narsadan noliyveradigan, gapini eplab gapira olmaydigan ayollar bilan o'zlarini qafasdagidek his qiladilar. Ayol-Egizaklar. Odatda ayol-Egizaklar xushchaqchaq va hayotdan zavq oladilar. Agar sizga haram kerak bo'lsa, faqatgina Egizak burji ostida tug'ilgan ayolga uylaning. Shundagina siz ayol kishiga xos bo'lgan barcha fazilatlar mujasam bo'lgan ayol bilan yashaysiz. Ba'zida esa bir necha ayol bilan baravariga yashayotgandek bo'lasiz. Uning harakatlari va fe'l atvorini oldindan aytib bo'lmaydi. Unga jahlingizni emas, mehringizni ko'rsating, shundagina u siz uchun barcha narsaga tayyor bo'ladi.

SARATON (22.06 – 22.07)(Qizqichbaqa)


QAT'IYATLI VA ICHKI HISSIYOTLARI YUQORI DARAJADA BO'LGAN KISHILAR.
    Avvalo shuni aytish lozimki Qisqichbaqa barchaning xavasini keltiradigan darajada juda zavqli kuladi. Har qanday kechalarda u quvnoqligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Hech qaysi burj vakili u kabi xazilni yoqtirmaydi. Odatda u vazmin ko'pincha nimadandir shubxalanaveradigan, shon-shuxratga ko'p ham intilmaydigan fe'l-atvor egasidir. Ularni hatto 1 nigoxingiz bilan ham xafa qilib qo'yishingiz mumkin. Agar u xafa bo'lsa yurak-yurakdan ezilib siqiladi va hech kimga sezdirmasdan yolg'iz qolishni istaydi. O'z hayotini boshqalar bilan muhokama qilishni istamaydi. Haqiqiy Qisqichbaqa maqsad sari intiladi, ushlagan joyidan kesadi. Ammo u o'ta ta'sirchan, ko'ngli bo'sh va rahmdil bo'lishi ham mumkin. Qisqichbaqa pul yig'ishni, ko'proq ozuqa mahsulotlarini g'amlab qo'yishni yaxshi ko'radi. Isrofgarchilikni yoqtirmaydi. 'Mening uyim mening qo'rg'onim'- bu Qisqichbaqalarning shiori. Qisqachbaqa uchun 'uy muhiti' hamda uning shinamligi boylikdan afzaldir.
    Ayol Qisqachbaqa o'z uyida ana sunday muhitni yarata olish qobilyatiga ega. Bu yer, 1-navbatda uning o'ziga va qolaversa ana shu honadonga kirishi mumkin bo'lgan insonlar uchun qulay va yoqimli.
    Erkak Qisqachbaqa hech qachon notanish kishilar bilan dildan suhbatlashmaydi. Uning fe'l atvorini istaklarini bilish uchun sizga ko'p vaqt kerak bo'ladi. Shikoyat, yoqimsiz hatti-harakatlari vaqti kelib mehribonlik hissi bilan almashadi. Ba'zida uning qo'rs va qo'polligi boshqalarning asabiga tegadi. Buning natijasida doimo o'ziga muammo orttirib yuradi. Ayol Qisqachbaqa sevgan insoni uchun har qanday yo'qotishlarga tayyor turadi, og'ir damda tashlab ketmaydi. Bunday paytda u sizga mustahkam qal'adek ko'rinib ketadi. Sevgan insoni uning erkalatishini, ba'zida esa u bilan xuddi bolalardek muomalada bo'lishini istaydi. Usiz hayotingizni tasavvur qila olmasligingizni ayol- Qisqachbaqalarga doim aytib turishingiz shart. Shundagina u sizni yanada yaxshi his eta boshlaydi. Lekin rahmingizni keltirish uchun gapirayotgan har bir gapiga laqqa tushmang, u o'z harakatlari bilan ham istagan narsasiga erisha oladi.

ASAD (23.07 – 22.08)(Arslon)


