«Tadbirkormisiz?»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-18
Ko'rildi: 942

Tadbirkorlik qobiliyatingiz bormi?

Ushbu test sizning ishbilarmonlikka qobiliyatingiz bor yoki yo'ligini aniqlashga yordam beradi. Quyidagi savollarga "Ha" yoki "Yo'q" tarzida javob bering.

1. Boshlagan ishingizni har qanday to'siqlarga qaramay oxiriga yetkaza olasizmi?

2. Qabul qilgan fikringizda qat'iy turasizmi?


3. Mas'uliyatni, rahbarlikni zimmangizga olishni xush ko'rasizmi?


4. Hamkasblaringizning hurmati va ishonchiga sazovormisiz?


5. Hech qanday rag'batlaru mufokotlarsiz ham ertadan kechgacha ishlayverasizmi?


6. Odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko'rasizmi?


7. Qilayotgan ishingizning to'g'riligiga boshqalarni ishontira olasizmi?


8. Birovlarning fikri va g'oyalarini tez ilg'ab olasizmi?


9. Boshlayotgan ishingizni yaxshi bilasizmi? Tajribangiz bormi?


10. Amaldagi soliq tizimi, hisob – kitob ishlari bilan yaxshi tanishmisiz?


11. Shahringizda, viloyatingizda, mamlakatingizda siz taklif etayotgan mahsulotga yoki xizmatga talab bormi?


12. Marketing va moliya sohasida boshlang'ich ma'lumotlaringiz bormi?


13. Mamlakatda sizga hamkasb tadbirkorlarning ishi rivojlanyaptimi?


14. Ijaraga olish uchun biror binoni ko'z ostingizga olib qo'yganmisiz?


15. Ish boshlaganingizdan keyin bir yil davomida o'zingizni moddiy ta'minlab turish imkoniyatingiz bormi?


16. Qarindoshlaringiz, do'stlaringizni korxonangizga moddiy yordam berishga ko'ndira olasizmi?


17. Sizga zarur xomashyoni yetkazib beradigan ta'minotchi bormi?


18. Aqlingiz yoki tajribangiz yetmagan masalalarda sizga maslahat bera oladigan mutaxassislarni ko'z ostingizga olib qo'yganmisiz?


Tekshirish

Yangilash

siz 0 (nol) ball to'pladingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring! 0 (nol) ball uchun natija quyida.

Tadbirkorlik sizga yot. Siz orzular va g'oyalarga boysiz. Ularning ko'pi olamshumul ahamiyatga ega. Ammo ish bularni amalga oshirishga kelganda…Yo'q-yo'q, sizga tinchgina hayol surib yotish qulay.


Siz tadbrikor bo'lishingiz mumkin – faqat birov bunga judayam-judayam undasa. O'zingizcha bunga intilmaysiz.qulay vaziyat, yetarlicha mablag' va yaqinlaringiz da'vatigina sizni yaxshi tadbirkorga aylantiradi. Ish boshlashdan avval o'sha sohani yaxshi o'rganib chiqib, atrofingizga mutaxassislarni yig'a olsangiz bo'ldi.


Siz tadbirkorlik uchun zarur barcha xislatlarga egasiz. Maqsad yo'lidan og'ishmasligingiz, muvavvaqqiyatga ishonchingiz va g'ayratingiz har qanday g'oyani ro'yobga chiqarishga imkon beradi.

     Bildirilgan Fikrlar:

Anora
2017-10-26

XAA TOGRII

лола
2017-11-03

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 7

Image Gallery:

Statistika:



Contact