«Qadamlar fe'lingizdan darak!»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-17
Ko'rildi: 1235

Qadamlar fe'lingizdan darak…

Harakat ritmiga qarab yurishlar bir-biridan farqlanadi.

Maqom bilan qadam tashlash

Maqom bilan qadam tashlash yaxshi kayfiyat, harakatga tayyorgarlik belgisi. Odatda ko`pgina yosh qizlar va kibrli-beg`am kishilar ana shunday bir maqomda chayqalib yurishdan rohatlanadilar.

Ritmni buzgan holatda qadam tashlayotgan odam

Ritmni buzgan holatda qadam tashlayotgan odam o`zida emas, uning istaklariga qandaydir kuchning halal berishi uni ikkilanishga yoki ishonchning yo`qolishiga olib kelgan. Bunday yurish nimadir halal berayotganini, o`ychanlikni, ichki erkinlik yetishmasligini, hadiksirayotganlikni (masalan, darsga tayyor bo`lmagan o`quvchining doskaga chiqayotgandagi yurishini eslang) bildiradi.

Ayrim sabablarga ko`ra qadamlar tezligi, kengligi, yurganda tana harakati o`zgarishi mumkin. Asosan ayollarda oyoq kiyimiga qarab o`zgaradi. Qadamlar tezligi mijozga va istakning kuchiga bog`liq. Keng qadamlar – ehtiyotkor, hisob-kitobli, o`zini tuta biladigan, moslashuvchan odamlarga xos. Sezilarli darajada maydaligi tufayli tez-tez qadam tashlovchi odamlar hovliqma va hurkovuch bo`ladilar.

Bir me'yorda, tekis qadam tashlash

Bir me'yorda, tekis qadam tashlash – mo`ljal sari g`ayrat bilan qilinayotgan harakat. Harbiy xizmatda safda qadam tashlayotgan soldatlarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

Alohida ta'kid bilan keng va sekin qadam tashlash

Alohida ta'kid bilan keng va sekin qadam tashlash hamisha o`z kuchini va shaxsiyatining qiymatini atrofdagilarga namoyish etish istagini bildiradi.

Bo`shang qadam tashlash

Bo`shang qadam tashlash qiziqishning yo`qligi, befarqlik, umid va javobgarlikni inkor etish, o`z-o`zini tergash, tartibga solishning yetishmasligidan darak beradi.

To`laligicha erkin qadam tashlash

To`laligicha erkin hech qanaqangi ortiqcha harakatlarsiz, tinch va tarang, tez ham emas, bir maromdagi qadam egasi – tinch, o`ziga ishongan odam – o`zining nima hohlayotganini yaxshi biladigan, ortiqcha harakatlar bilan o`zini reklama qilmaydigan haqiqiy shaxs.

Tebranib yurish.

Tebranib yurish. Agar har qdamda tananing yuqori qismi tebransa (har oyoq tashlaganida bir u bir bu yelkasi buriladi) va har qadamida namoyishkorona tabiat sezilsa, bunday odamda o`zini ko`rsatish istagi shu qadar kuchliki, oqibatda ko`r-ko`rona va yasama harakatlar yuzaga keladi.
O`ziga ishondan, soda-sezgir odamlar oldinga va orqaga biroz tebranish bilan kuchli ritmli qadam tashlaydilar, o`zini yaxshi ko`ruvchi odamlarning yelkasi bir tekisda tebranadi.

Oyoqlarni bir-biriga urib yurish

Oyoqlarni bir-biriga urib yurish irodasizlik va intilishning yo`qligi, charchoqlik, sustkashlikni anglatadi.

Og`ir "mag`rur" qadam tashlash

Og`ir "mag`rur" qadam tashlash (mayday qadamlar bilan sekin yuradi; tanasining yuqori qismini o`ta to`g`ri tutadi, biroq ritm yo`qolib ketadi yoki buziladi) kalondimog`, o`zini sevuvchi, o`ziga yuqori baho beruvchi odamlarga xos.

Notabiiy qadam tashlash.

Notabiiy qadam tashlash. Beso`naqay yurish siqiqlik, tashqi hayot bilan munosabatning yetishmasligi, qo`rqoqlik, erkin ko`rinishga layoqatsizlik belgisi. Notabiiy keskin qadam (sezilarli darajada katta va tez qadamlar, qo`lning orqa-oldinga tez-tez borib kelishi) – soxta faollikni namoyish etishga bo`lgan behuda urinishni bildiradi. Oyog`ining uchini doimiy yuqoriga ko`tarib yuradigan kishilarda ideal odam bo`lib yashashga, ustunlikka (asosan aqliy jihatdan) intilish, izlanish kuchli bo`ladi.

     Bildirilgan Fikrlar:

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 36

Image Gallery:

Statistika:



Contact