«TEMPRAMENTLAR tiplari haqida. »


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-18
Ko'rildi: 21386

Temprament

Temperament - shaxsning psixofiziologik xususiyati bo'lib, hozirgi zamon psixologiya fani nuqtai nazarida, uning asosida asab tizimining xususiyatlari, xususan, asab jarayonlarining kuchi, muvozanati, harakatchanligi, qo'zg'aluvchanlik va tormozlanish, dinamikligi, qo'zg'alish va tormozlanishdagi zo'riqish, faollik va h.k. yotadi. Temperament insonni faollik, his-tuygu (emotsionallik), faoliyatning tempi va ritmi tomonidan xarakterlaydi. U shaxsning dinamik sifatlarini aks ettiradi. Yomon yoki yaxshi temperament bo'lmaydi. Shuning uchun inson qanday temperamentga ega bo'lishidan qat'iy nazar turli faoliyat turlari bilan shug'ullanishi va katta yutuqlarga erishishi mumkin. Bu individual-psixologik xususiyat u yoki bu shaxsning kasbiy layoqatini aniqlashda muhim rol o'ynamaydi.
Avvaldan (eramizdan avval V asrdan boshlab) temperament to'rt: sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolik tipga bo'linadi.

SANGVINIK – bu temperament vakillarida ikkala nerv jarayonlari: qo'zg'alish va tormozlanish kucli va muvozanatlashgan, shu bilan birga harakatchan bo'lib, bir-birini tez-tez almashtirib turadi.

Sangviniklarning psixologik xarakteristikasi quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Uning vaklllari insonlar bilan juda muloqatga engil kirishishadi, tezda umumiy til topa olishadi, yolg'izlikni yoqtirishmaydi, notanish insonlar va sharoitda o'zini yo'qotmaydi.

Sangviniklar bir joyda o'tira olmaydilar, tinib-tinchimas, odatda ishlarida tartib kuzatilmaydi. Ularda qat'iy kun tartibi bo'lmaydi, uzoq vaqt davomida biror bir ishni bajarishga sabrlari chidamaydi, avval katta qiziqish bilan boshlagan ishlarini oxiriga yetkazmaydilar.

Sangviniklar doimo hushchaqchaq, ko'tarinki kayfiyat egalari, ular juda kechirimli bo'lib, nisbatan muvoffaqiyatsizlikni engil kechiradilar. Doimo jamoa, do'stlari orasida bo'lishni yoqtiradi, har qanday yig'ilishlar, kechalarning markazida bo'ladilar. Ularda his-tuyg'ular engillik bilan paydo bo'ladi va huddi shunday engillik bilan o'chadi.

Sangviniklar uchun eski, turg'un qarashlarni osonlik bilan sindirish va yangilarini yaratish xosdir. Sangviniklarga to'g'ri tarbiya berilganda ularda yuqori darajada rivojlangan jamoatchilik hissini, ishga, o'qishga, mehnatga faol munosabatni shakllantirish mumkin. Noto'g'ri tarbiya berilganda, aksincha, sangviniklarda, odatda engiltabiatlik, ishga mas'uliyatsizlik bilan qarash, palapartishlik, boshlangan ishni oxiriga etkazmaslik, o'qishga, mehnatga, jamoat ishiga jiddiy munosabatda bo'lmaslik, o'zining imkoniyatlari va o'ziga yuqori baho berish xislatlari shakllanadi.

XOLERIK - kuchli tip bo'lib, engil va tez asabiylashadi. Xoleriklarda qo'zg'alish tormozlanishdan ustun keladi. Ular tanbehlarni ko'tara olmaydilar, lekin shu bilan bir qatorda biror ish bilan qiziqib qolsalar asab tizimlari dosh berguncha, bor kuchlari bilan ishlaydilar.

