«Yetakchilik qo'shimcha masofani bosib o'tishdan boshlanadi.»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2016-01-28
Ko'rildi: 1110

YETAKChILIK QO’ShIMChA MASOFANI BOSIB O’TIShDAN BOShLANADI.

Men endigina bolalarimni maktabga eltib, ishga chog‘langan edim, to‘satdan miyamga yarq etib, bir fikr keldi. Liderlik ham, omad ham qo‘shimcha masofani bosib o‘tishdan boshlanadi. Oddiy odamlar qo‘shimcha ishlash uchun vaqt ajratishmaydi. Lekin siz oddiy odam emassiz.

Tijoratchi o‘z yetakchilik xususiyatlarini ish soatlari tugagach, yana ishlash orqali namoyon etadi. Kun so‘ngida mijozlarga qo‘shimcha qo‘ng‘iroqlar qilish oson bo‘lgani uchun emas, balki buni qilish kerak bo‘lgani uchun qiladi. Kelishilgan buyurtmani bajarayotgan brigada buyurtmachini qoyil qoldirish uchun yanada ko‘proq kuch sarf qilib ishlaydi — bu ulardagi yetakchilik xususiyatlarini namoyon etadi. Va albatta, yomon ob-havoda issiq ko‘rpada maza qilib yotish istagini yengib, qo‘shimcha masofaga yugurish uchun otlangan odam ham o‘zida yetakchilik xususiyatlari borligini ko‘rsatadi. Sovuq havoda yugurish yoqimli bo‘lgani uchun emas, balki shunday qilish donolik bo‘lgani uchun.

Men bu fikr mohiyatini tushunib yetishingizni so‘rayman. Mislsiz karera va go‘zal hayotga erishganlar vaqtlarining bir qismini qo‘shimcha ishlash uchun sarf qilishadi. Ha, oddiy odamlar qo‘shimcha masofani bosib o‘tishga intilishmaydi. Lekin kim sizni oddiy odam deb aytdi?
Tavakkalga qo‘l urish aslida o‘ylab ish qilishdir

Men aksariyat odamlardan ko‘ra, ko‘proq xato qilaman. Men doim adashaman. Men tijoratda ham, shaxsiy hayotimda ham ko‘plab omadsizliklarga uchradim. Nega shunday bo‘lyapti, deb avval hayron bo‘lardim. Ilgari men o‘zimni qurbon qilib ko‘rsatish kasaliga yo‘liqqan edim. Lekin endi tushunib yetdim. Men yaxshi hayot yo‘lida qoqilgan edim. Omadsizlik — buyuklik uchun to‘lov ekan. Omadsizlik — katta muvaffaqiyatning asosiy ingriyedenti hisoblanadi. Devid Kelli shunday yozadi: "Qancha tez adashsangiz — shuncha tez muvaffaqiyatga erishasiz". Siz o‘zingizning xavfsiz uyangizda osudagina o‘tirib, g‘alaba qozonolmaysiz. Kim tavakkal qilmasa, g‘alaba qozonmaydi. Siz o‘z orzularingiz ortidan yugurib, qancha ko‘p tavakkal qilsangiz, shuncha ko‘p omadsizlikka uchraysiz.

Juda ko‘p odamlar "Ma’lumlikning xavfsiz sohili"da hayotlarini bekorga o‘tkazib yuboradilar. Yigirma yil bir xil yo‘ldan yurish, bir xil suhbat, bir xil fikrlash tarzi bor ularda. Men buni qoralamoqchi emasman. Bu sizga yoqsa, marhamat! Lekin men shunday taqdir bilan yashab baxtli bo‘lgan odamni ko‘rmadim. Odatiy harakatni bajarib, odatiy natijaga erishiladi. Enshteyn bir xil harakatni takrorlab, har xil natija kutishni aqlsizlik, deb baholagandi. Lekin ko‘pchilik aynan shunday yashaydi. Quvonch o‘zingizni to‘la bag‘ishlab, taqdirni sinab ko‘ra boshlagandan keyin yuz ko‘rsatadi. Bunda tez-tez omadsizlikka uchrashingiz mumkin. Lekin omad ham tez-tez keladi.

Omadsizlik — yuksak muvaffaqiyatga erishish jarayonining bir qismi, xolos. "Muvaffaqiyatsizliklar — mahorat belgisi", — deydi Tom Piters. Buyuk shaxslar oddiy odamlardan ko‘proq omadsizliklarni boshdan kechirishgan. Eng yaxshi firmalar o‘rtacha firmalardan ko‘ra, ko‘proq yutqizishga uchragan. Men uchun yagona mag‘lubiyat — orzu qilmaslik, jur’atsizlik. Inson uchun tavakkalsiz, jur’atsiz yashashdan ko‘ra kattaroq tavakkal yo‘q. Mark Tven "Yigirma yildan so‘ng siz qilgan ishlaringiz uchun emas, qilmagan ishlaringiz uchun achinasiz", deb yozgan edi.

Demak, olg‘a! O’z chegarangiz doirasidan chiqing. Sevimli restoraningizdan o‘zingizga joy buyurtma qiling. Sayohatga chiqqaningizda samolyotda birinchi klass xizmatlarini yaxshiroq ko‘rsatilishini talab qiling. Sevimli kishingizning muhabbatiga yanada ko‘proq erishing. Unutmang, o‘yinga kirmagan g‘alaba ham qozonmaydi.

Robin Sharma kitobidan

manba: psixologiya.uz

     Bildirilgan Fikrlar:

aziz
2017-12-26

robin sharmani uzbcha kitobi chiqgami

kamron
2018-10-31

deduksiya haqida biror malumot bormi

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 65

Image Gallery:

Statistika:



Contact