O'Z QADRI VA HUQUQINI BILADIGAN SHUHRATPARAST.
    Hayvonlar shoxi-Arslonni uning viqor bilan yurishidan, kamsuqum bo'lsada dona-dona gapirishidan, maslahat berishni qanday yashash kerakligini tushuntirishni yaxshi ko'rishidan bilib olish mumkin. Haqiqatdan ham ko'p narsalarga farosati, faxmi va aqli yetishi ularga maslahat berish huquqini beradi. Kim bilan gaplashishidan qat'iy nazar u o'z tasirini o'tkaza, oladi. Burj sohibi shuhratparast, u boshqalardan ajralib turishni, hammaning e'tibori unda bo'lishini istaydi. Ilg'or fikrlar ketma-ketligining o'ndan ettitasi aynan Arslon burji vakillariga tegishli. Ular hashamatni to'kin-sochinlikni hush ko'rishadi qorong'ulik qayg'uni yoqtirishmaydi. Arslon o'z huquqlarini juda yaxshi biladi va himoya qila oladi. Agar siz uning mard dovyurakligi, shu bilan birga saxiyligini hurmat qilmas ekansiz, bu uning shaxsiyatiga tegib, g'azablanishiga sabab bo'lishi mumkin. Ularga hushomad qilib turish, o'zlarini ko'klarga ko'tarib maqtab turish kerak, shunda mushukdek muloyim bo'lib qolishadi. Yuzlari hech qachon uyatdan yoki hijolatdan qizarmaydi. Arslon doimo boshqalardan ustun ekanligini isbotlashga harkat qiladi, ular joyib rahbar, yaxshi tahkilotchi bo'ladi. Burj vakilining sahiylik qilishi sizda yaxshi taassurot qoldiradi. Erkak yoki ayol bo'lishidan qat'iy nazar Arslon unga suyanishlarini istaydi. Ko'pincha aravani o'zi tortayotganidan shikoyat qilaversa bunga ko'p ham etibor bermang, ular javobgarlik hissini tuyishni, kuchsiz va muhtojlarga yordam berishni yoqtiradi. Birovlarning har qanday yordamlarini iloji boricha inkor qiladi. Maqsad sari intiluvchan, tanlagan yo'lidan qaytmaydigan Arslon odatda juda harakatchan, lekin dangasaligi tutsa ularni joyidan qo'zg'ata olmaysiz. Ular sodiq do'st adolatli va kuchli raqibdirlar. Ular o'ziga hos ijodkor, ruxan kuchli va hayotni sevuvchi shaxsdir.
    Erkak Arslonning oldida doimo auditoriya, uni doimo maqtaguvchilar, undan faxlanuvchilar, unga xushomad qiluvchilar bo'lishi kerak. Bazida uning kamsuqum va yuvosh ko'rinishiga aldanmang, uning ichida olov, g'azab bir onning o'zida alanga olib ketishi mumkin. Rashki baland, esingizdan chiqmasin siz jisman, aqlan va ruhan uniki bo'lishingiz kerak. Agar boshqa bir erkak sizga xushomad qilayotganimni ko'rib qolsa, uni yer bilan yakson qilishi aniq. G'azablangan Arslonni tinchlantirish uchun faqat mehr bera olsangizgina, u mushukdek yuvosh bo'lib qoladi.
    Ayol-Arslon hashamatni, qimmatbaho sovg'a-salomlarni, yorqin rangda kiyinishni yaxshi ko'radi. Ba'zida kuchli dovul kabi bo'lsa, gohida o'zini nihoyatda hotirjam tuta biladi. Yengil va yoqimli harakatlari etiboringizdan chetda qolmaydi. Ularga qirolicha bilan gaplashayotgandek muomula qilishingiz yoqadi. Lekin oshirib yubormang, faqat hushomad qilishdan iborat to'tiqushni emas, haqiqiy erkakni qadrlaydi. U dunyodagi o'ziga hos didga ega bo'lgan, eng mehribon, saxiy va yana eng...eng...eng go'zal ayol bo'la oladi.

SUMBULA (23.08 – 23.09) (Parizod)


BARCHA ISHGA IJODIY YONDOSHA OLADI. Olomondan, shovqin-surondan yiroq yurushni hohlovchi, ko'pchilik oldida o'zini noqulay sezuvchi Sunbulaning ishlari shaxsiy buyumlari har doim joy-joyida bo'ladi. Xoh erkak, xoh ayol Sunbula bo'lsin, muhabbat uning ko'zlarini ko'r qilib qo'ya olmaydi, ular doim juftlarining kamchiliklarini ko'ra oladilar. Tanqid qilishni yoqtiradilar, bazida esa buni asossiz qiladilar. O'zlarining kamchiliklarini sezmaydi, mabodo aytishsa bunga etibor ham bermaydilar. Bir joyda hech narsa bilan shug'ullanmasdan o'tirishni yoqtirmaydilar, ular doimo bir ish bilan band bo'lishlari kerak. Dangasalarni doimo kechikib yuradigan insonlarni yoqtirmaydilar. Ular muhtojlarga achinmasalar-da, boshiga ish tushgan do'stlarini hech qachon yolg'iz qoldirmaydilar. Birovga qaram bo'lib qolishdan qo'rqadilar. Sunbula ramantikadan, hayol surishdan yiroq. U rostgo'y, tejamkor hamma ishga ijodiy yondosha oladigan kishilarni qadrlaydi. Odatda Sunbula sog'lom turmush tarzi kechiradi. Tanasi va to'gri ovqatlanishi haqida qayg'uradi. Ular hamisha nima yeyishni uni qanday tayyorlashni bilishadi.
    Erkak-Sunbula tartib-intizom, yaxshi o'ylab chiqilgan reja asosida ish olib borish tarafdori. Qabul qilgan qarorini deyarli o'zgartirmaydi. Farosatsis, pastkash, yurish-turishiga, kiyinishiga etibor bermaydigan kishilarni yoqtirmaydi. Doimo huzur-halovatda, jon koyitmaydigan, o'qib-o'rganib o'z ustida ishlamaydigan, faqat o'zini o'ylaydigan ayollarni jini suymaydi. Uni aldashga, laqillatishga ovora ham bo'lmang, u munosabatladagi beg'uborlik, rostlik va andishalikni qadrlaydi.
    Ayol-Sunbula yolg'onni,baxslashganlarni yoqtirmaydi. Sunbula o'zining teran fikri, intellektual salohiyati, doimo nimanidir o'zlashtirishga bo'lgan harakati bilan boshqa burj vakillaridan ajralib turadi. U hech qachon iqtisodiy jihatdan sizga og'irligini solmaydi, o'zi haqida o'zi qayg'ura oladi, shu bilan ayollik latofatini hech qachon yo'qotmaydi. Hattoki o'zi pul ishlab topib, ro'zg'or tebratishga to'g'ri kelsa ham, erkaklik g'ururingizga dog' tushirmaydi.

