«Muhabbat bobida o'smirmisiz?»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2017-01-25
Ko'rildi: 1776

Muhabbat bobida o'smirmisiz

Ko`pchiligimiz ishda yaxshi xodim, mas`uliyatli rahbar, umuman mustaqil shaxsmiz. Lekin munosabatlarda o`zimizni huddi bola yoki o`smirdek tutishimiz mumkin. Cevgi bobida yosh, doim ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lavermaydi. Lekin kishilarning o`zini tutishiga qarab, tajribali yoki tajribasizga ajratish mumkin. Xo`sh, munosabatlardagi yoshingizni bilasizmi? Marhamat, savollarimizga javob beringda, o`zingiz haqingizda yanada ko`proq bilib oling.

1. Munosabatlarda murosaga kelishga qiynalaman, doim ham past ketgim kelmaydi.



2. Uni o`zgartirish istagidan allaqachon voz kechganman.



3. Muhabbat bor joyda, albatta, o`zaro hurmat ham bo`ladi.



4. Sevgan insonim meni hayron qoldirishga harakat qilmaydi.



5. Munosabatlarda ta`sirchanlikka o`rin yo`q.



6. Agar ehtiros bo`lmasa, munosabatlar ham sovuqlashib boraveradi.



7. Samimiyat — mustahkam munosabatlarning asosiy omili.



8. Ko`ngil berganim qo`rquvlarimni engishimga ko`maklashishini istayman.



9. U hafsalamni pir qilganida o`zimni bosishga qiynalsam-da, hech narsa demayman.



10. Ikki kishilashib zerikish ham muhabbatning bir belgisi.



11. Uzoq yillik munosabatlar garovi — murosa.



12. Sevgi muhabbat, tuyg'ularning keskin o`zgarishidan tez charchayman.



13. Nozik mavzulardagi suhbatlarga umuman toqatim yo`q.



14. O`zimning kuchli va ojiz tomonlarimni yaxshi bilaman.



15. Zarurat tug'ilsa ko`ngil qo`yganimning ba`zi noxush odatlariga ko`z yumish qo`limdan keladi.



16. Muhabbat, aslida, hissiyotlarning kuchliligi va tuyg'ular po`rtanasi.



17. Muhabbat va iztirob oldinma-ketin yuradi.



18. Juftim meni borimcha qabul qilishi kerak.



19. Juftimiz biz unga imkon berganimizcha bizni boshqaradi.



20. Agar u shaxsiy xududimni buzsa, kechirishim mushkul.



Tekshirish

Qaytish

siz kerakli meyordagi ball to'plamadingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring!


O`smirlardek sevasiz
Huddi o`smirlar kabi sevgan insoningizni ideallashtirishingiz mumkin. O`ziga o`xshamaydigan inson bilan muloqot qilish, yot tuyg'ularni tuyishga ehtiyojingiz bor. Qaltis qarorlar qabul qilish odatingiz esa chegaralarni tan olmasligingiz natijasidir. Ammo katta yoshdagi inson o`zini o`smirlardek tutishi birqancha tushunmovchiliklarini keltirib chiqaradi. Ko`pincha ham ruhan yaqin insonni izlaysiz, ham o`yin-kulgidan, yorqin taassurotlardan voz kechgingiz kelmaydi. Ehtimol, shunga uzoq muddatli va mustahkam munosabatlarni barpo etishingiz mushkuldir. Boshqalarni kamchiliklari bilan qabul qilishga qiynalasiz. Odatda o`zgaruvchan fe`l atvoringizni o`zingiz ham tushunmay qolasiz. Ayriliqni esa og'ir o`tkazasiz. Hatto, birinchi qadamni o`zingiz tashlagan bo`lsangiz-da.
Ustunligingiz: kamolotga intilasiz, jur`atlisiz.
Kamchiligingiz: o`zgaruvchanligingiz, his-tuyg'uga beriluvchansiz, chegaralarni tan olmasligingiz ba`zida pand berishi mumkin.
Muvozanatga erishish uchun: ko`ngil qo`yganim hamma talablarimga javob berishi shart, umuman talab va ehtiyojlarimni atrofdagilar qondirishlari lozim degan shartlaringizdan voz kechishga harakat qiling. O`z istaklaringizni o`zingiz amalga oshirishni o`rganing.


