«Qanday kulasiz?»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-10
Ko'rildi: 1259


Qanday kulasiz?

Mazkur testing mualliflari inson xarakterini uning xatti-harakatlari yoki so'zlashishtarziga qarab aniqlash mumkinligini aytadilar. Har birimiz nazorat qilinmaydigan ma'lum harakatlarni qilamiz. Shularda biri – kulgi. Siz qanday kulmang – bland, sekin, jilmayib, qahqah otib – kulgi Hamish qaysidir darajada fe'l atvoringizga muvofiq keladi.
Quyida keng tarqalgan 10 ta kulgi turlari taklif etiladi. Ana shu o'nlikda siz o'zingizga xos bo'lgan kulish yusiningizni belgilaysiz va harakteringizni aniqlaysiz.

1. Kulayyotganda jimjilog'ingizni lablaringizga olib borasizmi?

       

Sizning muomala madaniyati haqida shaxsiy fikr va tasavvurlaringiz bo'lib, ularga hamma yerda hamisha qat'iy amal qilasiz. Siz barchaning diqqat e'tiborida bo'lishni yaxshi ko'rasiz.


2. Kulayotganda og'zingizni qo'lingiz bilan berkitasizmi?

       

Siz o'zingizga u qadar ishonmaysiz, faqir kishi panada naqliga amal qilasiz, o'zingizni ochiq namoyon etmaysiz. Maslahatimiz: o'zingizni tanqid qilavermang va boshqalarning soyasida ham qolib ketmang.


3. Kulayotganda boshingizni oraga tez-tez tashlaysizmi?

       

Siz juda ishonuvchansiz, soddasiz, lekin shu bilan birga bag'rikeng odamsiz. Ba'zida hissoyotlarga berilib ketib kutilmagan ishlarni qilib qo'yasiz. Aslida ko'proq aql bilan ish ko'rish lozim bo'ladi.


4. Kulayotganda qo'lingizni yuzingiga yoki boshiningizga olib borasizmi?

       

Siz ko'proq orzularga berilgan, fantaziyasi kuchli odamsiz. Albatta, bu yomon emas, lekin hadeb xom hayollarga berilavermasdan real maqsadlarni hayotda ham amalga oshirish kerak. Xushyorroq bo'ling, atrofingizga tiyrak nazar bilan qarang, hayotiy muammolarni yechisga harakat qiling.


5. Kulayotganda burngizni jiyirasizmi?

       

Sizning tuyg'ularingiz va qarashlaringiz tez-tez o'zgarib turadi. Siz hissiyot odamisiz, qaysar, nozik tabsiz, bir daqiqada kayfiyatingiz o'zgarib qoladi. Bu narsa o'zingiz va atrofingizdagilarni noqulay vaziyatga solib qo'yadi.


6. Og'zingizni ochib qattiq kulasizmi?

       

Siz kuchga to'lgan, g'ayratli kishisiz. Ozgina og'ir –bosiq va me'yorini bilib harakatlanish sizning foydangizga bo'lar edi, Siz gapirishni bilasiz, ozgalarni tinglashni ham o'rganing.


7. Sekin kulishdan oldin boshingizni oldinga egasizmi.

       

Siz mehribon qalbi keng, sharoitga va odamlarga tez moslashadigan, baxtiyor kishilar toifasidansiz. Siz hissiyotlaringiz va harakteringizni hamisha nazorat qilasiz. Hech qachon hech kimni xafa qilmaysiz.


8. Kulayotganda iyagingizni ushlaysizmi?

       

Qanday yoshda bo'lmang hamon yoshlik xususiyatlarini o'zingizda saqlabqolganingiz ajablanarli. Balki shuning uchun ko'pincha uzoq o'ylab o'tirmasdan harakat qilarsiz.


9. Kulayotganda qovoqlaringiz uchadimi?

       

Bu holatingiz sizning og'ir vazmin, o'zingizga bo'lgan ishonchning qat'iyligini bildiradi. Siz haqiqatdan tirishqoq, intiluvchan, sabotlisiz, ba'zan bu ortig'I bilan nomoyon bo'ladi, bunday vaziyatlarda o'zingizga chetdan begona ko'z bilan qarang, vaziyatga ko'ra ish tuting.


10. Kulish tarzingizga xos aniq belgilar yo'q.

       

Siz individualistlar sirasiga kirasiz, har doim hamma yerda birinchi o'ringa shaxsiy fikringizni qo'yasiz va shaxsan boshqarasiz.


Yuqorida ta'riflangan kulgi tarzlaridan boshqa yana ko'plab kulish yo'sinlari bor. Harakter xususiyati esa undan ham ko'p. Ehtimol shunga ko'ra, bu testdan o'zingizning kulish holatingizni topmassiz, balki kulish tarziga brilgan ta'rifga qarshi chiqarsiz. Ana shunda yumor tuyg'usini eslab qo'ying, umuman, har bir testda bir chimdim hazil bor.

     Bildirilgan Fikrlar:

noziw
2017-01-06

Zor

Малика
2017-01-27

Жуда кизик

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 17

Image Gallery:

Statistika:



Contact