MEZON (24.09 – 23.10) (Tarozi)


AQLIY VA FALSAFIY FIKR YURUTUVCHILAR Odatda yoqimli, mehribon, intellektual, har narsada uyg"unlikka intiladigan Tarozilar juda sodda bo"lishadi. Shoshma- shosharlik bilan ishqilishni ular bilan buyruq ohangida gaplashishlarini yoqtirishmaydi. Ba'zi holatda burj vakillari soatlab gapirishlari boshqalari esa, soatlab eshitishlari mumkin. Yoqimli tabassumlari sizning muz kabi qotib qolgan yuragingizni eritib yuborishi mumkin. Ko'pincha qat'iy qaror qabul qilishga qiynalishadi. Ammo bir qarorga kelsa tamom, bu qarorlaridan qaytishmaydi. Xafagarchilik va xursandchilikka falsafdiyona yondashgani bois shaxsiy muammolarini o'zlari hal qilishadilar. Ular ham ruham ham, jismonan sog'lom insonlar. Fe'l-atvorlarida rostgo'ylik, mehribonlik va yon bosishni istamaslik, falsafiy mantiq, qat'iyatsizlik va jur'atsizlik teng taqsimganligini ko'rish mumkin. Tarozi haqiqatni, aniq va rost javob berishlarini istashadi. Javobgarlikni his qilishadi, bajargan ishlarini to'g'rilash yoki tugatib qo'yishning hojati yo'q, hammasi ko'ngildagidek bo'ladi. Tovushlar uyg'unligi, gullarni, she'riyatni yaxshi ko'rishadi, san'atning har qanday turi ularga o'zgacha ta'sir etadi. Ular dunyodagi barcha go'zallik shaydolari, bir so'z bilan aytganda, aslzoda insonlar. Tarozi uchun qish juda sovuq, yoz esa haddan tashqari issiq, ular uchun barcha narsa hatto ob-havo ham mo'tadil bo'lishi kerak.
    Erkak-Tarozi maslahat berishni yaxshi ko'radi. Unda sizning har qanday savollaringizga javob va muammolaringizning yechimi topiladi. Uning uchun hamma narsa hattoki muhabbat ham maromida bo'lishi kerak. 90 yoshigacha ham ayollarga bo'lgan qiziqishi kamaymaydi. Erkak-Tarozi uydagi besaramjonlikni yoqtirmaydi, shuning o'zigina siz bilan ajralishiga sabab bo'lishi mumkin. Bilib-bilmasdan kimnidir nohaq hafa qilib qo'ysalar, o'zlarini juda yomon his qiladilar.
    Ayol-Tarozi tabiatan nozik, mayin va past ovozda gapiradi. Baxs, munozaralarda uning aniq va mantiqiy asoslangan fikrlariga tan bermay ilojingiz yo'q. Ko'pincha u haq bo'lib chiqadi, chunki gapirishdan oldin har qanday iddaosini ipidan ignasigacha o'ylab chiqadi. Ular chiroyli kiyinishni, qimmatbaho atirlar sepishni, mumtoz ko'ylar tinglashni yaxshi ko'rishadi. Hissiyotlardan ko'ra faktlarga asoslanib qaror qabul qilishadi. U bir vaqtning o'zida ham yumshoq, ham kuchli bo'la oladi.