Xoleriklarning qiziqishlari mustahkam va doimiy, chunki ularga o'zgaruvchanlik, moslashish etarli emasligi xosdir. Xoleriklar yoqori darajada faol va tezkor, harakatlari impulsiv va o'ylanmagan. Ularning nutqi tez, baland va his-tuyg'ularga, harakatlari jestikulyatsiya va ma'noli mimikaga boy. Psixik jarayonlar tez va intensiv kechadi.

Xoleriklar boshqa insonlar bilan mulogatda sabrsiz, tez qizishib ketadilar, his-tuyg'ularini tutib tura olmaydilar. Shuning uchun ular atrofdagilar bilan tez-tez bahslashib, janjallashib turadilar, va bu ularni jamoada uzoq vaqt ishlay olmasliklariga olib keladi.

Xoleriklar ishda faol, harakatchan, tashabbuskor. Shu bilan birga xolerik temperamentining namoyon bo'lisi ko'p jihatdan shaxsning yo'nalganligidan, xususan hayotdagi maqsadi, intilishi, xohishi, motivlari, ishonchiga bog'liq. Xoleriklar jamoat ishlarida tashabbuskorlik, kuch va qat'iylik namoyon qiladilar. Ma'naviy dunyosi qashshoq xolerik tipidagi shaxslarda janjalkashlik, o'z his-tuyg'ularini tuta olmaslik, jizzakilik kabi salbiy hislatlar kuzatiladi.

FLEGMATIK - tip fiziologik asosini kuchli, muvozanatlashgan va kam harakatlilik (inert) tashkil etadi. Ularda xotirjamlik, his tuyg'ularini tuta bilishlik, hatto eng qiyin vaziyatlarda ham xotirjamlikni saqlay olish xislatlari mavjud. Ularga qat'iyatlilik va o'ta mehnatsevarlik xos. Ular me'yorda muloqotga kirishuvchan, quruq «gap sotish»ga moyil emas.

Flegmatiklar sekin o'ylaydigan insonlar qatoriga kiradi, bu ularning kam harakatliligiga bog'liq. Shu bilan birga faoliyat davomida ular har bir ishni asosli va o'ylab bajaradilar, tartibga va bir xillikka o'rganganlar. O'zgarishlarni unchalik xush ko'rmaydilar.

Flegmatik temperamentidagi odamlarga atrofdagilar bilan bir tekis munosabatda bo'lish xos. Ularni osonlik bilan o'zidan chiqara olish va his-tuyg'ularini uyg'otish oson emas, bahslashishni yoqtirmaydilar, nohushliklar va muvaffaqiyatsizliklarni yengil kechiradilar.

Barcha psixik jarayonlar ularda sekin kechadi. Bu sekinlik ularning faoliyatiga, ayniqsa tez eslab qolish, tushunish, fahmlash, tezda biror-bir ishni bajarish, tezkor qaror qabul qilish kerak bo'lgan hollarda pand beradi. Bunday vaziyatlarda flegmatiklar yordamga muhtojliklarini namoyon qiladilar.

To'g'ri tarbiya qilinganda flegmatiklarda turg'unlik, qat'iyatlilik, ishbilarmonlik xislatlari shakllanadi. Noto'g'ri tarbiyada esa ularda befarqlik, dangasalik, harakatsizlik, sustkashlik kabi sifatlar rivojlanadi.

MELANXOLIK - tipidagilarning asab tizimi bo'sh, ularga qo'zg'alish va to'rmozlanish jarayonlarining sustligi, sabrsizlik, tez toliqish xos bo'lib, kuchli asabiy zo'riqishlarni ko'tara olmaydi.

Melanxoliklar uzoq vaqt bir narsaga diqqatlarini jamlab turolmaydilar. Ular tez xafa bo'ladilar, ma'yus yuradilar, noxushliklar va muvaffaqiyatsizliklarni ko'tara olmaydilar. Ular odatda, juda tortinchoq, ikkilanuvchan, hayotga moslashishi qiyin kechadigan odamlar. Ular o'zlarining rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni talab etadilar.

