«Qiyofalar foto testi»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2017-02-05
Ko'rildi: 3239

"Qiyofalar foto testi."

Mazkur qiyofalarni tanlash orqali psihologik testni bajaring. Rasmni ko'rib chiqing. Quyidagi qaysi tasvir sizning diqqatingizni o'ziga tortdi, o'sha rasm ustiga sichqonchani tugmasini bosing.

 ustiga 2 marta bosing  ustiga 2 marta bosing  ustiga 2 marta bosing
ustiga 2 marta bosing.  ustiga 2 marta bosing  ustiga 2 marta bosing
 ustiga 2 marta bosing  ustiga 2 marta bosing  ustiga 2 marta bosing

1-shakl
Siz to'g'ri so'z odamsiz. Kulsangiz chin dildan kulasiz va chin ko'ngildan xursand bo'lasiz. Har bir odamdagi o'ziga xos xislatlarni qadrlaysiz. Hayotdan doimo qoniqish tuyasiz. Do'stlaringiz sizning ochiq ko'nglingizni qadrlashadi.

2-shakl
Siz quvvatga to'la odamsiz. Siz har qanday vaziyatda bir nechta ishni birdaniga bajara olasiz. Sharoitga tez moslashasiz. Siz omadga chanqoqsiz va maqsadingiz sari qat'iyat bilan harakat qilasiz. Muhim qarorlarni mas'uliyat bilan qabul qilasiz.

3-shakl
Sizda hamma narsa me'yorida. Siz baxtli odamsiz. Biroq sizning ko'nglingizni bilish qiyinroq. Chunki siz hamma his-tuyg'ularingizni oshkor qilavermaysiz. Jamoatchilik fikri siz uchun muhim. Faqat olishni emas, berishni ham yoqtirasiz. Yordamga muhtoj bo'lganlarga befarq qarab tura olmaysiz.

4-shakl
Siz mehribon odamsiz.Dunyoqarashingiz keng. Siz hammani tushunasiz va kechira olasiz. Tinch osuda hayotni qadrlaysiz. Hattoki atrofdagilarning shovqini ham sizga yoqmaydi. O'z tinchingizni osuda hayotda deb bilasiz. Tinchlikning bahosini bilasiz va uni qadrlaysiz.

5-shakl
Siz tinib tinchimas, betakror odamsiz. Sizni kichkina hech tinim bilmaydigan motorchaga o'xshatish mumkin. Siz xonani yoritib turgan eng yorug' chiroqqa o'xshaysiz. Siz g'oyalarga limmo limsiz. Hech qachon odatiy narsalar sizni qoniqtirmaydi. Siz hech narsani boricha qabul qilmaysiz. Fikru hayolingiz uni o'zgartirishda bo'ladi.

6-shakl
Siz hayotga ijobiy qarovchi va yoqimtoy insonsiz. Sizga o'xshagan optimist va istarasi issiq insonga qiziqmaslik mumkin emas. Siz atrofingizdagi bo'layotgan voqealarga doim qiziqasiz. Do'stlaringizdan uzoqlashmaysiz. Atrofingizni doim quvonch o'rab turishiga urinasiz. Har lahzani quvnoq o'tkazish sizga xos fazilat. Shuning uchun odamlarni tez o'zingizga jalb qila olasiz.

7-shakl
Siz oddiy, yetti o'lchab bir kesadigan, mehribon odamsiz. Siz bu dunyoga ozgina bo'lsa ham ezgulik ulashishga harakat qilasiz. Siz nimagadir erishish uchun bor kuch bilan harakat qilish kerakligiga ishonasiz. Siz dunyoni o'zgartira olmasligingiz mumkin, lekin odamlarni o'zgartira olasiz.

8-shakl
Siz o'ta ehtiroslisiz. Sizga haqiqiy muhabbat kerak. Muhabbatingizni hech qachon uchratmayman degan xavotirda yashaysiz. Siz optimist va yoqimli insonsiz. Lekin yuragingiz jarohatlarga to'la. Siz tushunish va haqiqiy insoniy munosabatlarni qidirasiz.Siz odamlar uchun munosib tirgak bo'la olasiz.

9-shakl
Siz dono insonsiz. Yaxshi kitoblardangina rohatlana olasiz. Siz o'zga dunyolarga yaqinlashishni yoqtirasiz. Siz chuqur fikrlovchi va chidamlisiz. Yangi g'oyalar va o'zgarishlarga doim tayyorsiz. Siz tartibli va to'g'ri so'zsiz. Siz uchun eng muhimi o'zingizga bo'lgan ishonch. Siz juda aqlli, mustaqil fikrlisiz. Dunyoqarashingiz juda keng. Bundan juda g'ururlanasiz. Lekin buni hech qachon namoyish qilmaysiz.

     Bildirilgan Fikrlar:

sog`inchim
2017-02-05

haqiqatga yaqin yana shunaqalaridan bormi

TATU NF voxidjon qodirov
2017-04-26

mani hayotimdagi xususiyatlar togri lekin. adminlar yan qoshilar yangilaridan bosa

mubina
2017-06-02

4

Behruz
2017-06-04

Haqiqat

yod odam
2017-06-06

Хаммаси мактовку. Мактов еса хаммага ёкади.

talpa
2017-06-14

yaxshi jiyan

Zari
2017-07-25

Yaxshi men 2,6,9ni tanladim

Zari
2017-07-25

Yaxshi men 2,6,9ni tanladim

durdona
2017-09-06

T?ri qoyilman

Akbarbek
2018-03-23

100%

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 7

Image Gallery:

Statistika:



Contact