AQRAB (24.10 – 22.11) (Chayon)


HECH KIMGA SIR BOY BERMAYDI. Chayon fe'l-atvorini yaxshi nazorat qila oladi. U ko'z qarashi bilan odamlarni gipnoz qilish hislatiga ham ega. Burj sohibi o'z qadrini biladi va o'zi haqidagi fikrini hech qachon o'zgartirmaydi. Ular kamchiliklari haqida sizning og'zingizdan eshitishni yoqtirishmaydi, o'zlarining qanday ekanliklarini o'zlari juda yaxshi bilishadi. Ulardan maslahat va fikr so'ramang, haqqoniy javob olib hafa bo'lib qolishingiz mumkin. Chayon faqat o'zini o'ylaydi, degan hayolga bormang, kerak bo'lsa u tili va ishi bilan ham sizga yordamga kelishga tayyor turadi. U sadoqatli do'st, dovyurak inson. Qilgan ishlaringizni va bergan sovg'a-salomlaringizni hech qachon yoddan chiqarmaydi, shu bilan birga ozor berganlarni ham unutmaydi. Qanday ishga qo'l urmasin, hammasiga erisha oladi. Chayon burji vakillari psixologiyasini tushunish mushkul. Chayonlar moddiy daromadga o'ch bo'lib doimo pul yig'ish bilan ovora bo'lishadi. Aytib o'tish joizki bu xislatlarini ular oshkora nomoyon qilishmaydi, joyi kelganda, pul tanqisligidan nolib ham qo'yishadi. Siz ushbu burj vakillaridan qimmatbaxo sovg'a kutmasangizda, biroq undan katta meros qolishi mumkin. Pluton sayyorasining ilohiy va sirli kuchi Chayonning istak, xoxishlarini ro'yobga chiqishiga yordam beradi. U yashash va o'lim sirlaridan ogoh, agar istasa, uning ustidan ham, buning ustidan ham g'alaba qozona oladi.
     Erkak-Chayon jufti uning ustidan hukmini o'tkazishiga hech qachon yo'l qo'ymaydi. Uni deyarli yengib bo'lmaydi. U aqlli va ehtirosli. Uning aqliy salohiyati, xissiyotga boyligi fe'l-atvorini boshqarib turadi. U chuqur falsafiy mushohada qiladi. Hayotdagi hech bir narsaga befarq qaramaydi. Atrofdagilarning u haqidagi fikri uni mutlaqo qiziqtirmaydi.
     Ayol-Chayonni tabiat sirli bir go'zallik bilan siylagan. U mag'rur, uziga ishongan, latofatli va juda maftunkor. Bir qarashdayoq fikringizni bilib olgani uchun uni rentgen apparatiga o'xshatish mumkin. Shuning uchun u bilan o'ynashmang, hazillashmang ham. Tabiatan qandayligini maftunkor tabassumi bilan berkitishi mumkin bo'lgan Chayon bir vaqtning o'zida sizdan kuchli nafratlanishi, shuningdek, juda qattiq sevishi mumkin. Burj sohibasi kuchli, dovyurak, intellekti boy boshqalarga qaraganda chiroyli ko'rinadigan erkaklarni yaxshi ko'radi. O'zi hech kimga sir boy bermaydi, birovlarning sirini esa umrining oxirigacha saqlaydi.

QAVS (23.11 – 21.12)(O'qotar)


HAQIQAT VA HOTIRJAMLIKKA INTILUVCHILAR. O'qotar xushchaqchaq, atrofdagilar bilan ochiq muomulada bo'la oladigan insonlardir. Xoh o'ling, xoh qoling siz haqingizdagi fikrlarni burchak-burchakda ig'vo qilmasdan, ochiqdan-ochiq yuzingizga aytib qo'ya qoldi. Bunday paytda xafa bo'lmang, ularning sizga hech qanday adovat va g'arazlari yo'q. Sizni xafa qilib qo'yishi mumkinligi umuman xayollariga ham kelmaydi. Ular aqlli va intizomlidir. O'tkir zehnlari, aqliy salohiyati va maqsad sari intilishlari ko'p hollarda hayotlari davomida yordam beradi. Odatda ular quvnoq va baxtli, ammo kayfiyatlari Egizaklarning fe'l-atvori kabi keskin o'zgarib turadi. Barcha O'qotarlar o'zlarini himoya qila oladilar, to'qnashuvdan qochmaydilar va hech kimni yordamga chaqirmaydilar. Nohaqlikda ayblaganlardan qattiq ranjiydilar. Ular ba'zida bolalarcha sodda bo'ladilar, hayotning murakkabligi, jiddiyligini ko'rishni istashmaydilar. Ma'sulyatni yaxshi his qilsalarda, javobgarlikni o'z bo'yniga olishni istashmaydi. Ular hamisha ertangi kunga umid va ishonch bilan qaraydilar. O'qotar qanday bo'lishidan qat'iy nazar sahiy hamda xushchaqchaqdir. U haqiqat va adolat tarafdori.
     Erkak-O'qotar optimist, ishonuvchan, uning orzulari hamisha mantiq hamda qiziquvchanlik bilan hamohang. Ko'ngilsizliklarga uchrab tursada, taqdir unga o'z vaqtida yordam beradi. U har tomonlama omadli. Rostgo'y va tilyog'lamachilikni yoqtirmagani uchun atrofi doimo do'st, dugonalar bilan to'la. U insonlardagi samimiylikni qadrlaydi. Burj sohibi etiborsiz bo'lishi mumkin, ammo hech qachon shavqatsiz bo'lmaydi. Bu inson tavakkal qilishni yoqtiradi.
     Ayol-O'qotarlar rostgo'y bo'lgani uchun fikrini ochiqdan-ochiq va to'g'ri yuzingizga aytadi. U dunyoni qanday bo'lsa shundayligicha ko'radi. Har qanday vaziyatda mantiqan to'g'ri fikr yuritadigan burj sohibalari ular bilan buyruq ohangida gaplashishlarini yoqtirmaydi. Lekin jufti u bilan qat'iy ohangda gaplashishi kerak, bo'lmasa u jilovidan chiqib, juftining boshiga chiqib oladi. Bo'shashgan va irodasiz erkaklarni, umuman pissimist insonlarni yoqtirishmaydi. Hattoki eng sevimli insoni uchun ham o'zining mustaqilligi, individualligidan kechmaydi. Bosh egishni itoat qilishni yomon ko'radi. Bu Ruhan juda tetik, mag'rur inson, ammo yuragi himoyasiz.

