««O'QITUVCHI SHAXSINI PSIXOLOGIK O'RGANISH» TESTI»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-18
Ko'rildi: 2239

«O'QITUVCHI SHAXSINI PSIXOLOGIK O'RGANISH» TESTI

«O'QITUVCHI SHAXSINI PSIXOLOGIK O'RGANISH» Testi 50 ta savoldan iborat bo'lib, 4 ta yo'nalish:
-O'QITUVCHINING USTUVOR QADRIYATLARI;
-PSIXOEMOSIONAL HOLATI;
-O'Z-O'ZINI BAHOLASH;
-TA'LIM BERISH USULI;
bo'yicha va test savollarga javob berishdagi ijobiylik darajangizni aniqlab beradi. Barcha yo'nalishlar bo'yicha o'zingizni test qilmoqchi bo'lsangiz barcha savollarga javob belgilashingiz shart.

1.Sizningcha, tarbiyada eng muhimi nima?

2. Agar mashg'ulot vaqtida o'quvchilardan biri sizni chalg'itsa, bundan sizning jaxlingiz chiqib, darsni davom ettira olmaysizmi?



3. O'quvchi dars paytida sizga noma'lum bo'lgan ma'lumotlarni aytsa (taqdim etsa), siz bunday paytda qanday holatga tushasiz?



4. Sinfxonadagi tartibsizlik sizga qanday ta'sir ko'rsatadi?



5. Agar o'quvchiga nisbatan nohaqlik qilsangiz, siz nohaqligingizni tan olasizmi yoki yo'q?



6. Sizning ish faoliyatingizda eng muhimi nima?



7. Sinfdagi ayrim o'quvchilar sizning jaxlingizni chiqaradimi (asabingizga tegadimi)?



8. Sizning darsingizda begona kishi ishtirok etsa, bu sizga qanday ta'sir ko'rsatadi?



9. O'quvchi jamoat tartibini buzsa, unga tanbeh berishni o'z burchingiz deb bilasizmi?



10. Siz barcha o'quvchilar bilan bir xilda iliq munosabatda bo'lasizmi?



11. Tanaffus vaqtida siz kimlar bilan muloqot qilishni afzal bilasiz?



12. Siz darsga hamisha ko'tarinki kayfiyatda borasizmi?



13. Boshqalardan ko'ra sizning ustunligingizni ko'rsatadigan sifatlaringiz bormi?



14. Siz qanday rahbarlar bilan ishlashni afzal bilasiz?



15. Siz o'zingiz yaxshi bilmagan narsalar haqida mulohazalar bildirganmisiz?



16. Siz o'quvchilaringiz bilan ta'lim muassasasidan boshqa joylarda tasodifan uchrashib qolsangiz qanday holatga tushasiz?



17. Siz biror sababsiz holda ham o'zingizni baxtli yoki baxtsiz his etasizmi?.



18. Sizga hamkasblaringiz va ma'muriyat tomonidan berilgan tanbehlar qanday ta'sir ko'rsatadi?



19. Dars paytida siz belgilangan rejaga hamisha qa'tiy amal qilasizmi?



20. Siz hamkasblaringiz haqida noo'rin gapirganmisiz?



21 Siz «O'quvchi qanday xulq-atvorga ega bo'lsa, uni shundayligicha qabul qilish kerak», degan mulohazani ma'qullaysiz-mi?



22. Siz yaqin qarindoshlaringiz, do'stlaringiz va hamkasblaringizning iliq munosabati va qo'llab-quvvatlashiga muhtojmisiz?



23. O'quvchilar yoki hamkasblaringiz bilan bo'lajak uchrashuvingiz haqidagi fikr sizni qanday holatga soladi?



24. Agar o'quvchi darsda asabingizga tegadigan qiliqlar qilaversa, siz qanday yo'l tutasiz?



25. Siz darslarga sidqi dildan tayyorlanasizmi?



26. Ishda siz uchun eng muhimi nima?



27. Sizning darsni muvaffaqqiyatli tashkil etishingiz ruhiy va jismoniy holatingizga bog'liq bo'ladimi?



28. Hamkasblaringizning sizga samimiy munosabatda bo'lishiga ishonasizmi?



29. Agar o'quvchi siz qabul qila olmaydigan nuqtai nazarni bildirsa, qanday yo'l tutasiz?



30. Siz ishga kech kelasizmi?



31. Agar sizning ko'z o'nzingizda o'quvchini sababsiz jazolasa, unga qanday munosabat bildirasiz?



32. Ish jarayonida kuchli ruhiy va jismoniy zo'riqish sezasizmi?



33. Siz o'z kasbiy mahoratingiz yuksakligiza ishonasizmi?



34. Sizningcha, o'quvchilar jamoasi uchun eng muhimi nima?



35. Siz «bugungi ishni ertaga qoldirma» maqoliga amal qilasizmi?



36. Siz «Bu o'quvchi meni yoqtirmaydi, shuning uchun unga beradigan maslahatlarim befoyda» degan mulohazani ma'qullaysizmi?



