«Vaqt va shaxs psixologiyasi.»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-08-18
Ko'rildi: 2049

Vaqt va shaxs psixologiyasi

Mutaxasislarning fikriga qaraganda,biz ish kunimizning bor-yo'gi 20 foizini unumli o'tkazamiz. Qolgan vaqtimiz esa asosan bekorga o'tib ketadi. Ammo kun tartibini to'g'ri tashkil qila bilsak, ish unumimiz ancha yaxshilanishi mumkin ekan.

Quyida biz ko'proq narsaga ulgurish maqsadida yo'l qo'yiladigan ba'zi xatoliklar haqida to'xtalib o'tamiz.
         1. Tushlik vaqtida ham biror ishlarni qilib olishga xarakat qilasiz.
Lekin buning noto'g'ri ekanligini mutaxasislar ham isbotlashgan. Sababi, soat 14.00.dan 15.00.gacha bo'lgan vaqt davomida bizning jismoniy va aqliy faoliyatimiz nolga teng bo'ladi.
         2.Ish kunini uzaytirishga xarakat qilasiz.
Me'yoridan ko'p vaqt mobaynida ishlashning foydasidan ko'ra zarari ko'proqdir. 8 soatlik ish kunidan so'ng mehnat unumi kamaysa kamayadiki, ammo oshmaydi. Bu esa ish sifatini pasaytiradi.
         3.Uyga biror ishni olib borasiz .
Bu xususiyatingiz bilan avvalombor o'zingizni dam olishdan mahrum qilib, oxir oqibatda bor kuchingizdan ayrilasiz, bu esa ertangi kun unumiga ta'sir etadi,shaxsiy hayotingizga ham zarar etkazasiz.
         4.Mehnat ta'tilidan o'z ixtiyoringiz bilan voz kechasiz.
Har bir organizm ma'lum vaqt davomida dam olishi zarur. Agar uni bu hordiqdan mahrum etsangiz, unda professional yutuqlarni ham kutmang. Shunday ekan, yuqorida o'zingiz bilib –bilmay yo'l qo'yadigan ba'zi holatlardan voz kechsangiz, ish vaqtingizni unumli o'tkazishga erishgan bo'lasiz.
Quyida sizga o'zingizni vaqtingizni to'g'ri taqsimlay olishligingizni aniqlab beruvchi testni havola etamiz .

"Shaxsda vaqtni to'g'ri taqsimlay olishni aniqlash" testi

1.Bo'sh vaqtingizni odamlarga sarflaysizmi?(masalan do'stlar,tanishuvlar,hamkasblarga)



2.Oldi-qochdi adabiyotlar (fantastika,komediya,sarguzasht) o'qiysizmi?



3.Jiddiy asarlar o'qiysizmi?



4.Uyda kasb-koringizga bog'liq ish bilan shug'ullanasizmi?



5.Uy ishlari,kundalik maishiy yumushlar bilan shug'ullanasizmi?



6.Butun bo'sh vaqtingizni egallaydigan xobbingiz (qiziqish) bormi?



7.Shaxsiy halovatingiz uchun yakka tartibda sport bilan shug'ullanasizmi?



8.Bo'sh vaqtingizni qo'shimcha daromad keltirishi mumkin bo'lgan ishlarga sarflaysizmi?



9.Kino, teatr,konsert, muzeylarga borasizmi?



10.Restoran, kafe, bazmlarda bo'lasizmi?



11.Jamoat ishlari bilan shug'ullanasizmi?



12.Televizor oldida o'tirishni yaxshi ko'rasizmi?



Tekshirish

Qaytish

siz kerakli meyordagi ball to'plamadingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring!

Siz hayotda qa'tiy maqsadga ega bo'lgan,to'g'ri yo'l tanlagan insonsiz. Hayotni qiziqarli, maroqli o'tkazish borasida to'liq tasavvurga egasiz.

Sizning hayotdagi talablaringiz biroz sustroq, ko'pincha boshlagan ishlaringizni nihoyasiga etkaza olmay qolasiz.

Siz hayotga yuzaki munosabatda, bo'sh vaqt imkoniyatidan yomon foydalanasiz, ko'p zerikasiz, atrofdagilarning maslahatlarini og'riq bilan qabul qilasiz. Odatlaringizni o'zgartirib ko'rish haqida o'ylab ko'ring.

o'yin-kulguga juda berilgansiz.bo'sh vaqtingizni behuda narsalarga sarflaysiz.

Juda mehnatsevar odamsiz, ammo siz ancha odamoviroq kishisiz, bo'sh vaqtingizni sevimli ishlaringiz bilan yolg'iz shug'ullanishga sarflaysiz.

Sizning butun e'tiboringiz vaqtingizni qat'iy hayotiy dastur asosida o'tkazishga qaratilgan, ammo siz boshqa hayotiy yumushlar uchun ham vaqt topa olasiz.

     Bildirilgan Fikrlar:

Ulu?bek
2016-09-17

Gap y?q lekin yana yangilarini k?shib turing

Nazokat
2016-09-27

ha ajoyib

Noziw
2017-01-06

Voy togriiiiiiiiiii

zuhra
2017-01-09

togri disayam buladi

Rahmatjon
2017-03-24

Gap yo"zo"r

Parizoda
2017-04-15

qattan topasla voy

Ahmad
2017-04-14

gap yu

Sardor
2017-04-19

mexnatsevarli yemadi qoganiga gap yo!

Anora
2017-10-20

Togri odam oviroqman

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 61

Image Gallery:

Statistika:



Contact