JADIY (22.12 – 20.01) (Tog' echkisi)


XOMHAYOLLARGA USHALMAS ORZULARGA BERILMAYDILAR. Doimo olga intiladigan Tog' echkisining ko'zlari osmonda charaqlab turgan yulduzlarda bo'lmaydi, nigohi qarshisida, oyog'i esa yerda mustahkam turadi. Rashk ehtiros, dangasalik va beparvolik ularga yot hislatlar. To'g'ri romantik Tog' echkilariham bor, ammo ularning ham his-hayajonlari ko'zlarini ko'r qilib qo'yadigan darajada emas. Ular juftlarini avval tanlaydilar, so'ngra sevadilar. Tanlaganlari albatda jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lgan insondir. Ba'zida sovuqqon, haddan tashqari tejab-tergab sarf qilishlariga hayron ham qolasiz. Lekin ular bu harakatlarini hayot qonuni deb biladilar. Tog' echkisi burji ostida tug'ilgan kishilar ko'proq toza havoda yurishlari, shuningdek, hayotga ijobiy qarashni o'rganishlari kerak. Ko'pincha hozirgina hayollaridan o'tgan naralarni emas, siz eshitishni istayotgan gapni gapiradilar, sizni hafa qilib qo'ygilari kelmaydi. Qarindosh urug'lari, hamkasblari va do'sti birodarlari bilan doimo do'stona aloqalarni shuningdek, urf-odatlarni saqlab kelishadi.
     Erkak-Tog' echkisi burji ostida tug'ilganlar uyatchan lekin kuchli, yoqimli va o'zi haqida juda yuqori fikrda turuvchi tartib qoidaga amal qiluvchi insondir. Unda yaxshigina tassurot qoldirishingiz, to'lqinlantirib yuborishingiz mumkin, biroq u buni bildirmaslikka harakat qiadilar. Uning fikricha ayol kishi avvalo yaxshi uy tutishi, mazali ovqatlarni tayyorlashi, umuman yaxshi uy bekasi bo'lishi kerak, shundan keyingina o'ziga qarashi lozim. Bunday erkaklar sizga "panoh" bo'ladi, yolg'izlik va taqdir zarbalaridan asraydi. u kuchli va siz uchun mehribon bo'la oladi. Yillar o'tgan sayin u faqat yaxshi tomonga o'zgaradi.
     Ayol-Tog' echkisini tariflab berish nihoyatda mushkul. Bir qarashda u go'zal, ehtirosli, latofatli va maftunkor, har qanday erkakni bir zumda o'ziga rom eta oluvchi, bir qarashda esa, sovuqqon va hamma narsaga befarq bo'lib ko'rinadi. Qanday bo'lishidan qat'iy nazar, burj vakilalarining maqsadi aniq - jamiyatda yuqori pog'onalarda turuvchi, faxrlansa arziydigan erkakning jufti bo'lish. Oila yoki ish faoliyatini tanlash kerak bo'lsa, bunday ayollar o'ylab o'tirmasdan oilani tanlaydilar. Ular moliyaviy tarafdan taminlangan bo'lishi kerak. Ular xomxayollarga, ushalmas orzularga berilmaydilar. Uni laqillataman deb xomtama bo'lmang, siz shoxida yursangiz, u bargida yuradi.

