««Muhabbat daraxti» foto-testi»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2017-02-05
Ko'rildi: 4315

«Muhabbat daraxti» foto-testi

Qizlarjon, suratlarga diqqat bilan razm solib, ko'nglingizga yoqqanini tanlang-da, ta'rifga ko'z yugurtiring. Foto-testimiz orqali fe'l-atvoringiz va sizga munosib inson haqida kerakli ma'lumotlarni bilib olasiz. Bajarish tartibi:
1. Diqqat bilan quyidagi rasmlarga qarang.
2. Rasmlarni ichidan sizga eng ma'qul kelganini tanlang.
3. Rasm ustiga sichqoncha tugmasini bosgan holdajavobni ko'rishingiz mumkin


         ustiga 2 marta bosing          ustiga 2 marta bosing
ustiga 2 marta bosing.  ustiga 2 marta bosing

1. Romantikaga oshuftasiz!
Kuchli, dadil va jur'atlisiz. Ko'nglingizning bir burdida shunday xos joy borki, u romantika va nafis tuyg'ularni istaydi. O'zingizga bo'lgan ishonch, qat'iyat va yetti o'lchab bir kesishingiz omadingiz garovi. Garchi kishilar bilan til topishishingiz biroz mushkul bo'lsa-da, tanlov pallasida o'zingizni yo'qotib qo'ymaysiz. Qarama-qarshi jins vakillarining e'tiborini qozonish uchun makr kabi «qurol»lardan foydalanishga cho'chimaysiz. Odatda bu usullaringiz munosabatlaringizni yanada mustahkamlaydi. Yigitlar sizni ishonchli va qat'iyatli qiz sifatida qabul qilishadi. Kundalik muammolar munosabatlaringizga sovuqchilik tushurishiga yo'l qo'ymaysiz. Fe'l-atvori sizga o'xshagan inson bilan baxtli yashaysiz. Kasb-koriga kelsak, siyosatchi, notiq, rejissyor va o'z sohasida yetakchi yigit bilan uzukka ko'z qo'ygandek mos tushasiz.

2. Kuchli insonga suyanishni istaysiz!
Ehtiyotkor, rejali, tadbirkor va tirishqoq… Bu ro'yxat uzoq davom ettirilsa-da, fazilatlaringizning adog'iga yetish mushkul. Siz atrofdagilarning nog'orasiga o'ynaydiganlar toifasidan emassiz va soxta obro'-e'tibor izidan quvmaysiz. Biroq ta'sirchanlik, palapartishlik kabi odatlaringizdan xalos bo'lish fursati yetdi. Mas'uliyatni bo'yningizga olishni o'rgansangiz, katta yutuqlarga erishasiz. Yigitlar bilan munosabatlaringiz reja asosida, bosqichma-bosqich rivojlanishini istaysiz. Fe'lingizdagi barqarorlik atrofdagilarda, xususan yigitlarda ishonch tuyg'usini uyg'otadi. Hayotingizni mehribon, doim qo'llab-quvvatlashga tayyor, kuchli inson bilan bog'lasangiz, yanglishmaysiz. Bo'lajak juftingiz hisobchi, bank xodimi, muhandis yoki quruvchi bo'lsa, nur ustiga nur.

3. Yuragingizga quloq tutasiz!
Sodda, ochiqko'ngil va samimiy insonsiz, shu tufayli ko'nglingiz doim jo'shqin kechinmalarni xohlaydi. Odatda boshqalarning fikrini diqqat bilan eshitsangiz-da, hal qiluvchi qarorni istaklaringizga asoslanib qabul qilasiz. Turli janjal va ko'ngilsizliklardan qochish borasida mahoratlisiz. Tanlov chog'ida ixtiyoringizni o'zingizga suyanchiq bo'la oladigan kuchli shaxsga berasiz. Qalbingiz muhabbat va yoqimli tuyg'ularga limmo-lim. Ularni kundalik muammolar so'ndirib qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Sportchilar, harbiylar bilan chiroyli juftlik hosil qilasiz.

4. Moslashmaysiz, moslashtirasiz!
Siz tartibli, boshlagan ishini oxiriga yetkazmay qo'ymaydigan kishilardansiz. Qoidalaringizdan sira chetga chiqmaysiz. Fe'lingiz ancha bosiq bo'lsa-da, o'zingizni xafa qildirib qo'ymaysiz. Atrofdagilar bilan munosabatlaringizni qadriga yetganingiz tufayli tanish-bilishlaringiz, dugonalaringiz bisyor. Yigitlar bilan munosabatlarda esa birinchilikka intilasiz. Agar ustunlikka erisha olmasangiz, teng huquqli sherik rolini ham qabul qilishingiz mumkin. Aslida sizga falon kasb egalari munosib deb aytish mushkul. Chunki kim bo'lishidan qat'i nazar ko'nglingizdagi insonni tarbiyalab olishga qodirsiz. Mustahkam iroda sohibini uchratsangiz, xech ikkilanmay rozi bo'lavering. Bunday yigit bilan tengi yo'q juftlikka aylanasiz.

5. Arazingiz ochilmaydi!
His-tuyg'uga beriluvchansiz, lov etib yonib, puf etib o'chishingizni tan oling. Munosabatlarda esa sirliligingiz va maftunkorligingiz bilan qarama-qarshi jins vakillarining e'tiborini qozonishga intilasiz. Vaqti-vaqti bilan arazchiligingiz tutib qoladi. Lekin achchiq ustida qaror qabul qilmaysiz. Umr yo'ldosh sifatida og'ir-vazmin, fe'l-atvori barqaror kishini tanlasangiz, afsuslanmaysiz. Huquqshunos, advokat, diplomat yoki uchuvchilar siz uchun munosib tanlov.

     Bildirilgan Fikrlar:

soginchim
2017-02-05

ajoyib barchasi to`gg`ri qoyil endi shunaqasini topib berilaro

sog`inchim
2017-02-05

men 2-daraxtni tanludim qoyil

akmalchik
2017-06-01

5

parizoda
2017-08-16

man ham ikkini

bonu
2017-08-09

Balki tori chiqar

Zari
2017-08-28

Men 2ni tanladim t??ri chiqdi

Oynisa
2017-09-13

Judda zor

Madina
2017-09-27

5 ni tanladim 50% t?gri 50% xato

Dilya
2018-04-23

5

Yasminka
2018-04-28

Manimcha to‘g‘ri chiqmadi

Dilorom
2018-06-01

5

MohiNur
2018-10-10

5-ni tanlagandim Menimcha hammasi to?g?ri

Kamila
2018-11-07

Man 5wi tanludm hammas turi

Гулячка
2018-11-12

Менга жуда ёкти 1 расмнитанлагандим тугри чикди рахмат.

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 4

Image Gallery:

Statistika:



Contact