«Qon guruhingiz fe'l-atvoringizni belgilaydimi? »


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-18
Ko'rildi: 2176

Qon guruhingiz fe'l-atvoringizni belgilaydimi?

Inson qoni bilan bog`liq sir-sinoatlar hozirga qadar ham o`z yechimini to`laligicha topgani yo`q, bu borada izlanishlar davom etmoqda. Olimlar tomonidan olib borilgan uzoq tadqiqotlardan so`ng turli irq vakillarida har xil qon guruhlari yetakchilik qilishi ma`lum bo`lgan. Misol uchun, Yevropa kishilarida - ikkinchi, Sharq aholisida - uchinchi, negroid irqi vakillari orasida esa - birinchi qon guruhi ko`p uchrar ekan. Eng qizig`i, Yaponiyada qon guruhidan kishi fe`l-atvori, uning mehnatga layoqati ko`rsatkichi sifatida foydalanilar ekan. Kunchiqar mamlakatda ishga joylashmoqchi bo`lgan har qanday kishiga eng avvalo "qon guruhingiz nechanchi?", degan savolni berishadi. Qon guruhiga qarab ekspress-tahlil o`tkazuvchi apparatlarni bu yerda har qadamda uchratish mumkin. Qon guruhingizdan kelib chiqqan holda fe`l-atvoringiz qandayligini bilish istagi sizda ham tug`ildimi? Buning uchun Yaponiyaga borishingiz shart emas, shunchaki maqolaning davomini o`qisangiz kifoya!

(I) Ovchi

Kelib chiqishi: eng qadimgi va eng keng tarqalgan guruh, bundan 40000 yillar ilgari vujudga kelgan. Fe`l-atvori: bu qon guruhiga ega kishilar harakatchan, xushmuomala, irodali, qat`iyatli va o`zlariga haddan ziyod ishonuvchan bo`lishadi. "Kurashish va izlash, topish va oldirmaslik" ularning shioridir. Tanqidni, hatto u asosli bo`lgan taqdirda ham hazm qilisholmaydi. Ulardan qattiqqo`l va yetakchi rahbarlar chiqishi mumkin.

I qon guruhiga ega erkaklar - boshingizga kulfat tushganda hech qachon chetda tomoshabin bo`lishmaydi, ular ajoyib, sadoqatli do`stlardir. Bunday erkaklar qalbini ko`proq mag`rur ayollar zabt eta oladi.

Ayollar - hissiyotli va rashkchidirlar. Maslahat: o`zingizga bino qo`ymang, mag`rurlikni unuting. Chunki bu illatlar ko`zlagan maqsadingizga erishishingizda sizga to`siq bo`lishi mumkin.

(II) Ziroatkor

Kelib chiqishi: aholining ilk bor majburiy ko`chishi natijasida, miloddan 25000 yillar ilgari vujudga kelgan. O`sha vaqtlarda aholi soni juda ko`p bo`lganligi bois har bir individdan xushmuomalalik, boshqalar bilan chiqisha olish xususiyatlari talab etilgan.

Fe`l-atvori: ikkinchi qon guruhiga ega insonlar intiluvchan va ishga mas`uliyat bilan yondashadigan bo`lishadi. Ular ajoyib do`st, iqtidorli shaxslardir. Tartib va tinchlikni yaxshi ko`rishadi. Ta`sirchan, sabr-toqatlidirlar. Har qanday sharoitga tez moslasha oladilar, shu bois ish yoki yashash joyining o`zgarishi ularni tushkunlikka solib qo`ymaydi. Ularning kamchiligi - qaysarliklaridir. II qon guruhiga ega erkaklar - tortinchoqligi bilan ajralib turishadi. Ularning ko`nglida nelar kechayotganini nigohlaridan bilib olishingiz mumkin. Bo`lajak turmush o`rtoqlari volidasiga o`xshashini juda-juda istashadi.

Ayollar - hayoli, oilasiga vafodor va ajoyib uy bekalaridir. Maslahat: qanday lavozimda ishlamang, eng muhimi, sizning qiziqishlaringizni qo`llab-quvvatlaydigan hamfikrlarni atrofingizda jamlay oling. Tushkunlikka tushgan vaqtingizda, stress holatini tamaki mahsulotlari yoki ichkilik bilan yengishga urinmang. Uyquga ketishdan oldin bir stakan sut ichsangiz, sog`lig`ingiz uchun koni foydadir.

(III) Ko`chmanchi

Kelib chiqishi: bundan 10000 yil muqaddam yangi iqlim sharoitlariga ko`nikish natijasida vujudga kelgan.

Fe`l-atvori: olijanob, ta`sirchan, bosiq, o`zlariga va o`zgalarga nisbatan o`ta talabchan kishilar aynan mana shu guruhdagi qonga ega bo`ladilar. Ular odatda ko`ngillari tusagan ishni qilishga moyil individualistlar bo`lishadi. Qattiqqo`l va ijodkor shaxslardir. Hech kimga bo`ysunmay, mustaqil ish yuritishga bo`lgan qiziqishlari bora-bora ularning kamchiligiga aylanib qolishi mumkin.

III qon guruhiga ega erkaklar - ayollarni hurmat qiladigan, ochiqko`ngil va saxiy kishilardir. Ayollar - nihoyatda maftunkor, oqila uy bekalaridir.

Maslahat: o`ylab ko`ring, balki hamisha yolg`iz o`zingiz harakat qilishga intilganingiz uchun atrofdagilar sizdan uzoqlashib borayotgandir?.. Xatosini o`z vaqtida tuzata oladigan inson hayotda hech qachon yutqazmaydi.

(IV) Jumboq

Kelib chiqishi: Ming yillar muqaddam, hind-yevropa va mongoloidlar irqi qo`shilishi natijasida vujudga kelgan.

Fe`l-atvori: bu guruhdagi qonga ega insonlar hayotlarida ko`pincha aqllariga tayanib emas, yuraklariga quloq tutgan holda ish ko`rishadi. Hayotda quvnoq, atrofdagilarga nisbatan adolatlidirlar. Va`da bErishsa, albatta ustidan chiqishadi. LEkin vaqti-vaqti bilan sErzarda ham bo`lib turishadi. Bundan tashqari, biror-bir qarorni tezda qabul qilolmaydilar. Ulardan buyuk faylasuflar chiqishi mumkin.

IV qon guruhiga ega erkaklar - aqlli va iste`dodli, hissiyotli va ko`rkamdirlar.
Ayollar esa - latofatli, hissiyotli, lekin o`ta talabchan.

Maslahat: o`zgalar bilan bo`ladigan munosabatlarda o`rtalaringizga sovuqchilik tushmasligi uchun ko`pincha "sizniki ma`qul" qabilida ish yuritasiz. Shu bois gapini o`tkazishni yaxshi ko`radigan kishilarga siz bilan ishlash yoqadi. Vaqti-vaqti bilan o`z talablaringizni ham qo`yishni o`rganing, bu o`zingiz uchun foydadir.

     Bildirilgan Fikrlar:

shaxboz
2017-11-10

Harakteri va sevgi bobida

inobat
2017-12-01

ajoyib

Jamshid
2018-01-13

1 manfiy bilan 2 musbat qon qoshiladimi

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 31

Image Gallery:

Statistika:



Contact