«Psixogeometrik test.»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-18
Ko'rildi: 2611

Psixogeometrik test. "Kimsiz : kvadrat, aylana, to'g'riburchak, uchburchak, zig-zag"

Ushbu test shaxsga aloqador bir qancha muqim xarakterologik sifatlarni aniqlashga imkon beradi. Tavsiya etilgan geometrik figuralardan qaysi biri sizga yaqinligini tanlang va ustiga 2 marta bosish orqali shaklga mos xususiyatlaringizni bilib oling!!!


Kvadrat: ustiga 2 marta bosing Uchburchak: ustiga 2 marta bosing Aylana: ustiga 2 marta bosing To'g'ri burchak: ustiga 2 marta bosing. Zig-Zag: ustiga 2 marta bosing

Qaytish

Kvadrat. Hayotiy qadriyatlari: tartib, ish, an'analar, reputasiya.
Asosiy psixologik xususiyatlari:
Ijobiylari - tartiblilik, intizom, o'z vaqtida ishlarni bajaradigan, ozoda-pokiza, qonunga bo'ysunuvchi, mehnatsevar, chidamli, tirishqoq, qat'iyatli, qarorlari qat'iy, so'zining ustida turadigan, halol, oqil, aql bilan ish ko'radigan, bosiq, tejamkor, pishiq.
Salbiylari - ko'ngliga har xil fikrlar keladigan, biryoqlama, pedant, o'ta talabchan, mayda-chuydaga ham e'tibor beradigan, jiddiy, chidamli, qaysar, konservativ, yangilikdan cho'chiydigan, fantaziyasi kambag'al, pismiqroq, pishiq.
         Kvadratlar eng avvalo o'zlarining mehnatsevarligi, sabr, toqat bilan boshlagan ishni oxiriga yetkazish xususiyatlari bilan ajralib turadilar. Sabr-bardoshlilik, chidam kvadratni o'z sohasining usta mutaxassisi bo'lib yetishishiga olib keladi. Yangi informatsiyaga (axborotga) bo'lgan extiyojning yuqoriligi ham bunga yordam beradi. Kvadratlar har-xil ma'lumotlarni to'plab yuradilar, ularni tartibga solib, sistemalashtiradilar, shuning uchun ular zarur informatsiyani darhol topib berishlari mumkin.
      Darhaqiqat kvadratlar o'z sohasiga tegishli ma'lumotlar manbai hisoblanadilar. Ularning yana bir kuchli tomonlari, fikriy tahlil hisoblanadi. Agar siz o'zingiz uchun kvadratni tanlagan bo'lsangiz, sizda chap yarim sharlar faolroq hisoblanadi, ya'ni sizda informatsiyani ketma-ket tartib bilan qayta ishlash izchil a-b-v-g va h.k. tarzda kechadi.
        Kvadratlar natijani taxminan emas, aniq hisoblaydilar. Ular hodisa va voqealarga juda e'tiborli. Tartib, intizomni xush ko'radilar. Kvadratlar rejali, aniq maqsadli hayotni yoqtiradilar, voqealarning odatiy kechishidagi o'zgarishlarni yoqtirmaydilar. Ular doimo odamlar va atrofidagi narsalarni tashkillashtiradilar (tartibga soladilar). Bu xususiyatlar kvadratlarni yaxshi ish yurituvchi, ijrochi bo'lishlarini ta'minlaydi. Lekin afsuski ulardan yaxshi ish beruvchi, menejer chiqishi qiyinroq. O'ta mayda-chuydalarga e'tibor, aniqlik kiritish uchun qo'shimcha ma'lumotlar asosida qaror qabul qilish, ularning tezkorligini susaytiradi. O'ta tartiblilik, qonun-qoidaga aniq rioya qilish ularda o'ta kuchlidir. Qaror qabul qilishda ayniqsa, tavakkal ish tuta olmaydilar.
      Kvadratlardagi sovuqqonlik, hissiyotga berilmaslik, aniqlilik har xil odamlar bilan aloqada bo'lishini qiyinlashtiradi.