37. Ish bilan bog'liq fikrlar sizga uyqu bermaydigan holatlar bo'ladimi?



38. Majlis va pedagogik kengashlarda o'zingizni qiynagan masalalar bo'yicha so'zga chiqasizmi?



39. Siz o'qituvchining o'quvchilarga baland ovoz bilan gapirishi, do'q urishi lozim deb hisoblaysizmi?



40. Siz ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishning to'g'ri yo'llarini topa olasizmi?



41. Siz ta'til vaqtida o'quvchilar bilan muloqot qilishga ehtiyoj sezasizmi?



42. Siz qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun o'zingizda etarlicha kuch topa olasizmi?



43. Siz o'z ishiga noloyiq odamlarning buyrug'ini bajarganmisiz?



44. Darsdagi kutilmagan vaziyatlar haqidagi fikringiz...



45. Siz odamlarga nisbatan nosamimiy munosabatda bo'lganmisiz?



46. Siz o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi ziddiyatli holatni kuzatsangiz nima qilasiz?



47. O'quv yili boshi yoki oxirida sog'lig'ingiz borasida muammolar tug'ilganmi?



48. O'quvchilaringiz sizga hayrxohlik bilan munosabatda bo'lishadimi?



49. Rahbarning talablari mutlaqo asossiz bo'lsa, ular sizda norozilik kayfiyatini uyg'otadimi?



50. Ba'zi test savollariga javob berishda qiynaldingizmi?.



Tekshirish

Qaytish

siz kerakli meyordagi ball to'plamadingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring!

O'QITUVCHINING USTUVOR QADRIYATLARI
Sizni o'z kasbining fidoyisi deb atash mumkin. Siz o'quvchilarning qiziqishi va muammolariga befarq emassiz. Ular bilan muloqotga kirishish siz uchun shunchaki ishga bog'liq zarurat emas, balki ma'naviy ehtiyojdir. O'quvchilar sizni shaxs sifatida tan olishadi, siz ularniig qiziqishlariga e'tibor bilan qaraysiz, ishonchini qozona olasiz, hurmatiga sazovorsiz. Ular sizning darslaringizda o'zlarini xavfsiz va engil his etishadi. Bunday maqbul emosional holatlar sizning samarali va ijodiy ishlshga imkon beradi. Bu hol o'zingiz va o'quvchilar salomatligi uchun ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

O'QITUVCHINING USTUVOR QADRIYATLARI
Siz ancha qiyin bo'lgan o'qituvchilik faoliyatida hamkasblaringiz qo'llab-quvvatlashi va e'tirofiga muhtojsiz. Siz uchun ularning fikr-mulohazalari aloxida ahamiyatga ega. Ayni vaqtda sizni hamkasblaringiz nafaqat kasbiy mahorat egasi, balki ularning muammolarini tushunuvchi va qo'llab-quvvatlovchi «hamkor» sifatida qadrlashadi. Biroq o'quvchilar ham sizning e'tiboringiz va qo'llab-quvvatlashingizga muxtoj ekanini ham unutmang. Hoy-nahoy, ular sizni o'zlariga «hamkor» deb hisoblashmaydi. Sizning ular bilan bo'lgan munosabatlaringizda shaxsiyatingiz yoki o'ziga xosligingizni yaxshi ma'noda namoyon eta olmaysiz. Buning oqibatida ularda sizga nisbatan ishonchsizlik va begonalashuv tuyg'usi paydo bo'lishi mumkin. Bu esa ta'lim-tarbiya jarayonida ular bilan hamkorlik qilishingizni qiyinlashtiradi.

