«Muvaffaqiyat kaliti»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-01-28
Ko'rildi: 2748

MUVAFFAQIYAT KALITI

Ko‘pchilik hayotda qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi. Aslida, bu juda oddiy. Ko‘ngilda milt etgan shu’la, ya’ni umid paydo bo‘lsa bas. Bu mittigina umid keyinchalik o‘z imkoniyatlariga ega bo‘lgan ishonchga aylanadi. Ishonch esa asta-sekin shijoat tomon boshlaydi. Avvalo, u sizning tasavvuringizda, yaxshi hayot, istiqbolli kelajak haqidagi orzularingizda namoyon bo‘ladi. Sizda umid paydo bo‘lganida aniq maqsadni belgilashingiz va uni hayotingizga tatbiq etishingiz lozim.

Orzu jasoratli umiddan paydo bo‘ladi. Taqdirga tan bermang, jasoratli orzularga erishishga jur’at eting! Ishoning, hayotda erishib bo‘lmaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Agar xayoliy saroy qurgan bo‘lsangiz ham mehnatingiz zoye ketmasligi kerak. Sizning orzularingiz amalga oshishi turgan gap. Uyog‘i o‘zingizga bog‘liq, sizning xayoliy saroyingiz ostiga mustahkam poydevor qo‘yish qolgan, xolos.

Umid va ishonchingiz maqsadingizni aniqlashga yordam beradi, uni qog‘ozga tushiring. YOdingizda saqlang. Uni o‘zingizga yo‘lchi yulduz qilib oling va muvaffaqiyat sari ildam qadam tashlang. Maqsadni amalga oshirish uchun harakat qiling. Fikru xayolingiz shu ishga qaratilgan bo‘lsa, maqsadingizga oson erishasiz. Siz qaysi xatti-harakatlar bu jarayonni tezlashtirishi mumkinligi, aksincha, qaysi biri sekinlashtirishga olib kelishi haqida o‘z vaqtida hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu yo‘lchi yulduz natijada maqsadingizga erishish yo‘lidagi ko‘pgina nojoiz chalg‘ishlardan osongina qutulishingizga yordam beradi.

manba: psixologiya.uz

     Bildirilgan Fikrlar:

Малика
2017-01-27

ЗУР рахмат

ali
2018-04-18

daxhsat

alish
2018-04-18

yana bormi

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 51

Image Gallery:

Statistika:



Contact