Uchburchak.
Asosiy qadriyatlari: xokimiyat, liderlik,amal, mavqe, g'alaba, manfaat.
Asosiy psixologik sifatlari:
Ijobiylari - yaxshi lider, o'ziga mas'uliyatlarni oladigan, har narsada asosiy, mohiyatni ko'ruvchi, kuchini safarbar qila oladigan, g'alabaga erisha oladigan, o'ziga ishonchli, qat'iyatli, tavakkalchi, g'ayratli, to'g'riso'z, hissiyotlari boy, aqlli.
Salbiylari - egosentrik, egoist, nazorat qilishni yaxshi ko'radigan, o'zgacha fikrlarga toqatsiz, ishga o'ta beriluvchanlik, har narsadan manfaat qidiradigan, qaysar, impulsiv, beshavqat, toqatsiz, qo'pol, rahmsiz, achchig'i tez, zaqarxanda.
       Ular harakatchan, kuchli shaxslar. O'z oldilariga aniq maqsadlar qo'yadilar va odatda ularga erishadilar. Eng asosiy narsani ilg'ab olish ularning xarakterli belgilaridir.
       Uchburchakning yetakchi sifati birinchi bo'lishga intilishdir. Uchburchaklarda kvadratlar kabi faollik chap yarim sharlarga to'g'ri kelib, ular yaxshigina intellekt sohibidirlar. Vaziyatni tez va chuqur tahlil qilish va shu asnoda masalaning mazkur sharoitdagi eng to'g'ri yechimini topishga qodirdirlar. Shu sababli uchburchaklardan juda yaxshi rahbarlar, menejerlar chiqadi. Ular o'z ishlari va qo'l ostidagilar mehnatini «yuqori lavozimdagi boshliq» e'tiboriga qanday taqdim etishni bilishadi.
       Uchburchaklar o'zlarini doimo haq deb hisoblaydigan, o'ziga ishongan odamlar. Doimo haq bo'lishga kuchli ehtiyoj, boshqaruvga intilish hissi, masalani faqat o'zi uchun emas, o'zgalar uchun ham hal qilishga harakat qilish uchburchaklarni doimo boshqalar bilan bellashishga, kurashga da'vat qiladi. Bunday shaxslar dunyoqarashida omad, g'alaba, yutuq kabi tushunchalar yetakchi o'rinni egallaydi.
       Ular ko'pincha tavakkalchi, toqatsizdirlar, ayniqsa qaror qabul qilishda ikkilanadigan kishilarga toqatlari yo'q. Uchburchaklar o'z xatolarini tan olishni yoqtirmaydilar. Juda qiyinchilik bilan o'z xatolariga iqror bo'ladilar. Ko'pincha ular o'z so'zlarida turib oladilar. E'tirozni qabul qilmaydilar va o'z bilganlaricha ish tutadilar. Shu qatorda ular asosiy maqsadlariga olib boradigan narsalarni, foydali axborotlarni tez singdirib oladilar.
       Uchburchaklar shuxratparast, kar'erist, jamiyatda yuqori darajaga erishishga harakat qilishadi. Ishga kirishishdan oldin va qaror qabul qilishda uchburchaklar o'z oldilariga quyidagicha savol qo'yadilar: «Xo'sh men bundan qanday manfaat ko'raman?». Ular foyda keltiradigan ishni yuz chaqirimdan sezishadi va uning uchun raqiblari bilan ayovsiz kurashga tayyor bo'lishadi. Biroq ularning asosiy salbiy sifatlari kuchli egotsentrizm, o'ziga yo'nalganlikdir. Uchburchaklar hokimiyat cho'qqisiga intilish yo'lida har qanday vositadan foydalanishga tayyor, o'z maqsadlariga erishishda boshqalarning xohishlarini hisobga olmagan holda, ularning boshi ustidan yurib borishdan qaytmaydigan kishilar toifasidandir.
       Uchburchak hammani o'z izmiga solishga harakat qiladi. Ularsiz hayot o'z keskinligini yo'qotgan bo'lardi.


Aylana.
Asosiy qadriyatlar :
Insonlarga xizmat qilish, oila baxti va manfaati, bolalar, muloqat.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari - muloqotga ehtiyoj, kirishuvchanlik, hammabop, mehribon, g'amxo'r, sadoqatli, kuchli ijtimoiy intuisiyaga ega, empatiya hissi kuchli, bag'ri keng, qo'li ochiq, xissiyotlarga beriluvchan, bosiq, yuvosh, kechirimli, janjaldan yiroq yuruvchi.
Salbiylari: o'zgalar fikriga tobelik, betartib, o'ta yumshoq, talabchan emas, qati'yatsiz, narsalarni ayamaydigan, laqma, sentimental, ko'ngli bo'sh.
       Aylana – bu mutanosiblikning falsafiy timsolidir. Kim bu shaklni tanlagan bo'lsa, u yaxshi shaxslararo munosabatga astoydil intiladi. Odamlar va ularning rohat-farog'ati aylana uchun oliy himmatdir.
       Aylana boshqa shakllar ichida ko'proq odamlarga yaxshilik tilovchi, ularni birlashtiruvchi shakldir. U jamoani, oilani mustahkamlash uchun hizmat qiladi. Aylana-ajoyib notiq, e'tiborli tinglovchi. Atrofidagi odamlarga hamdardlik ularning xursandchiligi-yu tashvishiga sheriklik aylanaga xos, u sezgirlik bilan o'ksik ko'ngilga taskin berishga shoshiladi. Aylanalar odamlarni tez «bilib oladilar», aldamchi, xudbin kishilarni tezda payqab olish xususiyatiga egadirlar. Aylana-o'z jamoasi uchun qayg'uradi va o'z kasbdoshlari orasida hurmat-e'tiborga sazovor kishidir.
       Ammo ular biznes sohasida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsata olmaydilar, ya'ni menenjer va rahbarlik sohasida bo'shroq hisoblanadilar. Chunki, birinchidan, aylanada shaxs yo'nalganligi odamlarga qaratilgan bo'lib, har bir kishining og'irini yengil qilishga urinadilar. Ular tinchlik va osoyishtalikni saqlashga urinadilar, hamda o'ta qat'iy qaror chiqarishdan qochadilar.
       Aylana uchun murosasizlik og'ir holat, odamlarning inoq, ahilligi va yaxshi munosabatda bo'lishlari baxtdir. Shuning uchun kim bilandir tortishib qolsa yoki ziddiyatli vaziyatlarda birinchi bo'lib aylana yon beradi va murosaga kirishadi.
       Ikkinchidan, aylana «siyosiy o'yinlar»da zaif, bunda unga qat'iylik yetishmaydi. Shuning uchun aylanadan qat'iyroq shaxslar (masalan uchburchak) ko'pincha aylanani tazyiqqa oladilar. Aylana uchun hokimiyat kimning qo'lida ekanligi ahamiyatli emas, unga hamma rozi, atrofida tinchlik bo'lsa bas. Lekin bir narsada, ya'ni axloq va adolat masalasida, aylana qat'iylik va qattiqqo'llikni namoyon etadi. O'zining aylana timsolida ko'radigan shaxslarda miyaning o'ng yarim sharlari faol bo'lib fikrlar obrazli, intuitiv, emotsional ifodalangan, integral kechadi.
       Aylanalarda axborot o'zlashtirish jarayoni uzuq-yuluq, ma'lumotlar zanjirining alohida qismlari tashlab ketilgan holda kechadi, ammo bu narsa ular mantiqdan yiroq kishilar degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Ular hayotiy muammolarni hal qilishda rasmiyatchilikdan qochishadi, xolos. Aylanalar tafakkuri shaklining asosiy xususiyati – muammoning sub'ektiv jihatlari (hissiyot, baholash va qadriyat)ga asoslanishdir. Ular turli qarama-qarshi qarashlar orasida ham umumiylikni topishga intiladilar. Aylanalarni tug'ma psixologlar deb aytsa bo'ladi, biroq jiddiy, ulkan ishlarning boshida turishlari uchun ularda «to'g'ri chiziqli birodarlari» (uchburchak va kvadrat)da bo'lgan tashkilotchilik qobiliyati yetishmaydi.

