«Siz g'iybatchimisiz? (Psixologik test)»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2017-02-05
Ko'rildi: 2563

Siz g'iybatchimisiz? (Psixologik test).

Kunda-shunda dugonalar, mahalladagi ayollar, qarindosh urug`lar bilan turli mavzularda suhbatlashamiz. Ammo bu suhbatlar bilib bilmay kimlarnidir muhokama qilishimiz mumkin. Shu bilan kishi g`iybatchi bo`lib qoladimi? G`iybatga qanchalik moyil ekaningizni bilish uchun quyidagi savollarimizga javob bering.

1. Yaqin kishingizga qo`ng`iroq bo`ldi, u go`shakni ko`tarish uchun boshqa xonaga chiqsa...


Kamdan-kam hollardagina eshitaman;

2. Do`stlaringizning hayotidagi barcha yangiliklarni batafsil so`rab olasizmi?


Faqat alohida holatlarda;

3. Tanishlaringizning odatlarini muhokama qilib turasizmi?


Faqat kayfiyatim bo`lmaganda;

4. Kim qancha maosh olishga qiziqasizmi?


Faqat kasbdoshlarimning maoshiga qiziqaman;

5. Telefonda suhbatlashayapsiz, so`zlashishga mavzu qolmadi...


Bunaqasi xech qachon bo`lmagan;

6. Qaysi mavzularni muhokama qilasiz?


Atrofda qiziqarli voqealar shunchalik ko`pki, barchasini aytishga ulgurish kerak;

7. Xonangizga yangi gulqog`oz tanlayapsiz. Qanday rangisiga ixtiyor berasiz?


Sariq;

8. Ko`chada janjal bo`lyapti...


Begonalar bo`lsa menga nima;

Tekshirish

Qaytish

siz 0 (nol) ball to'pladingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring! 0 (nol) ball uchun natija quyida.


G`iybatchilik sizga yot illat. O`zingizga kerak ma`lumotni asosiy manbaadan olib, boshqalari bilan hisoblashib ham o`tirmaysiz. Haqiqiy sirdoshsiz, sizga o`z sirini ishongan insonni xafa qilishdan ehtiyot bo`lasiz. Biroq ba`zida muhokama qilinayotgan mavzular ahamiyatini bo`rttirib ko`rsatishingiz mumkin. Barini yurakka yaqin olishga moyilligingiz bor.


Kayfiyat odamisiz. Zerikib qolsangiz o`zgalarning hayotiga qiziqish paydo bo`lishi mumkin. Kim haqida, yoki nima haqida g`iybatlashish siz uchun unchalik ham muhim emas, shunchaki o`zingizni biror mashg`ulot bilan chalg`itish uchungina bu ishni qilasiz. Band bo`lganingizda g`iybatlarga e`tibor ham bermasdingiz. Zerikish, bekorchilik, mana barining boshi qaerda. Demak, bu illatdan xalos bo`lish uchun doim band bo`ling.


Turli voqealar boshingizda g`ovlab ketganidan insonlar hayoti haqida butun boshli roman yozsangiz bo`ladi. Uzoqroq tanishingizning qo`shnisining kelini haqidagi ma`lumotlar ham e`tiboringizdan chetda qolmaydi. Aksiga olgandek, siz qiziqarli suhbatdoshsiz, hikoyalaringizni eshitish ham maroqli. Shu qobiliyatingizni to`g`ri yo`lda sarflashga nima deysiz? Sir saqlay olmaganligingiz bois ko`p dakki egansiz, bundan tashqari vaqt va quvvatingizni umuman keraksiz narsalarga sarflab yuborayapsiz. Buning o`rniga ishda yoki oilada qo`l kelishi mumkin bo`lgan biror ilm egallashingiz mumkin. Aks holda birovlarning hayotidagi yangiliklar ortidan quvib, umringizni havoga sarflab yuborasiz.

     Bildirilgan Fikrlar:

talpa
2018-02-12

Nodir meni ham olib ket

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 18

Image Gallery:

Statistika:



Contact