O'QITUVCHINING USTUVOR QADRIYATLARI
Sizning o'quvchilar bilan «til topisha olmasligingizni» bildiradi. Ehtimol, sizning qiziqishlaringiz faqat maktab hayoti yoki o'quvchilar bilangina bog'liq emas, o'zingizni namoyon etishning boshqa imkoniyatlari mavjud. Siz o'z muammo va kechinmalaringizga ehtiyotkorlik bilan yondashasiz. O'zingiz uchun tayanch izlaysiz. Uni o'zingizdan va ta'lim muassasasidan tashqarida topishga urinasiz. Yoki siz o'zingizga etarlicha ishonasiz-u, ammo hamkasblar va o'quvchilarning fikr-mulohazasiga qiziqmaysiz, yoki siz ishdan juda toliqqansiz va bu hol sizni ko'p narsaga befarq qilib qo'ygan.


PSIXOEMOSIONAL HOLATI
O'quvchilar bilan ishlash sizdan ancha ruhiy va jismoniy kuch talab etadi. Siz vaziyatni o'zgartirish imkoni yo'qligidan tez-tez asabiy holatga tushasiz, jahlingiz chiqadi, tashvish chekasiz, o'zingizni ojiz his qilasiz. Ehtimol, siz o'zining va tevarak-atrofingizdagilarga haddan ortiq talablar qo'yasiz va shuning uchun ham iztirob chekasiz. Agar siz yuzaga kelgan vaziyatlarga nisbatan o'z munosabatingizni o'zgartira olsangiz, u holda o'qituvchi faoliyati uchun xarakterli bo'lgan stresslardan ozod bo'lasiz va o'zingizning psixoemosional holatingizni yaxshilaysiz. O'quvchilar va jamoa bilan muloqot sizga huzur-halovat barishlashi uchun o'zingiz va tevarak-atrofdagilaringiz bilan uyg'unlikka erishish yo'llarini axtarishingiz zarur. Insonning ruhiy imkoniyatlari cheksiz. Agar izlansangiz siz yaxshi psixoemosional holatga erishasiz hamda o'z-o'zingizni muvofiqlashtirish uchun zarur bo'lgan vosita va usullarni topa olasiz.

PSIXOEMOSIONAL HOLATI
Sizning asab tizimingizning sezgirligidan dalolat beradi. Siz o'zga kishining holatini qabul qilish va unga hamdard bo'lishga qodirsiz. Ehtimol, sizning kayfiyatingiz ko'proq tashqi omillarga bog'liq. Noqulay vaziyatlar sizni qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin. Bunday hollarda siz asabiylashib, bezovtalanasiz. Ojizligingizni namoyon etishingiz mumkin. Bularning barchasi ishingiz samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Noqulay holatlarni bartaraf etishga siz hamisha ham qodir emassiz. Ammo o'zingizni, his-tuyrularingizni boshqara olishingiz kerak .

PSIXOEMOSIONAL HOLATI
Sizdagi ijobiy psixoemosional holat ishingiz samaradorligini belgilab beradi. Siz favqulodda holatlarda o'zingizni yo'qotib qo'ymaysiz, ularning oqibatlari uchun mas'ul qarorlar qabul qilishga qodirsiz. Sizning hissiy barqarorligingiz, uzoqni ko'ra bilishingiz va mehnatsevarligingiz ta'lim muassasasidagi psixologik muhitga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


O'Z-O'ZINI BAHOLASH
Siz o'zingizni ijobiy qabul qila olasiz. Siz ijodiy fikrlaysiz, darsda jonli muloqot muhitini yaratishga qodirsiz, o'quvchilar bilan hamjihatlikda ishlab, ularga psixologik yordam ko'rsata olasiz. Siz o'quvchilarni shaxs sifatida qabul qilasiz va ularni qadrlaysiz. Bu esa o'quvchilarning hissiy rivojlanishiga va o'zlari haqidagi tasavvurlarining reallikka aylanishiga olib keladi. Siz shijoatingiz, yorqin xulq-atvoringiz, ijodiy yondashuvingiz va demokratik tamoyillarga amal qilishingiz bilan ajralib turasiz.

O'Z-O'ZINI BAHOLASH
Siz o'z-o'zingizni baholashingiz nobarqaror. U tashqi shart-sharoitga, kayfiyatga, atrofdagilarning fikriga bog'liq. Sizning mehnatingizga berilgan ijobiy baho va ko'tarinki kayfiyat ijodiy parvozingizga turtki beradi. Siz erkin, o'zingizga ishonasiz, o'quvchilarga ta'sir ko'rsata olasiz va ularning shaxs sifatida shakllanishiga to'g'ri yo'nalish berasiz. O'z-o'zingizga berilgan rost baho muvaffaqiyatsizlikdan keyin tevarak-atrofdagilar bilan munosabatingiz samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kasbiy va hayotiy muammolarni hal etishingizda qiyinchilik tug'diradi.