To'g'riburchak.
Asosiy qadriyatlari: o'zgarish, dinamika, azart.
Asosiy psixologik xususiyatlari:
Ijobiylari - intiluvchan, yangilikni qidiradigan, qiziquvchan, yaxshi ta'lim oladigan, ziyrak, sezgir, ishonuvchan, empatiya xos, samimiy, dadil, yaxshi o'yinchi.
Salbiylari:
qat'iyatsiz, qarorlari mavhum, ish va so'z birligi yo'q, engiltak, ishonuvchan, emosional beqaror, sodda, o'ziga bahosi past, lanj, unutuvchan, kechirimli.
       Bu shaxsning davriy o'tish shakli bo'lib, hayotning ma'lum bir bo'laklarida nisbatan mutloq hisoblangan to'rt shaklda ham namoyon bo'lishi mumkin. Bu odamlar o'z hayotlarining hozirgi kechish tarzidan qoniqmaydilar va uning yaxshilanishi uchun izlanish va harakatda bo'ladilar. To'g'ri, bu shaklni tanlash sabablari turlicha bo'lishi mumkin, ammo ularni birlashtirib turuvchi narsa bitta – insonning o'zgarishlarga xayrixohligidir. To'g'rito'rtburchakning asosiy psixologik holati-muammoni tushunib yetishda noaniqlik, dovdirab qolish, chuvalashtirib yuborish, shuningdek, o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlarining ham ma'lum bir vaziyatlarda noaniqligi kuzatiladi.
       To'g'rito'rtburchak holatlari kunaro, xatto kun davomida o'zgarib turadi. Ularning o'z-o'zini baholashi deyarli doim past bo'lganligi uchun «yaxshi» bo'lishga intiladilar. Yangi ish uslublarini izlaydilar. Hayot tarzini yaxshilashga intiladilar. Agar to'g'rito'rtburchakning hatti-harakatini diqqat bilan kuzatsak, u boshqa shakllar: «uchburchak», «aylana» va boshqalarning «kiyimlar»ini «kiyib» ko'radi.
       To'g'rito'rtburchaklarninig hatti-harakatlari kutilmaganda shiddatli, keskin, o'zgarib turishi atrofdagilarni sergak tortiradi va ular ongli ravishda bunday «o'zgaruvchan odam» bilan muloqotga kirishishdan qochishlari mumkin. Aslida esa ular uchun boshqalar bilan muloqotda bo'lish zaruratdir, o'zgaruvchanlikning yana bir qiyinchilik tomoni ham shunda.
       To'g'rito'rtburchaklardagi ijobiy fazilatlardan biri hayotiy qiziquvchanlik, faollik va jasoratdir. To'g'rito'rtburchaklar ulargacha hech kim qilmagan ishlarni qilishga, hech kim o'ylab ko'rmagan savollarga javob berishga harakat qilishadi. Bu shaklni tanlagan kishilar mazkur hayotiy bosqichda yangi g'oyalar, qadriyatlar, turli qarash va hayot tarzlarini osongina qabul qilishadi. To'g'ri, ikkinchi tomondan qaraganda, bu narsa ularni haddan tashqari ishonuvchan, turli ta'sirlarga beriluvchan, soddaroq bo'lishlariga olib keladi. Shuning uchun ham boshqalardan ko'ra ularga ta'sir o'tkazish osonroq.
       «To'g'rito'rtburchaklik» bor-yo'g'i bosqichdir va u o'tib ketadi.