Kattalarday sevasiz.
Ishonchli va mustahkam munosabatlaringiz asosida har kimning o`z hududi borligini tan olishingiz yotadi. Ruhiy o`sish o`zingiz va yaqinlaringizga qo`ygan chegaralaringizni tushunish bilan nomoyon bo`ladi. Shuningdek inson o`zgaruvchan mavjudot ekanligini tushunish va o`zingiz ham o`zgara olishingizni qabul qilishingiz lozim. Muloqot jarayonida bemalol «Men», «Yo`q» so`zlarini qo`llay olasiz, o`z ehtiyojlaringizni o`zingiz qondirish uchun harakat qilasiz. Agar munosabatlarda o`zaro hurmat va ishonchni ko`rmasangiz ularga yakun yasash ham qo`lingizdan keladi. Kattalarga xos munosabtalarning asosida muloqot yotadi. Muloqotda esa ixtilof va tushunmovchiliklar ham kuzatilishini unutmang.
Ustunligingiz: samimiylik, voqea-hodisalarga teran nazar bilan boqish va atrofdagilarga hayrixohlik yaqqol ustunligingizdir.
Kamchiligingiz: ko`ngil amriga emas, aqlga quloq tutishingiz natijasida ruhiy ehtiyojlaringiz ehtiyojligicha qolib ketishi mumkin.
Muvozanatga erishish uchun: har qanday muvozanat ham kuni kelib buzilishi mumkinligini yodda saqlang. Mas`uliyat va bir birini tushunish degani tuyg'ular doim ham munosabatlarning davomiyligini ta`minlay olmaydi. Fikrlar xilma-xilligi va bir chimdimgina rashk munosabatlaringizni raјbatlantiruvchi omil bo`lib xizmat qilishi mumkin.


Munosabatlar bobida «oqsoqol»siz!
Siz uchun asosiysi hamfikrlilik va o`zaro muvofiqlik. Hayot sinovlari va tajriba, baribir, o`z so`zini aytadi-da. Yoningizdagi insonni tushunish, qo`llab quvvatlash va unga јamxo`rlik qilishni uning e`tiborini qozonishdan ko`ra ustun sanaysiz. Siz uchun zafar qozonish emas, muammoning umumiy echimini topish muhimroq. Avvallari o`zingiz zerikarli deb o`ylagan bir xillikni endi munosabatlardagi turјunlik deya qabul qila boshladingiz.
Ustunligingingiz: qo`li va ko`ngli birdek ochiq insonsiz.
Kamchiligingiz: haddan tashqari fidokorlik, birgina maqsad atrofida aylanib qolish, munosabatlarga yangilik kitirishni istamaslik.
Muvozanatni saqlash uchun: o`ziga xosligingizni yo`qotmang, biroz sirliroq bo`ling. Yoringizning istaklarini o`z xohishlaringizdan ustun qo`ymang. Boshqa kishilar bilan muloqotingizni jonlantirish orqali juftingizni o`z muammolaringiz bilan bezdirishdan yiroqda bo`lasiz. Munosabatlaringizda erkinlik yuzaga keladi.


     Bildirilgan Fikrlar:

Bahrom
2017-01-29

aaaaaaa

Lola
2017-01-30

aaaaaaaaaaaaa

n
2017-02-11

sevganm

ruslan
2017-04-07

tesrt

Navruz
2017-05-13

5

Anora
2017-10-25

SD

A
2018-04-11

????????

sarp yilmaz
2018-04-18

jaloooooool

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 49

Image Gallery:

Statistika:



Contact