DALV (21.01 – 19.02)(Qovg'a)


ISHONISH MUMKIN EMASLIGIGA AMIN BO'LMAGUNCHA ISHONAVERADI.
     Tabiatan ta'sirchan, mehribon, yuvosh Qovg'alar hayotga qandaydir g'ayrioddiy munosabatda bo'lishadi. Erksevar Qovg'a ba'zida kulguli, o'ziga xos, mustaqil, bazida esa rahmdil, uyatchan bo'ladi. Ular o'zlarini ko'pchilik orasida deb his qilishlari lozim, yolg'iz qolish ular uchun emas. Do'stlariga sodiq bo'lsalarda ko'p do'st orttira olmaydilar. Qovg'a burji ostida tug'ilgan kishilar nima qilishingiz kerakligini sizga aytib turmaydilar, sizning ham biror bir ishni aytib turib qildirishingizga yo'l qo'ymaydilar. Bahs va munozaralarni chetlab o'tishga harakat qiladilar. Xotiralari yaxshi emas. Haqiqiy qovg'a qarz olishni va qarz berishni, yolg'onni yoqtrmaydi. Qo'rqoq deb bo'lmasada, biron nima uchun haddan tashqari jon kuydirib kurash olib bormaydi. Umuman olganda Qovg'a ko'ngli toza inson. Dunyoga tanilgan daho va iste'dod egalarining 70 foizi Qovg'a burji ostida tug'ilgan kishilardir.
     Erkak Qovg'a o'z hissiyotlarini ochiq aytmaydi. Faqat o'zini o'ylash va mayda gaplik uning tabiatiga xos emas. Uning hayoti o'zgarishlar, kutilmagan voqealar, qarama- qarshiliklar bilan to'la. U rash qilmaydi, ishonish ishonish mumkin emasligiga amin bo'lgunicha sizga ishonaveradi. Boylik va hashamatga intilmaydi.
     Ayol Qovg'a o'tkir zehnli, fahm-farosatli, ko'zga yaqin va hamma qatlamlar bilan osongina chiqishib keta oladi. Ammo uning fe'l-atvorida qarama- qarshiliklar mavjud. Hozirgin oqqush kabi viqor bilan suzayotgan Qovg'a birdaniga besunaqay ayiqqa aylanib qolishi hech gap emas. Xiyonatni kechirmaydi. Do'st va dugonalarining ro'yhati uzunligi bois hech qachon yolg'iz qolishdan qo'rqmaydi. U insonlarni lol qoldirishni yaxshi ko'radi. Ular Tarozi burji ostida tug'ilgan ayollar kabi juda go'zal va yoqimlidir. U bilan suhbatlashish naqadar maroqli. Barcha noyob va odatdan tashqari narsalar va voqealar ularni qiziqtiradi.

HUT (20.02 – 20.03)(Baliq)


SIRLI VA O'TA SEZGIRLAR.
     Hokimyatga, odamlar ustidan hukmronlikka intilmaydigan Baliqlar atrofdagilarning fikriga befarq, umuman ular ko'p narsaga beparvolik bilan qaraydilar. O'zlaridan ko'ra ko'proq yaqinlari, do'stlari haqida qayg'uradi va doimo yordamga tayyor turadilar. Baliqlar o'zlariga qaratilgan tanqidni yoqtirmaydilar. Sezgi organlari juda kuchli rivojlangan, kelajakda nima yuz berishini oldindan aytib berish qobilyatiga ham egalar, xotiralari ham yaxshi. Ko'zlaridan yosh oqayotgan bo'lsalar ham kulib turishlari mumkin. Burj vakillari insonlar qalbidagi tashvishlarini dono maslahatlari bilan yengillashtira oladilar. Baliq burji ostida tug'ilgan kishilar juda ta'sirchanlar, ularni tez xafa qilib qo'yish mumkin. Lekin bu xafagarchilik uzoqqa cho'zilmaydi. U o'zini tushunmasligi mumkin, ammo atrofdagilarni yaxshi xis eta oladi. Burj sohiblari uyatchanlik va har narsadan shubhalanaverishni yengib o'tishlari lozim. Ular birovga bosim o'ytkazishdan qo'rqadilar. Baliqlar uylarida xotirjamlik va uyg'unlik hukm surishini istashadi. Ayol-Baliq uyida och rangdagi pardalar ilingan, devorda turli rasmlar osig'liq turadi, xullas uyning har bir burchagida o'zingiz uchun shinamlik topa olasiz. Ular mehmonga borishni ham, mehmon kutishni ham birdek yaxshi ko'radilar. Burj vakilalari uylarida haqiqiy xazina bo'lishi bo'lishi, lekin ularning bundan xabarlari bo'lmasligi yoki hech vaqolari bo'lmasa ham hamma narsa yetarli deb o'ylashlari mumkin. Ular insoniyatga ilg'or fikrlar va g'oyalar beradilar, ishbilarmonlar esa bu g'oyalarni hayotga tatbiq etib, milllion-million pul ishlab oladilar.
     Erkak-Baliqlarning deyarli barchasi, romantik. Kamdan-kam hollarda birovni tanqid qiladi, xurofotga berilmaydi. Do'stlari uning yoniga intilishadi, chunki u suhbatdoshning so'zini bo'lmasdan eshitadi. Unga barcha sirlarini ayta olishadi va u hech qachon hech kimga bu haqda churq etmaydi. Juftini juda rashq qilsa ham, buni sezdirmaslikka harakat qiladi. U bilan barcha sohalarda suhbatlashish mumkin. U har doim uddasidan chiqa olmasada, saxiy bo'lishga, uyida barcha narsa mo'l-ko'l bo'lishiga intiladi.
     Ayol-Baliqlar o'ta malohatli va maftunkordirlar. To'g'ri kamchilliklari ham bor, lekin bir qarashda ular har qanday erkakni baxtli qila oladiganday bo'lib ko'rinishadi. Burj sohibalari juftining qattiqqo'lligi va dangasiligini yomon ko'radilar. O'zlarini ko'rsatishni, birovlardan ustun turishni yoqtirmaydilar. Ular bilan doimo yumshoqlik, bosiqlik bilan gaplashishingiz kerak. Iqtisod qilishga tushunmasalar-da, hamisha chiroyli va did bilan kiyinishga, uy tutish, qimmatbaho sovg'alar olishga, shuning orasida kommunal xizmat to'lovlarini o'z vaqtida to'lashga ulgurishadi. Hayron qolarlisi, u ham biz kabi faqat maoshga yashaydi.

