«Muloqotga kirishuvchanlik (psihologik test)»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-07-27
Ko'rildi: 1222

Muloqotga kirishuvchanlik (V.Ryaxovskiy testi)

Quyida berilgan 16 savolga "xa", "yo'q", "ba'zan" deb javob bering va o'zingizni muloqotga kirishuvchanlik qobilyatlaringizni bilib oling. Natijani barcha savollarga javob berganingizdan so'ng Tekshirish tugmasini bosish orqali ko'rishingiz mumkin!

1. Sizni amaliy uchrashuv kutmoqda. Uni betoqatlik bilan kutasizmi?



2. Sizni biror kasallik xoldan toydirmaguncha, vrachning oldiga borishni orqaga suravermaysizmi?



3. Sizni biror mavzudagi axborot bilan yig'ilish, majlis va shunga o'xshash tadbirda ma'ruza bilan chiqish topshirig'i xavotirga soladimi?



4. Sizga ilgari bormagan shaxringizga safarga borib kelishni taklif etishdi. Shu safarga bormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solasizmi?



5. O'zingizdagi xissiy kechinmalar haqida kimlar bilandir o'rtoqlashishni yaxshi ko'rasizmi?



6. Ko'chada sizga notanish odam biror iltimos bilan murojaat qilsa, sizning g'ashingiz keladimi?



7. Siz "Otalar va bolalar" muammosi borligi va turli avlod vakillarining bir-birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi?



8. Tanishingizga bir necha oy avval olgan qarz pulini eslatishga uyalasizmi?



9. Oshxona yoki restoranda sizga yoqmaydigan taom berishdi, idishni chetga surib, achchig'ingiz kelganini yashira olasizmi?



10. Begona odam bilan yolg'iz qolganingizda, u birinchi bo'lib gap boshlasa, Sizga javob qaytarish malol keladimi?



11. Siz turli yerlarda odamlarning uzun navbatda turishganini ko'rsangiz, toqatingiz toq bo'ladimi. Navbatda turib kutishdan ko'ra, o'z niyatingizdan voz kechishni afzal kurasizmi?



12. Biror janjalli vaziyatni muhokama qilishi kerak bulgan komissiyaning a'zosi bulishdan qo'rqasizmi?



13. Sizda biror adabiyot, san'at va madaniyat asarlarini baxolashning sof individual mezonlari bor va bu borada boshqalarning fikrini qabul qilmaysiz. Shundaymi?



14. Sizga juda tanish bo'lgan masala bo'yicha boshqalarning noto'g'ri fikrlarini tasodifan eshitib qolsangiz, indamay qo'ya qolasizmi?



15. U yoki bu masalada yordam berishingizni so'rashsa, siz bundan og'rinasizmi?



16. O'z nuqtai nazaringizni og'zaki bayon etgandan ko'ra, uni yozma tarzda ifodalashni afzal kurasizmi?



Tekshirish

Qaytish

siz kerakli meyordagi ball to'plamadingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring!

Sizning muloqotga kirishuvchanligingiz yaxshi, o'rtacha. Siz ko'p narsaga qiziqasiz, boshqalarni bajonidil tinglaysiz, uzgalar fikriga sabr-toqatlisiz, uz fikringizni bosiqlik bilan izhor etasiz. Begonalar bilan uchrashuvga borish siz uchun unchalik noxush emas, lekin shovqin-suronli davrani yoqtirmaysiz, odamlarning sergapi sizga yoqmaydi.


Siz muloqotga kirishuvchansiz. qizikuvchan, sergap, turli masalalarda o'zgalar bilan gaplashishni yaxshi ko'rasiz. Yangi odamlar bilan tanishish, davraning diqqat markazida bo'lishni yoqtirasiz. O'zgalarning iltimoslarini bajarmasangiz ham qabul qilaverasiz. Achchig'ingiz tez, lekin tez soviysiz. Sizga sabr-toqat, qiyinchiliklar bilan to'qnashganda jasorat yetishmaydi. Lekin astoydil xohlasangiz, o'zingizni yon bermaslikka ko'ndirishingiz mumkin.


Sizning muloqat malakangiz yomon emas, siz barcha ishlarning guvohi bulib yurasiz. Munozaralarda qatnashishni yaxshi ko'rasiz, biror masala yuzasidan yuzaki tasavvurga ega bo'lsangiz ham, uz fikringizni aytishni xohlaysiz. Ishni ohiriga olib bora olmasangiz ham xar qanday ishni boshlayverasiz. Shuning uchun ham raxbarlaringiz va kasbdoshlaringiz sizdan havotirda bo'lishadi. Bu haqida o'ylab ko'ring.


Sizning kommunikativ malakalaringiz yaxshi emas, siz sergapsiz, har narsaga aralashaverasiz. O'zingiz umuman bexabar bo'lgan narsalar xususida ham fikr yuritaverasiz. Ixtiyorsiz tarzda turli ziddiyatlar va janjallarning ishtirokchisiga aylanib qolasiz. Jizzaki, salga xafa bo'ladigan odatingiz bor, shuning uchun odamlar siz bilan chiqisha olmaydilar. O'zingizni tutish, sabr-toqatli bo'lish uchun odamlarga hurmat bilan qarashga o'rganing. Qolaversa, o'z sog'ligingiz hakida qayg'uring, chunki bunday hayot tarzi izsiz bo'lmaydi, asablaringiz charchab qolishi mumkin.

     Bildirilgan Fikrlar:

Durdona
2016-10-05

Bu test yaxwi lekin.....

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 45

Image Gallery:

Statistika:



Contact