Zigzag.
Asosiy qadriyatlari: erkinlik, ijod, o'zgarish.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari - yangilik, ijodga intilish, bilishga chanqoqlik, g'alayonchi, xayolparast, optimist, kelajakka intilgan, ruxi tetik, ekspressiv, tashabbuskor, aqlli.
Salbiylari: tartibsizlik, qo'nimsizlik, o'zgaruvchanlik, individualizm, ishonchsiz, qonunlarni buzuvchi, realistik qarashning yo'qligi, subutsiz, impulsiv, o'zini namoyishkorona ko'rsatadigan, zahar, kesatib gapiradigan.
       Bu shakl-ijodkorlik timsolidir. Zigzag-haqiqiy o'ng yarim sharning faolligi aks etgan noan'anaviy fikrlovchi shaxs. Unga obrazli fikrlash, oldindan his etish (intuitsiya), integrativ (mujassamiy) fikrlash xususiyati xosdir. Uning o'y-fikrlari bir zumda bir-biridan uzoq bo'lgan nuqtalarga ko'chishi mumkin, shuning uchun atrofdagilarga ularni tushunishlari qiyin kechadi.
       Zigzaglarga ko'proq tafakkurning sintetik turi xosdir. Ularga bir-biridan mutloq farq qiladigan g'oyalarni birlashtirib, mujassamlashtirib, shu asosda butunlay yangi o'ziga xos g'oyalar yaratish yoqadi.
       Aylanalardan farqli o'laroq zigzaglar kelishuvlar, konsensuslarni afzal ko'rmaydilar, ular o'z maqsadlariga yon bosishlar orqali emas, balki g'oyalar qarama-qarshiligini kuchaytirish va nizo o'z yechimini topishi mumkin bo'lgan yangi kontseptsiyalarni yaratish yo'li bilan erishadilar. Tabiatan aqlli hisoblangan Zigzaglar g'oyat tili zahar bo'lishlari ham mumkin. Ular dunyoni doimiy o'zgarishda ko'rishni xohlaydilar. Shu sababli ular uchun hamma bilan murosaga keluvchilar, o'zgarmaydigan qonun-qoida, ko'rsatma kabi narsalardan ko'ra zerikarliroq narsa yo'q.
       Zigzaglar bir tizimga solingan vaziyatda ishlay olmaydilar. Qat'iy belgilab qo'yilgan majburiyatlar va doimiy ish tartiblari, aniq vertikal va gorizontal aloqalar ularning g'ashiga tegadi. Ularga rang-baranglik va faoliyatga undovchi yuqori darajadagi motivlar kerak. Shundagina Zigzaglar jonlanadi va o'zining bunyodkorlik, yangi g'oya va ish uslublarini yaratish vazifasiga kirishadi. Ular narsalarning hozirda va o'tmishda odatiy bo'lgan yaratilish yo'llaridan qoniqmaydilar. Bu shaxslar kelajakka intiluvchi va ularni xaqiqiy voqelikdan ko'ra oldinda qanday imkoniyatlar mavjudligi ko'proq qiziqtiradi. Boshqalarga narsalar olami qanchalar real bo'lsa, ular uchun g'oyalar dunyosi shunchalik haqiqiydir. Ular hayotining ko'proq qismini mana shu «g'oyalar dunyosi»da o'tkazadilar. Shu tufayli ularda ishga amaliy nuqtai nazardan yondoshmaslik, hayotdan uzoqlik va soddalik kabi xususiyatlar mavjuddir. Zigzaglar barcha shakllar ichida eng tez qo'zg'aluvchan, zavq-shavqqa to'liq kishilardir. O'zlarida yangi qiziqarli g'oyalar tug'ilganda ular butun dunyoga jar solishga tayyor bo'ladilar. Biroq ularga siyosatdonlik yetishmaydi, ular tiyiqsiz, sharttaki va bu ularning o'z g'oyalarini amalga oshirishlariga xalaqit beradi.
       Bundan tashqari Zigzaglar aniq detallarni ishlab chiqishda no'noqroq (g'oyalarni amalga oshirishda esa bu narsa muhim) va ishning yakuniga yetkazishda ko'pam tirishqoqlik ko'rsatmaydilar, chunki o'z yangiligini yo'qotganidan so'ng g'oyaga bo'lgan qiziqish ham yo'qoladi.



