«Kapitanmisiz yoki yo'lovchi ?»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-07
Ko'rildi: 955

Kema kapitanimisiz yoki yo'lovchi?

Biznesda muhim xususiyatlardan biri – boshqaruvchilik qobiliyati. Agar boylikni bir dengiz deb bilsangiz, unda muvaffaqqiyatli sayohat qilmoq uchun siz albatta kema kapitani bo'lishingiz kerak. Ammo, bu qo'lingizdan keladimi? Zarur o'rinda tadbirkorlik, qat'iyat va uddaburonlik ko'rsata olasizmi? Orqangizdan odamlarni ergashtirishni eplaysizmi? Quyida taklif etayotganimiz 15 savolga javob bering va ballarni hisoblab, ta'rifni o'qib ko'ring.

1. Hayotimda ro'y beradigan har bir hodisaga o'zim javobgarman.



2. Agar ba'zilar menga nisbatan munosabatini o'zgartirganda edi, hayotimda shuncha muammo bo'lmas edi.

Ha


3. Muvaffaqqiyatsizliklarim haqida o'ylab o'tirishni emas, harakat qilishni yoqtiraman.

Yo'q

4. Ba'zan "omadsiz yulduz" ostida tug'ilganday bo'laman.

Ha


5. Ichkilikbozni ko'rganda, hammasiga o'zi aybdor deb o'ylayman.




6. Ba'zan hozirgi ahvolimga boshqalar sababchi, deb o'ylayman.

Ha

7. Agar shamollab qolsam, shifokorga yugurmasdan, o'zim davolanaman.



8. Ayollarning ko'pchilikka yoqmaydigan maydagap va injiqligiga ularning o'zi emas, atrofdagilar aybdor, deb bilaman.



9. Har qanday muammoni hal qilish mumkin, har qanday hayotiy qiyinchilikka uchraganlarni tushunmayman.




10. Menga bir zamonlar berilgan yordamdan hamon minnatdorligim uchun o'zim ham boshqalarga yordam berishni xush ko'raman.




11. Biror zoddiyat tug'ilib qolgudek bo'lsa ayb izlashni o'zimdan boshlayman.




12. Agar yo'limni qora mushuk kesib o'tsa, ko'chaning boshqa yuziga o'taman.




13. Inson vaziyatdan qat'iy nazar, kuchli va mustaqil bo'lishi shart deb hisoblayman.




14. O'zimning ayblarimni bilaman, ammo atrofdagilar bunga e'tibor bermasliklarini istayman.




15. Yuz bergan vaziyatga, agar uni o'zgartirishga ko'zim yetmasa, moslashaman.




Tekshirish

Qaytish

siz 0 (nol) ball to'pladingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring! 0 (nol) ball uchun natija quyida.


Siz hayot kemasida yo'lovchisiz. Ro'y bergan hodisalarning hammasida boshqalarni aybdor qilasiz. Chin mustaqillik siz uchun yetib bo'lmas cho'qqi. Ammo, boshqalar bilan chiqishib keta olasiz.


Siz kemani bemalol boshqara olasiz, ammo zarur paytda rulni ishonchli qo'llarga topshira olasiz. Shaxsiy muammolaringiz sabablarini xolis baholaysiz. Mulohaza, g'ayrat va sezgirlik sizning doimiy hamrohingiz. Qanday yo'l tutish lozimligini bilib, mas'uliyatni zimmangizga olishingiz mumkin. Qarashlaringizga xiyonat qilmagan holda, atrofdagilar bilan kengashib yashaysiz.


Siz – kema kapitanisiz. Atrofingizda sodir bo'lgan har bir hodisaga javobgarman, deb o'ylaysiz. Ko'p narsani o'zingizga olasiz. Qiyinchiliklarni hech kimga ovoza qilmay, boshqa muammolarga aralshtirmay yengasiz. Yo'lingizda payo bo'lgan masalanigina ko'rasiz va uning yechimigina sizni qiziqtiradi. Bu paytda ko'nglingizdan nimalar kechayotgani atrofdagilarga qorong'uligicha qoladi.

     Bildirilgan Fikrlar:

Mohinur
2016-12-09

Siz kemani bemalol boshqara olasiz

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 4

Image Gallery:

Statistika:



Contact