«Ta'sir kuchingiz qanday?»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-18
Ko'rildi: 1758

TA'SIR KUCHINGIZ QANDAY?

Odamlar bilan muloqotga eng muhimi –ularga ta'sir ko'rsata olish. Bunday xislatga qay darajada egasiz? Ehtimol, uni rivojlantirish xususida o'ylab ko'rish kerakdir. E'tiboringizga havola etilayotgan test barchasiga oydinlik kiritishga yordam beradi. Savollarga faqat "HA'' yoki "YO'Q" deb javob bering…

1.O'zingizni aktyor yoki siyosiy arbob sifatida tasavvur eta olasizmi?


2.Kiyinish va yurish turishi boshqalardan tubdan farqlanuvchi odamlar g'ashigizni keltiradimi ?

Ha;

3. Begona odam bilan shaxsiy o'y-kechinmalaringizni bo'lisha olasizmi?


4.O'zingizga nisbatan salgina hurmatsizlikni ko'rganda darhol javob qaytarasizmi?

Ha;

5.Kimdir siz uchun murakkab bo'lgan sohada muvaffaqiyatga erishsa kayfiyatingiz buziladimi?


6.Boshqalarga nimaga qodirligingizni isbotlab berish uchun og'ir yumushlarni bajarishdan tolmaysizmi?

Ha;

7.Ishingizda olamshumul natijaga erishish uchun har narsaga tayyormisiz?



8.Do'stlaringiz davrasini o'zgartirmaslikka harakat qilasizmi?



9.Kuningiz dam olish soatlarigacha qat'iy taqsimlangan tarzda hayot kechirish sizga yoqadimi?



10.Uy jihozlarini o'zgartirib turishni yoqtirasizmi?


11.Eski masalalarning yangi echimlarini qo'llashni yoqtirasizmi?


12.O'ziga o'ta ishongan va injiq odamlarni kalaka qilishni yoqtirasizmi?


13.Boshliq yoki boshqa biron martabali shaxsning nohaqligini isbotlashdan quvonasizmi?


Tekshirish

Qaytish

siz 0 (nol) ball to'pladingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring! 0 (nol) ball uchun natija quyida.


Afsuski, ko'pincha haq bo'lsangizda, doimo ham atrofdagilarni bunga ishontirish uddasidan chiqavermaysiz. O'zingizdan tashqari boshqalarning hayoti ham qat'iy tartib –qoidaga bo'ysunishi kerak , deb hisoblaysiz. Hech bir narsani majburan qilishni xushlamaysiz. Ko'pincha og'ir-bosiq bo'lishingiz kutilgan natijaga erishishga to'sqinlik qiladi, ba'zan esa hatto sizni noto'g'ri tushunib qolishlariga olib keladi.


Sizni atrofdagilarga ta'sir o'tkazish, xatti- harakatlarni o'zgartirish, to'g'ri yo'lga boshlash borasida ustasi farang, deb atash mumkin. Bunday hollarda o'zingizni suvdagi baliqdek his qilasiz. Sizningcha inson o'z qobig'iga o'ralib qolishi, odamovilashib, yolg'z o'zi haqida o'ylashi noto'g'ri. Shuningdek, odamlarni haqligingizga ishontira olishdek noyob xislatingiz ham yoq emas. Biroq nuqtai nazaringiz boshqalarga ziyon etkazishdan ehtiyot bo'ling.Aks holda, bir zumda g'animga aylanib qolishingiz hech gap emas.

     Bildirilgan Fikrlar:

Moxlaroy
2017-07-05

Secushkanlae

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 33

Image Gallery:

Statistika:



Contact