Geometrik shakllar haqida qo'shimcha ma'lumot




Kvadrat. Agar sizning shaklingiz kvadrat bo'lsa, demak — siz xormas-tolmas mehnatkashsiz! Mehnatsevarlik, tirishqoqlik, boshlagan ishni oxiriga yetkazishga bo'lgan ehtiyoj, ishini tugallashga erishishga imkon beradigan qat'iyatlilik — bular haqiqiy kvadratlarni mashhur qiladigan narsalardir. Chidamlilik, toqat va ishni ko'zini bilishlik odatda Kvadratlarni o'z sohasida yuqori malakali mutaxassis bo'lishini ta'minlaydi. Kvadratlarda informasiyaga nisbatan juda kuchli ehtiyoj mavjud, ular turli-tuman ma'lumotlarning kolleksionerlari hamdir. Chunonchi, bu kolleksiya qayerda — miyadami yoki maxsus kartotekadami saqlanishidan qat'iy nazar, u juda tartibli saqlanadi. Barcha ma'lumotlar sistemalashtirilgan, javonlarga ajratilgan. Kvadrat zarur informasiyani shu zahotiyoq bera oladi. Shuning uchun ham Kvadratlarni haqli ravishda erudit (juda bo'lmaganda o'z sohasida) deb hisoblashadi.
       Fikriy tahlil — Kvadratning eng kuchli tomonidir. Agar siz o'zingiz uchun to'gri chiziqli shakl bo'lmish Kvadratni qat'iy tanlagan bo'lsangiz, demak — shu narsa aniqki, siz «chap yarim sharli» fikrlovchilar, informatika tili bilan aytganda informasiyalarni: a-b-v-g va hokazo, qayta ishlovchilar toifasiga kirasiz. Kvadratlar natijani taxmin qilishdan ko'proq «hisoblab» chiqadilar. Ular fikrlash zanjirida birorta xalqani ham o'tkazib yubormaydilar, boshqalar bu narsani qilsalar, tushunishda qiynaladilar, buning natijasida diskomfort sezadilar. Kvadratlar mayda ikir-chikirlarga xaddan tashqari etiborlilar. Aynan Kvadratlar ko'pincha boshqa shakl egalari bergan buyuk fikrlarm, proektlar va rejalarning barcha aniq detallarini ishlab chiqadilar.
       Kvadratlar o'zgarmas tartibni yaxshi ko'radilar: har bir narsa o'z joyida bo'lishi va o'z vaqtida amalga oshishi zarur. Haqiqiy Kvadrat «Stoldagi tartibsizlik — miyadagi tartibsizlikdir» degan maqolga chin dildan ishonadi. Kvadratning ideali — rejalashtirilgan, oldindan aytish mumkin bo'lgan xayotdir, unga turli «syurprizlar» va voqealarning borishi odatining buzilishlari sira yoqmaydi. U doimo odamlarni va narsalarni o'z atrofida «tartiblashtiradi» va tashkil etadi.
       Ushbu barcha sifatlar shunga olib keladiki, Kvadratlar juda yaxshi administrator bo'lishi mumkin (bo'ladi ham), lekin afsus ular kamdan-kam yaxshi rahbar, menejer bo'lishlari mumkin. Tabiiyki, Kvadratning yuqorida ko'rsatilgan barcha ustunliklari undagi ojiz tomonlar bilan yonma-yon kechaverihi mumkin. Aybsiz bitta Parvardigorning o'zi!
       Ikir-chikirlarga haddan tashqari berilganlik («daraxt ortidagi o'rmonni ko'rmaydi»), qaror qabul qilish uchun qo'shimcha. aniqlovchi informasiyalarga bo'lgan ehtiyoj Kvadratni tezkorlikdan mahrum etadi.
       Saranjom-sarishtalik, tartib qoida va odatlarga rioya qilish xaddan tashqari ortiqcha bo'lib ketishi mumkin. Qachonki, qaror qilish vaqti kelsa, ayniqsa bu qaror tavakkalchilik bilan yoki o'z obro'siga putur yetkazish bilan bogliq bo'lsa, kvadrat hohlab yoki hohlamay bu qarorni qabul qilish muddatini cho'zaveradi. Bundan tashqari, rasionallik, hissiy quruqlik va sovuqlik Kvadratga turli, ayniqsa yoqmaydigan shaxslar bilan aloqaga kirishishga halaqit beradi, bu narsa ham odamlarni boshqarishda muvaffaqiyatga erishishga halaqit beradi. Kvadrat amorf, ya'ni «chap qo'l nima qilayotganini o'ng qo'l bi1maydigan» holatda samarasiz harakat qiladi. Ammo yaxshi tashkillashtirilgan, ijro muddatlari belgilangan, ma'lumotlar va asbob uskunalardan foydalanish aniq bo'lgan, aniq talablar shakllantirilgan va harakatning aniq ko'rsatmalari berilgan sharoitlarda Kvadrat qolgan barcha shakllardan ustun bo'ladi.
Uchburchak. Bu shakl liderlik belgisidir, ko'pchilik Uchburchaklar o'zlarining ushbu xususiyatlarini sezadilar: «ular lider bo'lish uchun tug'ilganlar». Haqiqiy Uchburchakning eng xarakterli xususiyati — bosh maqsadga o'z diqqatini qarata olish qobiliyatidir. Uchburchaklar—harakatchan, tutqich bermas, kuchli shaxslar bo'lib, ular aniq maqsadlar qo'yadilar va odatda, ularga erishadilar.
       Albatta, Uchburchaklar o'zlarining asosiy maqsadi nima ekanligini har doim biladilar, shuning uchun ham ular Kvadratlardan farq qilib — juda qat'iyatli odamlardir. Ular, o'zlarining qarindoshlari-Kvadratlar singari, to'g'ri chiziqli shakllarga xos va yo'nalishiga ko'ra ham «chap yarim sharli» fikrlovchi, ya'ni sharoitni chuqur va tez tahlil qila oladigan toifaga kiradilar. Ammo, o'z diqqatini ikir-chikirlarga qaratuvchi Kvadratlarga qarama-qarshi o'laroq, Uchburchaklar asosiy narsaga, muammoning mazmuniga o'z diqqatini qaratadilar. Ulardagi kuchli foydaga yo'nalganlik ularning fikriy tahlilini yo'llab turadi va mazkur sharoitda muammo yechimining samarali (ko'pincha foydali) yo'lini topishga qaratadi. Bunday yo'nalganlik Uchburchaklarni eng yaxsi yechmni izlashda turli-tuman variantlarni berilib tahlil qilishdan asraydi. Bu narsa boshqalarda, o'ziga unchalik ishonch bo'lmagan kishilarda kuchli taassurot paydo qiladi va ular Uchburchakka erishadilar.