Melanxoliklar yolg'izlikni yoqtiradilar, muloqotga qiyin kirishadilar. Ularga odamovilik, his-tuyg'ularga kuchli berilish, yig'loqilik, tez tuskunlikka tushish kabi sifatlar xos. Biroq sokin, tinch va odatiy sharoitlarda ular yaxshi mehnatkash, hayotiy muammolarni samarali hal eta olishlari mumkin, kuchli andishalilik bilan ajralib turadilar. Melanxo'liklarga boshqa odamlarga hamdard bo'la olish, qayg'udosh bo'lish holatini tushunish hamda qo'ldan kelgancha yordam berishga tayorgarlik qobiliyati hos.

To'g'ri tarbiya berilganda melanxoliklarning ta'sirchanlik, nozik his-tuyg'ularga va chuqur idrok etish kabi xislatlari ularga san'at (musiqa, she'riyat, tasviriy san'at va boshqalar) sohasida katta yutuqlarga erishishga yordam beradi. Noto'g'ri tarbiya berilganda ularda tushkunlik, kelajakka va o'z kuchiga ishonchsizlik, odamovilik, passivlik hamda doimiy kayfiatsizlik hislatlari shakllanadi.


Yuqorida sanab o'tilgan temeperamnt tiplari tug'ma bo'lib, ularni o'zgartirib bo'lmaydi. Lekin, inson o'z-o'zini tarbiyalashi davomida biron temperamentga xos xislatlarni o'zida shakllantirishi mumkin. Tabiatda sof temperament tipini uchratish qiyin va odatda, har qanday kimsada biron yetakchi temperament tipiga qo'shimcha ravishda turli tiplarga xos belgilarni kuzatish mumkin. Bunday "chatishma" insonning o'z ustida ishlashi, o'zi uchun o'ta muhim ko'ringan xislatni mustaqil tarzda rivojlantirishi uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu satrlarni yoza turib beixtiyor bir hodisa esga tushadi. Ustoz-psixologlardan biri "… men hayotda iloji boricha sangvinikday bo'lishga intilaman, barcha xatti-harakatimni bu temperament tipiga muvofiqlashtirib yashayman", deb ta'kidlardi. Haqiqatan, uning ish uslubi va odamlar orasidagi harakati ko'p yillik o'z-o'zini tarbiyalash qanchalik muvaffaqiyatli natijaga olib kelganining yaqqol dalili edi. Ammo, shunday vaziyatlar bo'lardiki, ustoz uyda tanho qolishni, o'tmishdagi rasmlarni tomosha qilishni, ya'ni asl melanxoliklikka qaytishni "sog'inib" qolardi. Garchi ijodda, insoniy munosabatlarda va mehnat faoliyatida u sangvinikday tez va shijoatli bo'lsada, lekin uning asl temperamenti serqatnov ko'chani kesib o'tayotgandagi ishonchsizlikda va qaltis vaziyatlardagi ikkilanishda yaqqol ko'zga tashlanardi.

     Bildirilgan Fikrlar:

Alisa
2017-03-09

Temprament

Alisa
2017-03-09

Temprament ?zgaradimi

Alisa
2017-03-09

Temprament ?zgaradimi

Alisa
2017-03-09

Temprament

nodira
2017-05-19

qon guruhiga qarab temperamentni aniqlash mumkinmi?

firdavs
2017-05-26

omadli va baxtli bulish

Sitora
2017-10-18

Qanaqa insonman

Abdurahim
2017-12-18

manga murojat qilin teperamentilani aniqlashga yordam beraman

Dilshodbek
2018-05-09

Men temperamentlaring 4 turiga tushyapman aniqroq qilib aytsam 25% 25% 25% 25% chiqyapti bu borada nima deya olasiz menga qaniqroq mulohaza kerak edi! oldindan raxmat !

farruh
2018-05-26

Er xotinni temperamenti qanday boliwi kerak ikki xillik janjalga olib kelmaydim

shirin
2018-07-25

Harakter

Xabib
2018-08-31

Melanxolik

Ilyos
2018-10-25

Men bir fikrga kela olmayspman

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 17

Image Gallery:

Statistika:



Contact