«QANDAY RANGNI YOQTIRASIZ?»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-18
Ko'rildi: 3175

QANDAY RANGNI YOQTIRASIZ?

Xar bir inson qaysidir rangni xush ko'radi. Yoqtirgan rangingizga qarab fe'l-atvoringizdagi yaxshi yoki yomon jihatlarni bilib olishingiz mumkin.
O'zingiz yoqtirgan rang ustiga sichqoncha tugmasini 2 marta bosing va javobni ko'ring.



Kvadrat: ustiga 2 marta bosing Uchburchak: ustiga 2 marta bosing Aylana: ustiga 2 marta bosing   ustiga 2 marta bosing. Zig-Zag: ustiga 2 marta bosing Kvadrat: ustiga 2 marta bosing Uchburchak: ustiga 2 marta bosing Aylana: ustiga 2 marta bosing To'g'ri burchak: ustiga 2 marta bosing. Zig-Zag: ustiga 2 marta bosing Zig-Zag: ustiga 2 marta bosing

Qaytish

Oq rang — barcha ranglarning sintezi bo'lganligi uchun ideal rang hisoblanadi. Bu rang hech kimni o'zidan itarmaydi, u bir vaqtning o'zida ham yorug'lik, ham sovuq muzlik xissnni ifodalashi mumkin. Shuning uchun oq rangni turli fe'l-atvor egalari yoqtirishadi.

Qora rang — bu rangni sevuvchilar har doim nimadandir xavotirlanib yuradigan, uncha-buncha narsaga qoniqavermaydigan fe'l-atvor egalaridir. Ular hayotda fadat ko'ngilsizlik bo'ladi, deb o'ylaydilar. Qora kiyimda yurishni yaxshi ko'radigan qizlar zesa o'zlariga ishonmaydilar va ko'pincha depressiyaga moyil bo'ladilar. Qora kiyimni yorqin ranglar bilan almashtirib kiyadiganlarning fe'l — atvori kiyimlariga qarab tez-tez o'zgarib turadi.

Kulrang — yaxshi fikrlaydigan, mulohazali va shu bilan birga bir ishni boshlashdan oldin ko'p o'ylaydigan insonlarga xosdir. Bu rangni yaxshi ko'radiganlarning ko'pchiligida ishonchsizlik hissi xam mavjud.

Qizil rang — o'zining kuchiga ishonuvchi, irodali, hech narsadan qo'rqmaydigan, egalik qilishga intiladigan va shu bilan birga jizzaki, tez jahli chiqadigan fe'l-atvorli insonlarga xosdir. Bu rangni yoqtirmaydiganlar esa ko'pincha o'ziga uncha ishonmaydigan, har doim ham yaxshi munosabatlar o'rnata olmaydigan, faqat yakkalikni yaxshi ko'radigan bo'ladilar.

Olov rang — bu rangni xushlaydigan odamlarda oldindan ko'ra bilish xislati bor. Ularda sezish qobiliyati ham yaxshi rivojlangan, shu bilan birga ko'p xayol suradilar. Bundan tashqari ular ko'zbo'yamachilik ham qilib turishlari mumkin.

Jigar rang — bu va shunga yaqin ranglarni sevuvchilar xayol surib osmonda uchib yurmasdan yerda mustahkam turadilar. Ular barcha narsaga o'z kuchlari va mehnatlari bilan erishadilar. Bu rangni yaxshi kuradigan insonlar oila va urf-odatlarni barcha narsadan ustun qo'yadilar. Aksincha bu rangni yoqtirmaydiganlar esa faqat o'zini o'ylaydigan, odamlar bilan chiqisha olmaydigan insonlardir.

Sariq rang — orastalik, madaniyatlilik, insonlar bilan muomalada o'zini erkin his qiladigan insonlarning fe'l-atvoridan darak beradi. Bu rangni yoqtiradiganlar har narsaga qiziqadilar, odamlar bilan tez til topisha oladilar. Ular sharoitga tez ko'nikuvchan bo'lib, birovlarga yoqishni ham, boshqalarni o'zlariga jalb qilishni ham xohlaydilar. Sariq rangni yoqtirmaydiganlar kelajakka ishonmaydigan, yangi tanishlar orttirishni xush ko'rmaydigan insonlardir.

Pushti rang — bu rangni yoqtiradigailar hayotga, kelajakka, barchaga g'amxo'rlik qilishga intiladilar. Ularning ko'ngillari nozik bo'lib, arzimagan narsalarga ham siqilishlari mumkin.

Siyoh rang — his-hayajonlarini yashira olmaydigan, ta'sirchan, shu bilan birga ma'naviy darajasi yuqori bo'lgan insonlarga xosdir. Bu rangni har narsada uyg'unlik bo'lishini xohlaydiganlar xush ko'rishadi. Bu rangni yoqtirmaydiganlar esa iltimos qilishni xushlamaydilar. Ular hamma ishni o'zlari bajarishga harakat qiladilar.

Ko'k rang — bu rangni ma'naviy yuksaklikka, go'zallikka intiladigan, hayotni yaxshi ko'radigan, shuningdek tez ranjiydigan, yangi sharoitga sekin ko'nikadigan insonlar yoqtirishadi. Ko'pincha ular o'zlariga ishonmaydilar, shuning uchun ularni qo'llab-quvvatlab turish lozim. Ko'k va unga yaqin ranglarni xush ko'rmaydiganlar esa yengiltaklikka moyil bo'ladilar.

Yashil rang — tabiat, tiriklik, hayot va boxor ramzidir. Bu rangni yaxshi ko'radiganlar Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarni yaxshi ko'rishadi. Ular bilan buyruq ohangida gaplashishlarini, shu bilan birga - ularning ishlariga aralashganlarni yomon ko'radilar. Yashil rangni xush ko'radigan odamlar hayotda o'z o'rnini topishga intiluvchan bo'ladilar. Yashil va unga yaqin ranglarni yoqtirmaydiganlar hayotdagi barcha qiyinchiliklardan qo'rqib yashaydilar.

     Bildirilgan Fikrlar:

Shahzoda
2017-07-04

ajoyib!

Anora
2017-10-25

Togri

Anora
2017-10-25

Togri

Anora
2017-10-25

Zor

abdugappor
2018-04-12

bomadiku

Infiniti
2018-07-18

qanday rangni yoqtirasiz

malika
2018-11-04

zo"""r

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 41

Image Gallery:

Statistika:



Contact