       Uchburchak — bu juda o'ziga ishongan, barcha narsada o'zi haq bo'lishni xohlovchi odam, hamma narsada haq bo'lishga va sharoitni boshqarishga, faqat o'zi uchun emas, balki imkon darajasida boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga bo'lgan kuchli ehtiyoj Uchburchakni boshqalar bilan doimo rag'batlashuvchi, kurashuvchi shaxsga aylantirib qo'yadi. Bu - Uchburchak kirishgan har bir ishda yetakchi ustanovkadir. U juda tez-tez tavakkal qiladi, qaror qabul qilishda ikkilanuvchi odamlarga nisbatan chiday olmaydigan va yoqtirmaydigan bo'ladi.
       Uchburchaklar nohaq bo'lib qolishni juda yoqtirmaydilar va o'z xatolarini juda qiyinchilik bilan tan oladilar. Aytish mumkinki, ular ko'pincha o'zlari ko'rishni hohlagan narsani ko'radilar, shuning uchun ham o'z qarorlarini o'zgartirishni yoq'tirmaydilar, e'tirozlarni qabul qilmaydilar va ko'pchilik hollarda o'zlaricha ish tutadilar. Lekin ular o'zlarining pragmatik yo'nalishlariga mos keladigan, bosh maqsadga erishishga yordam beradigan narsalarga juda muvaffaqiyatli o'rganadilar, foydali informasiyalarni xuddi so'rg'ichdek o'ziga so'rib oladilar.
       Uchburchaklar—izzat-nafsli odamlar. Agar Kvadrat uchun or-nomus ishi bajarilayotgan vazifani yuqori sifatiga erishish bo'lsa, Uchburchak esa yuqori mavqega erishishga, yuksak status egallashga, boshqacha aytganda, kar'era qilishga intiladi (buni Uchburchakning salbiy sifati deb qaramaslik kerak). Biron-bir ishni boshlash yoki qaror qabul qilshdan oldin Uchburchak ongli yoki ongsiz holda o'z oldiga: «Bundan nima foyda ko'raman?» degan savolni qo'yadi. Ishonavyering: Uchburchak qanday qaror qabul qilmasin, bunda albatta Uchburchakning shaxsan o'zi uchun foyda (har doim ham moddiy emas) aks etgan bo'ladi. Uchburchaklardan boshqarishning eng «yuqori» darajasida turadigan zo'r menejerlar chiqadi. Ular aynan "yuksaklikka" intiladilar ham. Bunda ularga yana bitta sifat — «siyosiy fitnachilik» malakasi yordam beradi. Ular o'zidan yuqori turgan rahbariyatga o'zining va qo'l ostidagilar ishining ahamiyatliligini ustalik bilan o'tkaza oladilar, foydali ishning hidini bir chaqirimdan sezadilar va bu narsa uchun kurashda o'z raqiblarini «bir-birlari bilan peshonasini urishtirib» qo'ya oladilar. Mana shu yerda «uchburchak» shaklining bosh salbiy sifatiga e'tibor berish kerak: bu o'ziga yo'naltirilgan kuchli egosentrizm. Bu narsa shunga olib keladiki, Uchburchaklar hokimiyat tepasiga intilayotib ahloqiy normalarni unchalik pisand qilmaydilar va o'z maqsadi sari boshqalarning boshlaridan yurib borishlari ham mumkin. Bu holat boshqalarda qo'rquv va shunga asoslangan hurmat yuzaga keltirishi mumkin, lekin hech ham ularga nisbatan moyillik va muhabbat hosil qilmaydi. Shunday bo'lsada... qo'rqmang! Bu «ashaddiy», ya'ni vaqtida boshqalar tomonidan to'xtatilmagan Uchburchaklargagina xosdir. Umuman olganda, Uchburchaklar kelishgan, o'ziga jalb qiluvchi odamlar bo'lib (shunday bo'lmasa ularga kim ham erinshar edi!) hamma narsani va hammani o'z atrofida aylanishga majbur qiladilar, ularsiz bizning xayotimiz o'z keskinligini yoqotgan bo'lar edi.
To'g'ri to'rtburchak. To'g'ri to'rtburchaklar. sizlar uchun hozir o'qiydigan narsangiz kutilmagan hodisa bo'lmasa kerak. Shundoq ham siz o'zingiz to'g'ringizda hamma narsani bilasiz.
       Gap shundaki, To'g'ri to'rtburchak o'tish va o'zgarish holatini aks ettiradi. Bu, aytish mumkinki, shaxsning' vaqtinchalik shakli bo'lib qolgan to'rtga nisbatan, turg'un shakllar hayotning ma'lum bir davrida bu shaklni o'ziga «kiyib», yurishi mumkin. Bular hozirgi kunda o'zlari kechirayotgan hayot tarzidan qoniqmayotgan, shuning uchun ham yaxshi xolatni izlash bilan band bo'lgan odamlardir. Mumkin, sizlardan kimdir yaqindagina kasbiy statuti o'zgarishini boshidan kechirgandir (moslashuv talab qiladigan holatlar: yangi ishga o'tish, lavozimda ko'tarilishi yoki pasayishi): kimdir shunaqa o'zgarishlarni oldindan ko'rayotgan, sezayotgan bo'lishi mumkin. Kimningdir shaxsiy hayotida o'zgarishlar bo'lgan. Umuman, To'g'ri to'rtburchak holatining sabablari turli-tuman bo'lishi mumkin, lekin ularni bir narsa birlashtiradi — o'zgarishlarning ma'lum odam uchun ahamiyatliligi.
       To'g'ri to'rtburchakning asosiy psixik holati muammolardagi chalkashganlik va ayni shu paytda o'ziga nisbatan noaniqlikdir. Bu bilan parallel ravishda unda ichki qo'zg'alish oshib boradi va bu uning hulq-atvorida aks etmasdan qolmaydi.
       To'g'ri to'rtburchakning eng xarakterli belgilari — o'tish davri davomida hatti-harakatlardagi izchillikning yo'qligi va ularni oldindan bilish qiyinligidir. Siz, to'g'ri to'rtburchaklar kundan kunga hatto bir kunning ichida ham kuchli o'zgarishlaringiz mumkin. Bu tabiiy hol, chunki To'g'ri to'rtburchaklarning o'z-o'ziga beradigan bahosi past bo'ladi, nimadadir yaxshiroq bo'lishga intiladilar, yangi ish metodlarini, hayot uslublarini izlaydilar. Agar To'g'ri to'rtburchakning hulq-atvoriga diqqat bilan razm solinsa, butun davr davomida uning goh «uchburchak», goh «aylana» va hokazo shakllarning "kiyimini" o'ziga kiyib ko'rganligini payqash mumkin. To'g'ri to'rtburchakning hulq-atvoridagi birdaniga, kutilmaganda va oldindan bilib bo'lmaydigan darajada o'zgarib turish odatda boshqa odamlarni uyaltiradi va xavfsiratadi, ular ongli ravishda «o'zagi yo'q odam» bilan muloqatdan qochishlari mumkin. Tushunarli, kim ham ahmoqona holatga tushib qolishni istaydi! To'g'ri to'rtburchaklarga boshqa odamlar bilan muloqotga kirishish juda zarur, o'tish davrining yana bitta murakkabligi shundan iborat.