     Bildirilgan Fikrlar:

mirjalol
2016-10-02

Tog echkisi va Chayon mosligi

malika
2016-10-08

togri chikdi

kamronbek
2016-10-14

sevgi bobida

Sarvar
2016-11-27

sevgi bobidas

Maxsuma
2016-11-28

Togri chiqdi

samiya
2016-11-28

Sevgi bobida

Xusan
2016-12-11

Erkak Buzoq va Ayol Qisqichbaqa juftligi haqida

Mahliyo
2016-12-22

Togri ciqdi haqiqatdan wunaqa

AXMET
2016-12-29

TOGRI KY YA LEKIN boshqasi bilan a teskari yany pul mablag vahokazo notogri chayonlar doyimo pul ygish uchun yugurmaydi pul kelishini yolga qoyadi menimcha..

shuhrat
2017-01-01

Tugri qisman

Элёр
2017-01-09

Baliq burji

Yasmina
2017-01-11

Sevgi bobida

Nozima
2017-01-23

Zor togri chqd

Nozima
2017-01-23

Zor togri chqd

Малика
2017-01-27

Хаммаси тугри рахмат

zilola
2017-01-30

Hammasi togri hayratdaman!

Элёр
2017-02-01

Балик буржида тугилган инсонларнинг келажаги хакида билгим келади. Илтимос тулик матни керак.

bobosh
2017-02-11

yigit xam qiz xam choyon bulsa manimcha kelisholmaydi

ibrat
2017-02-14

Omad Baxt

ibrat
2017-02-14

Omad Baxt

Alu
2017-02-18

Egizaklar burji haqids

Nigora
2017-03-08

Egizaklar burchi haqida

Mustafoqul
2017-04-21

Tarozi va Egizak qiz mosligi

Mustafoqul
2017-04-21

Javoblar tugri

Umorbek
2017-04-25

Hamasi togri

Sirojkhan
2017-04-27

Romantikadan yiroq degani xato

samira
2017-04-28

burjlarga ishonsa boladimi

Feruza
2017-03-13

ajoyib

Farangiz
2017-03-16

Ajoyib 100% togri Iloji bosa yanada kengroq

Bahora
2017-03-21

Sevgi

Bahora
2017-03-21

Sevgi

Iroda
2017-04-12

Burjingiz xaqida malumot

sabrinabek
2017-05-05

Koinotning oxiri bormi

MavzunaxoN
2017-05-06

Ajoyib)

диёра
2017-05-19

????

лайло
2017-06-14

Аёл арслон ва эркак чаён бирга яшаб кетоладими

Shoxjaxon
2017-06-17

Z?r

MADINA
2017-08-10

zor

Speedy
2017-06-21

Z?r

Xurshid
2017-06-24

tugri romantik buladi

Baxa
2017-08-16

Торикан

Kamron
2017-08-20

barchasi togri rahmat kottakon

Maftuna
2017-09-03

Hamal burjida nega ayol hamal chiqmayapti ((

Bibisora
2017-09-08

Dalv va chayon juftligi haqida

life
2017-09-11

Egizaklar burji toppa togri qoyil man rostanam ikki xil odamman

Azimjon
2017-09-16

Xammasi togri

лоло
2017-09-19

менимча тугри

Хуснуд
2017-09-21

Эгизаклар билан далв тугри келадими узи

Счастливый Парень
2017-09-23

Qovg`a va egizak mosligi

barno
2017-10-11

Nega sanani notogri kiritdiz divotti

barno
2017-10-11

Ikta sunbula mosligi

sabin
2017-10-13

ha to`gri rahamt

Parizod
2017-12-14

Рахмат. Бугундан хаётга болган коз карашым озгарды.