O'Z-O'ZINI BAHOLASH
Sizning atrofdagilaringiz bilan har doim ham erkin muloqotga kirisha olmasligingizni ko'rsatadi. Bu sizning shaxsiyatingiz ahamiyatini pasaytiradi. Hulq-atvoringizda o'zgarishlar bor. Ko'p hollarda bu sizda tevarak-atrofdagilarga nisbatan salbiy munosabat tug'diradi. Bu jonli, ishonch bilan harakat qilishingizga va darsda yaxshi ijodiy muhit yaratishingizga xalaqit beradi. Sinfda o'zingizni ishonchsiz his qilasiz. Psixologik himoyaga zarurat sezmaysiz. O'zingiz va o'quvchilar imkoniyatini cheklaysiz.


TA'LIM BERISH USULI
Sizning etakchilik xususiyatga egaligingiz va «kuchli pedagog» ekaningizdan dalolat beradi. O'quvchi siz uchun teng huquqli hamkor emas, balki ta'sir ko'rsatish ob'ekti hisoblanadi. Siz o'quvchilarga keskin va talabchanlik bilan munosabatda bo'lasiz. Vaziyatlar va o'quvchilarning fikr-mulohazasini hisobga olmagan holda qarorlar qabul qilasiz. Sizning o'qitish usulingizdagi yakka hokimlik (avtoritarlik) darslarda ijobiy psixologik muhit va ishonchli munosabat o'rnatishga to'sqinlik qiladi. Oqibatda o'quvchilar o'z faolligi va mustaqilligini yo'qotadi, ular o'z-o'zini ancha past baholaydi, o'zini psixologik himoya qilish maqsadida agressia kayfiyatga beriladi. Ehtimol, sizni endi «o'qituvchi-boshliq» vazifasi unchalik qanoatlantirmas va shuning uchun ham kasbiy va shaxsiy sohada o'zingizni kamol toptirishga, o'zaro muloqotta-moyillarini yanada chuqurroq o'zlashtirishga qodirsiz?

TA'LIM BERISH USULI
Siz ruhiy zo'riqishdan, ziddiyatlardan o'zingizni olib qochasiz. Siz ko'p hollarda o'zingizni aybdor his qilasiz va o'zgalar yumushini o'z zimmangizga olasiz. O'quvchilar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishingizda izchillik yo'q. Sizda ikkilanish va qat'iyatsizlik kuzatiladi. Ta'limdagi bunday erkin usul o'quvchilarda o'qituvchiga nisbatan hurmat rivojlanishiga, ishni samarali tashkil etish va mas'uliyat hissining ortishiga olib kelmaydi. Siz ko'p yo'qotishlarga yo'l qo'yasiz. Sizda o'zingizdan qoniqmaslik, bezovtalanish, qo'rquv va ishonchsizlik hissi yuqori. Siz uchun tevarak-atrofingizdagilar va o'quvchilar bilan yangi hamkorlik munosabatlarini o'rnatish payti kelmadimikan?

TA'LIM BERISH USULI
Siz uchun o'quvchi teng huquqli hamkor. Siz o'quvchilarni qaror qabul qilishga jalb etasiz, ularning fikr-mulohazalarini tinglaysiz, mustaqil fikrlashini rag'batlantirasiz, nafaqat bilimlarni o'zlashtirishini, balki shaxsiy sifatlarini ham e'tiborga olasiz. Maslahat, iltimos, faoliyatga rag'bat uyg'otish, ruhlantirish sizning asosiy ta'sir ko'rsatish vositangiz hisoblanadi. O'z kasbiy faoliyatingizdan qanoatlanasiz. O'zingiz va boshqalarni tushunishga va qo'llab-quvvatlashga harakat qilasiz. O'quvchilar va jamoa bilan erkin muloqotga kirishasiz. Ruhiy-hissiy holatingiz ijobiy. Bu tarbiyalanuvchilar ruhiyatiga yaxshi ta'sir ko'rsatib, ta'lim samaradorligini oshiradi.

11

     Bildirilgan Fikrlar:

dilnoz
2017-01-09

ajoyib ekan-u lekin bo`maydi

Asal
2017-11-19

Yaxshi lekin bunday javob kutmagandim

Husan91
2018-02-12

yaxshi ekan

Dilorom
2018-09-06

test ajoyib

asal
2018-10-22

Uqituvchini urganish

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 26

Image Gallery:

Statistika:



Contact