       Shunday bo'lsada, boshqa odamlardagi singari To'g'ri to'rtburchaklarda ham atrofdagilarni o'ziga jalb qiluvchi ijobiy fazilatlarni ko'rish mumkin. Bu, eng avvalo –qiziquvchanlik, sinchkovlik, bo'layotgan barcha hodisalarga jonli qiziquvchanlik va botirlik. To'g'ri to'rtburchaklar oldinlari hech qachon qilmagan ishlarini qilishga intiladilar, oldin so'rashga yuragi betlamagan narsalarini so'raydilar. Mazkur davrda yangi g'oyalar, qiymatlar, tafakkur va hayot uslublari uchun ochiqdirlar barcha yangiliklarni osonlikcha o'zlashtiradilar. To'g'ri, bularning orqa tomoni -haddan tashqari ishonish, ishonuvchanlik, soddalikinig mavjudligidir. Shuning uchun ham To'g'ri to'rtburchaklardan osonlikcha foydalanish mumkin, ahloq qoidalarini unchalik pisand qilmaydigan odamlar albatta bundan foydalanadilar. Agar siz haqiqatdan ham «To'g'ri to'rtburchak shaklini olgan bo'lsangiz, ehtiyot bo'ling! Shuni bilingki, «To'g'ri turtburchaklik» -bu bir bosqich, xolos. U albatta o'tadi. Va siz bu davrda o'zlashtirilgan tajriba bilan boyib, shaxs rivojining yangi bosqichiga chiqasiz.
Aylana. Geometrik jihatdan aylana — bu garmoniyaning afsonaviy simvolidir. Ishonch bilan o'zining asosiy shakli sifatida Aylanani tanlagan odam eng avvalo, yaxshi shaxslararo munosabatlar tarafdoridir. Aylana uchun eng yuksak qiymat — odamlar, ularning baxti. Aylana beshta shakl orasida eng ochiq ko'ngillidir. U ko'pincha ish jamoasini ham, oilani ham mustahkamlab turuvchi «yelim» vazifasini bajaradi, ya'ni guruhni stabillashtiradi. Aylanalar beshta shakl orasidagi eng yaxshi kommunikatorlardir, chunki ular eng yaxshi tinglovchilar hamdir (Uchburchaklar ham yaxshi kommunikatorlar, lekin ular boshqalardan ko'ra o'zlarini ko'proq tinglaydilar). Ular yuqori sezgirlikka egalar, rivojlangan empatiyaga — hamdard bo'la olish, boshqa odamlarning kechinmalariga hissiy sherik bo'la olish qobiliyatiga egalar. Aylana boshqalarning quvonchini, boshqalarning qayg'usini o'zinikidek his qiladi. Tabiiyki, odamlar Aylanaga intiladilar. Aytish kerakki, Aylanalar odamlarni juda yaxshi o'qib oladilar va bir daqiqadayoq mug'ombirlarni, aldoqchilarnn bilib oladilar.
       Aylanalar o'z jamoasi ( o'z komandasi) uchun kurashadilar va hamkasabalari orasida yuqori mavqega ega bo'ladilar. Ammo ular, odatda, biznes sohasida kuchli menejer va rahbar bo'la olmaydilar.
       Birinchidan, Aylanalar ishdan ko'ra ko'proq odamlarga yo'nalganliklari uchun har bir odamga yoqishga juda harakat qiladilar. Ular tinchlikni saqlashga harakat qiladilar va shuning uchun ham ba'zida «qattiq» pozisiyani egallashdan hamda hammaga ham ma'qul kelavermaydigan qarorlarni qabul qilishdan qochadilar. Aylana uchun shaxslararo konfliktga kirishdan ham og'ir narsa yo'q. Hamma odam bir-birlari bilan kelishib yursa Aylana o'zini baxtli sezadi. Shuning uchun ham Aylana kim bilandir konfliktga kirishsa, aynan Aylana birinchi bo'lib yon berishi ehtimoli kuchli. Boshqalar bilan yarashish—hulq-atvorning tipik «aylanaviy» belgisidir. Bu belgi boshqalarga hursandchilik keltirsa, Aylanani esa o'z hamkasblari orasida taniqli qilsada, haddan ziyod yon berishlar Aylananing o'ziga bo'lgan hurmatining yo'qolishiga, o'z-o'zini ayblash tendensiyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
       Ikkinchidan, Aylanalar qat'iyatlilik bilan ajralib turmaydilar. Agar ularga boshqaruv to'gri kelib qolsa, ular rahbarliknnng yaqqol demokratik uslubini ustun qo'yadilar va har bir qarorni ko'pchilik bilan muhokama qilishga hamda ularni qo'llab-quvvatlashlariga tayanishga intiladilar. Ma'1umki, bu narsa har doim ham o'zini oqlamaydi: yaxshi imkoniyatni boy berish mumkin. Bundan tashqari, Aylanalar «siyosiy o'yinlarda» ojizlar, ko'pincha o'zlarini va o'z komandalarini zarur tarzda ko'rsata olmaydilar. Bu hammasi shunga olib keladiki, ko'pincha Aylanalarni kuchli shaxslar, masalan, Uchburchaklar o'ziga qaratib oladilar, natijada ularni manipulyasiya qila oladilar, Aylanalarning baxti shundaki, ular hokimiyat kimni qo'lida ekanligidan unchalik xavotir olmaydilar. Asosiysi, hammaning ko'ngli to'q bo'lsa va atrofda tinchlik hukm sursa bas.
       Ammo bitta narsada Aylanalar havas qilgudek qattiqlik namoyon qiladilar. Agar masala ahloq va haqiqatning buzilishiga borib taqalsa, Aylana odamlarning ehtirosli himoyachisiga aylanadi. Bunda Aylanalar, agar hohlasalar, juda ishonarli bo'lishlari mumkin. Odatga ko'ra, ularning shaxslararo konfliktlarni a'lo darajada yechishlarida ulardagi alohida fikrlash shakli «aybdor».