Parizod
2017-12-14

Рахмат. Бугундан хаётга болган коз карашым озгарды.

yangiboy
2017-10-16

Qoyi

makhamatov
2017-10-18

Sumbula va arslon

Nasiba Nastingul
2017-10-29

Yaxshi

Навруза
2017-10-31

Ростдан тугри

feruz
2017-11-01

baliq va saraton juftligi

nodir
2017-11-01

safsata hammasi

xosiyat
2017-11-05

аёл балик- эркак эгизак буржи бир бирига канчалик мос келади оила куришса

Parvina
2017-11-05

Arslon va qisqichbaqa juftligi

G`ulomjon
2017-11-07

Egizaklar bina baliq bir biriga mos

G`ulomjon
2017-11-07

Chayon burjidagi qizlarga Chayon va arslon burjidagi erkaklar mos kelar ekan.Manba moqina.net

dilshod
2017-12-14

BALIQLAR KELAJAQI QANDAY BOLADI

Dilbar
2017-12-16

Wu burj haqida toliq malumot

Nemat
2017-12-23

bazi bir joylari to`g`ri keladi

murod
2017-12-23

baliq va quy burjining mosliga malumot bering

murod
2017-12-23

baliq va quy burjining mosliga malumot bering

murod
2017-12-23

baliq va quy burjining mosligi

Shahista
2017-12-24

Togri ekan koyil

Mohira
2017-12-25

Sal tori????

Matnazarova Gozaloy
2018-01-03

Barchasi togri ln men hech kimni laqqa tuwirmaymayman wu joyi xato

Abror
2018-01-15

umuman to?r? emas ekan

Мунира
2018-01-16

Хаммаси тугри.рахмат

Sanjar
2018-01-28

Menga yoqdi yaxshi ekan

sabina
2018-01-29

zur gap yo toppa tugri

sabina
2018-01-29

ey rahmat zurku mosligilani hayotni uzi kursatadi wunaqa

XOLIQULOV HUSNIDDIN
2018-02-02

SAL MEN HAQIMDAGI FIKRLAR TO`G`RI CHIQYAPDI

XOLIQULOV HUSNIDDIN
2018-02-02

SAL MEN HAQIMDAGI FIKRLAR TO`G`RI CHIQYAPDI

Sardor
2018-02-06

Zor ok

Farangiz
2018-03-29

Xursandman. Hamma fikrlar anniq

zilola
2018-04-03

Juda tori qoil

mmmm
2018-04-07

sayt haqida

goppor
2018-04-19

gap soz bolishi mumking emas

Madiwka
2018-05-07

Hammasi to`g`ri ajoyip

Mexriban
2018-05-08

Ajoyib!!!

abu
2018-05-08

good

maftuna
2018-05-09

torazi va chayon burj osligi

gavhar
2018-05-12

Arslon va sunbula mosligi

Nigora
2018-05-23

Rahmat to`g`ri keldi!

Jasurbek
2018-05-28

Pro100 daxshat

Dilshoda
2018-06-16

Rostdan xam xammasi tugri raxmat kottakon

Dilshoda
2018-06-16

Rostdan xam xammasi tugri raxmat kottakon

Unknown
2018-06-17

qoyilotun!

Sharof
2018-08-09

90 % togri

barno
2018-06-28

togrii

Ismoil
2018-07-23

Savr javzo

Mirzohid
2018-08-15

Chayon burjidagi erkak ayol Arislon bn turmuw quroladimi

.....
2018-08-23

Dalv va chayon xaqda

....
2018-08-23

Dalv erkek va chayon ayol xaqida

Rahima
2018-08-27

Tarozu ayol va egizaklar erkaklarining mosligi

Gulxayo
2018-09-23

Tugri ozgina notigri joylariyam bor

Азиза
2018-10-02

Укотар ва чаен мослиги

Muattar
2018-10-02

Dalv burji Vanganing baworati

Sherbek
2018-10-03

Ayrim joylari to‘gri ayrimlari noto‘gri

Kamola
2018-11-04

Chayonman.ozimi latofatli dovyurak sirli db oylamodm. Gipnozchili haqida ham. Ozimi bowqatan kawf qildim. Raxmat

Shohruh
2018-11-04

Qovga buji haqida har hil malumot berilgan bularni qay biriga iwoniw mumkin

Файзулло
2018-11-11

Хаммаси тугри.

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 33

Image Gallery:

Statistika:



Contact