«Siz qanday kelinsiz? (Qaynonalar uchun shpargalka!)»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2017-01-25
Ko'rildi: 1293

Siz qanday kelinsiz? Qaynonalar uchun shpargalka!

Qaynona va kelinlar munosabati haqida gazeta-jurnallarda yuzlab maqolalar yozilgan, filmlar suratga olingan, hattoki qo`shiqlar ham kuylangan. Qay biriga qaramang, kelin bechora qurbon, qaynona esa uni yamlamay yutishga tayyor «anakonda»! Lekin, hozirgi qizlar ham anoyi emas-da. «Kelinlik» maqomiga erishganiga 3 kun bo`lmasdan, qaynonasini tokchaga choynakdek terib qo`yishni orzu qilishadi. «Juda oshirib yubordingiz» deysizmi?! U holda quyidagi test savollariga javob berib, qanday kelin ekanligingiz (yoki kelajakda qanday kelin bo'lishingiz) ni bir tekshiring.








1. Turmush o`rtog`ingizning oila a`zolari bilan munosabatingizni to`g`ri ta`riflovchi variantni belgilang:



2. Xalq orasida qaynonalar haqida aytiladigan gaplarga munosabatingiz:

«Shamol bo`lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» degan naqlni eshitganmisiz...


3. Qaynonangizga sovg`a xarid qilish lozim. Bu vaziyatda sizning harakatingiz...

Erimdan pul olaman. Qaynonam bilan bozorga tushib, o`zlariga yoqqan va kerakli narsa yoki libosni xarid qilamiz;

4. Biror bir holatda qaynonagiz sizga ko`maklashmoqchi ekanini aytsa, siz nima qilasiz?

Qaytish

siz kerakli meyordagi ball to'plamadingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring!


Tirishib-tirmashib qaynonangizni ko`nglini olishga harakat qilasiz. Bu ishingiz to`g`ri. Nega deganda yosh oilangiz butunlay eringizning ota-onasiga qaram-da! O`z uyingiz yo`q, ro`zg`or tebratishga etarli maosh ham olmaysiz. Sizga yoqsa-yoqmasa sabr va qanoat bilan yashashdan boshqa ilojingiz yo`q. Ammo zahringizni ham ichingizga yutmang, aks holda bir kun portlashingiz hech gap emas. Maslahatimiz, sixni ham, kabobni ham ko`ydirmaslikka harakat qiling. Siz, eringiz va farzandlaringiz bilan bog`liq masalalarda damba-dam o`z fikringizni aytib turing. Pazandalik, chaqqonlikdan tashqari, shaxs sifatida ham qaynonangizni hurmatini qozoning.

Manba: Darakchi.uz


Oilaviy ishlarga hech kimni aralashtirishni istamaysiz. Mustaqil bo`lishga intilasiz, hech bir jihatdan qaramlikni yoqtirmaysiz. Shu sababli qaynongizdan yordam so`ramaysiz, uni oilaviy muammolardan xoli tutasiz. Har qanday masalani o`zingiz hal etishga o`rgangansiz. Oilangiz er-xotin birgalikda tuzgan qoidalaringizga asoslanib yashaydi. Biroq chegaradan chiqib ketmang. Turmush o`rtog`ingizning ota-onasi o`g`lining hayoti, nabiralarining tarbiyasi bilan qiziqishga, hatto aralashishga ham haqli! Unutmang!

Manba: Darakchi.uz


Qaynonangiz bilan xuddi dugonalardeksiz. Mulohazali va aqlli ayol ekaningiz ham shunday ma`lum. Eringiz uchun qadrli ikki ayolning o`rtasida hech qanday kelishmovchilik yuzaga kelishiga yo`l qo`ymaysiz. Turmush o`rtog`ingizning voliadasini qanday xushnud etishni va o`z hududingizni dahlsiz saqlashni yaxshi bilasiz. O`g`lini sizga ishonib topshirgan ayol ham maqtovlarga loyiq. Kelinni yaxshi tanlabsiz, barakalla, Qaynonajon!

Manba: Darakchi.uz


Qaynonangizni bir ko`rishdayoq yoqtirmagansiz, tan oling. O`zingizcha eringizga qo`shib, bu keksa ayolni ham qayta tarbiyalashni maqsad qilgansiz-da. Maslahatimiz, xomtama bo`lmang! Ro`zg`oringiz, juftingiz bilan munosabatingiz, bolalaringiz tarbiyasini qaynonangizdan hadeb qizg`onavermang. O`zingizni xuddi siyosiy arboblardek hushmuomala tutishingizdan, yuqoridagi xislatlaringiz ko`zga tashlanmaydi. Qaynonani do`st bilsangiz, u sizga ko`p ishlarda ko`mak berishi shubhasiz!

Manba: Darakchi.uz


     Bildirilgan Fikrlar:

marjona
2017-09-18

ajoyib

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 9

Image Gallery:

Statistika:



Contact