       Aylana — bu to'g'ri chiziqli bo'lmagan shakl. O'zini ishonch bilan Aylanaga taalluqli deb hisoblaganlar «o'ng yarim sharli» fikrlovchilarga xosdir. «O'ng yarim sharli» tafakkur — obrazliroq, emosional tusli bo'lib, unda tahlil qiluvchanlikka nisbatan integrativlik ustundir. Shuning uchun ham aylanada informasiyani qayta ishlash Kvadratdagi (Uchburchakdagi) singari ketma- ketlikda bo'lmay, balki ko'proq mozaik, uzuq-yuluqroq, ayrim zvenolarni tushurib qoldiradigan (masalan a.... .— .... d ....) shaklda bo'ladi. Bu Aylanalar mantiqni yoqtirmaydi, degani emas. Ularda hayotiy muammolarni hal etishda formalizmlar yetakchi emas. Insoniy munosabatlar sohasida ular uchun asosiy narsa muammoning sub'yektiv omillariga e'tiborni qaratish, ya'ni hatto qarama-qarshi nuqtai nazarlarda ham umumiylikni topishga intilishdir. Aytish mumkinki, Aylana — tug'ma psixolog. Ammo, katta jiddiy biznesni boshida turish uchun Aylanaga tashkilotchilik ko'nikmalari yetishmaydi.
Zigzag. Bu shakl kreativlik, ijodkorlik simvolidir. Chunki beshta shakl ichida bu eng nodir va yakkayu-yagona yopilmagan shakldir. Agar siz asosiy , shakl sifatida Zigzagni qattiq tanlab olgan bo'lsangiz, siz haqiqiy «o'ng yarim sharli» fikrlovchi, boshqacha fikrlovchisiz, chunki chiziqli shakllar o'zlarining miqdori bilan sizdan ustunlikka ega. Kvadrat yoki Uchburchak ko'pincha sizning belgingizga e'tibor berishmaydi. Psixologning: Bu shaklni qayerga joylashtirasiz? — degan savoliga: «Bu ham shaklmi? Men buni kimdir chizib tashlagan narsa, deb o'ylabman», degan javobni olish mumkin. Nihoyat, Zigzaglar orasida boshqalarga qaraganda ko'proq chapaqaylar uchraydi. Bu ham ularning "o'ng yarim sharli" ekanligidan dalolat. Shunday qilib, eng yaqin qarindoshingiz Aylana singari, sizga (faqat ko'proq miqdorda) obrazlilik, intuitivlik, integrativlik, jimjimadorlik xos. Qat'iy, izchil deduksiya — bu sizning uslubingiz emas. Zigzagning fikri juda kuchli: hatto A dan Ya gacha sakrashlar qiladi. Shuning uchun ham ko'pchilik chiziqli, «chap yarim sharli» shakllar uchun Zigzagni tushunish qiyin. «O'ng yarim sharli» tafakkur mayda bo'lakchalarda to'xtalmaydi: shuning uchun ham u dunyo aksini nimalardir hisobiga soddalashtirib, yaxlit, garmonik konsepsiyalar va obrazlarni ko'ra oladi, go'zallikni ko'ra oladi. Zigzaglar odatda rivojlangan estetik hisga ega bo'ladilar.
       Zigzag tafakkurida har doim — «Qanday bo'lar ekan agar? ... «Qanday bo'lar ekan agar bu va ana u fikrlarni birlashtirsak? Buning natijasida nimaga ega bo'lamiz?» degan savol ustun bo'ladi. Butunlay boshqa-boshqa, bir-biriga o'xshamaydigan fikrlarni qo'shish va shuning asosida yangi, original fikrni topish — mana Zigzaglarga eng yoqadigan narsa. Aylanadan farq qilib Zigzaglar kelishuvchanlikni hush ko'rishmaydi, aksincha-ularda fikrlar konfliktini keskinlashirish va yangi konsepsiya tuzish orqali ushbu konfliktlar o'z yechimini topadi. Ular o'zlarining tabiiy aqli o'tkirligini ishlatib, juda zaharxanda bo'lishlari, yangi yechimlar imkoniyati mavjudligiga «boshqalarning ko'zini ochishlari» mumkin. Zigzaglar dunyoni doimiy o'zgaruvchan holda ko'rishga odatlanganlar. Shuning uchun ham ular uchun hech qachon o'zgarmaydigan narsalar: shablon, qoidalar va ko'rsatmalar, har doim ko'nadigan yoki o'zini ko'nayotgandek ko'rsatadigan odamlardan ham zerikarli narsa yo'q.
       Zigzaglar yaxshi tashkillashtirilgan sharoitlarda samarali mehnat qila olmaydilar. Aniq vertikal va gorizontal aloqalar, qat'iy belgilangan vazifalar va ish uslublarining doimiyligi ularning g'ashiga tegadi. Ular uchun ish joyida katta rang-baranglik va rag'batlantirishning yuqori darajasi bo'lishi zarur. Ular shuningdek, o'z Ishida boshqalarga tobe bo'lishni hohlamaydi. Bunday holda Zigzag jonlanadi va o'zining asosiy vazifasini bajara boshlaydi — yangi fikrlar va ish uslublarini o'ylab topa boshlaydi. Zigzaglar hech qachon narsalar hosil qilishda hozir qilinayotgan yoki oldin qilingan uslublardan qoniqmaydilar. Hech narsa Zigzagni Kvadratning «Biz buni har doim shunday qilardik» deydigan nasihatomuz gapichalik jahlini chiqarmaydi. Zigzaglar kelajakka intiladilar va borliqqa qaraganda imkoniyatga ko'proq qiziqadilar. Boshqalar uchun narsalar olami qanchalik real bo'lsa, ular uchun fikrlar, g'oyalar olami ham shunchalik real. O'z hayotining ancha qismini ular ushbu hayoliy dunyoda o'tkazadilar, shuning uchun ham ular amaliyotda no'noq, noreal va ishonuvchanlar.
       Zigzag beshta shakl orasida eng hayajonlanuvchani, eng qo'zgaluvchanidir. O'zida yangi va qiziq fikr tug'lsa, uni butun dunyoga yoyishga tayyor. Zigzaglar — o'z fikrlarini charchamas tarqatuvchilaridirlar va o'z atrofidagi barchani bunga qiziqtirish qobiliyatiga egadirlar. Ammo ularga siyosiylik yetiishmaydi: ularda bosiqlik yo'q, "haqiqatni ko'ziga aytadilar", ulardagi g'alatilik bilan qo'shilgan holda bu xususiyatlar o'z g'oyalarini hayotga tatbiq etishga halaqit beradi. Bundan tashqari ular konkret detallarni ishlashda va boshlagan ishlarini oxiriga yetkazishda unchalik kuchli emaslar.
       Lekin Zigzaglar juda jozibador odamlar bo'ladilar.

     Bildirilgan Fikrlar:

Xurshid tojiboyev 1998 Xoss
2016-10-27

998901118898

Xurshid tojiboyev 1998 Xoss
2016-10-27

998901118898

Xurshid tojiboyev 1998 Xoss
2016-10-27

998901118898

sarvar
2018-09-05

Raxmat zor

Nilufar
2018-10-15

Raxmat juda zor

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 62

Image Gallery:

Statistika:



Contact