«Mehr bersang, mehr topasan: Psixologik test»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2017-02-05
Ko'rildi: 3345

Mehr bersang, mehr topasan: Psixologik test

Ushbu test orqali oiladagi o'rningiz va atrofingizdagilarga bo'lgan munosobatingiz qandayligini bilib olishingiz mumkin. Oramizda nafaqat yaqinlari, oila a'zolari, balki begonalardan ham hech narsasini ayamaydigan, mehribon insonlar juda ko'p. Ammo begonalar u yoqda tursin, eng yaqin insoniga ham yaxshilikni ravo ko'rmaydiganlar ham topiladi. Shular qatorida odamlardan doimo nimanidir olish va undirishga o'rganganlar ham bor. Siz ham o'ylab ko'ring: atrofdagilarni bir chetga sura turaylik, eng yaqin insoningiz uchun nimalardan voz kecha olasiz? U uchun nimalarga tayyorsiz? Bu borada o'zingiz haqingizda aniq bir fikringiz bo'lmasa yoki javob berishga ikkilanayotgan bo'lsangiz, ushbu ruhiy testimiz aynan siz uchun.

1. Turmush o'rtog'ingizning ish joyida bayram tadbiri bo'lmoqda. Bu bayramda ularga yaqin insonlarini olib kelishlari mumkinligi aytilgan, ammo borishingiz u qadar muhim emas. Shunday vaziyatda siz turmush o'rtog'ingiz bilan bayramga borgan bo'larmidingiz?


Yo'q, o'zi boraversin;

2. U bilan tanishgan kuningizni qay tarzda nishonlashni istardingiz?


O'ziga xos biror narsani xohlardim;

3. Siz yaqin insoningizning..........qo'rqasiz


Meni qiziqtirmay qo'yishidan;

4. Uyali aloqa telefoningizda sevgan kishingiz uchun maxsus chaqiruv qo'shig'i haqida...


Ovoz yo'q, vibratsiyaga sozlangan;

5. Agar ikkingizning mashinangiz bitta bo'lsa, uni kim haydaydi?


Men albatta;

6. Yaqin insoningiz sizga kiyim sovg'a qildi. Bu libos esa sizga yoqmadi. Aksiga olib, u sizdan shu kiyimni kiyishni so'radi. Shunday vaziyatda qanday yo'l tutasiz?


Agar bu kiyim unga yoqsa, uni faqat uyda kiyaman;

7. Sizga dam olish uchun bir kishilik yo'llanma berishdi. Bir o'zingiz dam olishga ketgan bo'larmidingiz?


Uning fikrini so'rayman va u nima desa shuni qilaman;

8. O'zingizga va qadrli insoningizga biror narsa sotib olish istagidasiz. Ammo pulingiz faqat bitta narsaga yetadi. Siz aynan nimani xarid qilgan bo'lardingiz?


Har ikkimiz ham foydalana olishimiz uchun fotoapparat yoki biror yangi texnikani sotib olgan bo'lardim;

9. Aziz insoningiz uchun qurbon qilishingiz yoki sabr qilishingiz mumkin bo'lgan eng katta narsa bu....


U bilan bahs yuzaga kelganda, uning gapiga ko'nib qo'ya qolish;

10. Oshxonangizdagi stolda ta'mi juda mazali shirinlik bor, qiziq, sizningcha, u kimga nasib qilarkin?


Albatta, menga;

Tekshirish

Qaytish

siz 0 (nol) ball to'pladingiz. Barcha savollarga javob belgilaganingizni tekshirib ko'ring! 0 (nol) ball uchun natija quyida.


Siz har qanday vaziyatda yaqin insoniga qulay bo'lishini o'ylaydiganlar toifasiga kirasiz. Agar bu sizga ham unga ham ma'qul bo'lsa, juda yaxshi. Agar o'zingizni ko'p holatlarda qurbon qilayotgandek, mehribonligingizni suiiste'mol qilishayotgandek tuyulsa, u holatda bunga qarshi biror chora ko'rishingiz va uni, qolaversa, o'zingizni ham tarbiyalashni boshlashingiz lozim.


Siz va sizning yaqin insoningiz o'rtasidagi munosabatlar "sizdan ugina, bizdan bugina" naqli ostida tashkil topgan. O'rtangizdagi hamma narsa bir-biriga mos va mutanosib. Har biringiz, istagingizga rad javobi berilmasligi va bunda o'zini qurbon qilish shart emasligini bilasiz. Siz o'zaro kelishib ish qilishni yaxshi ko'radigan va fikrlari doimo bir joydan chiqadigan mustahkam juftliksiz.


Siz haqingizda mehribon va jonkuyar deb aytishning o'zi kamlik qiladi. Siz uchun yoningizdagi insonning xursandchiligi, quvonchi va istaklari eng muhim omil sanaladi. Yaqin insoningizning birgina tabassumi uchun siz har qanday qurbonlikka tayyor bo'la olasiz. Yaxshilik qilish barobarida siz undan ham shunday munosabat qaytarishini kutmaysiz, talab qilmaysiz.


Siz yaqin insoni bilan munosabatlarda o'z istaklarini ustun qo'yadigan kishilardan sanalasiz. Siz xohish va istaklaringiz birinchi o'rinda turishini talab qilasiz. Yaqiningizga mehr berishdan ko'ra, mehr olishni xush ko'rasiz. Agar yoningizda shunday inson bo'lsa, demak omadingiz chopgan. Agar bunay insonni hali uchratmagan bo'lsangiz, fe'lingizni oz bo'lsada o'zgartirishga urinib ko'rishingizni maslahat bergan bo'lardik. Munosabatlar ikki tomonlama mehr asosida qurilishini unutmang. Faqat o'zingizni o'ylasangiz, qadrli insongizning oldida qadringiz ketishi yodda tuting.

Manba: qalampir.uz

     Bildirilgan Fikrlar:

alibek
2017-02-10

Sanla odamlani lox qivvosanlami. Satying wu iwnlani qiliw ucun yaratingmi. Birovlani nomerinni nma qilasanla.

Admin
2017-02-14

Hurmatli o'quvchi ushbu maqola orqali kimningdir raqamini bilishni hohlaydi deb o'ylasangiz hato qilasiz. Agar siz dasturlashdan ozgina habaringiz bo'lsa tekshirib ko'ring, maqola java script tilida tuzilgan bo'lib u natijani faqat o'quvchilarga qaytaradi, aslo sizning raqamlaringiz bizning bazaga yuborilmaydi va saqlanmaydi!!!

xuska
2017-02-17

Gap yoq rahmat

Temur
2017-02-21

Qanaqa dasturlash bu boshidagi uchta raqamni kirit degansilar kyin oxirgi ikkitasini kirit degansilar nimani aniqladilaring men tushunmadim.

Baxrom
2017-03-02

Natija xato chiqdi!

sodiq
2017-04-07

Xato ciqoptiku

Happy Girl
2017-04-16

Manga biroz yoqmadi

Sardor
2017-04-17

javob to`g`ri chiqdi

vektor
2017-04-18

toza axmoq qimoqchi bo`p sallade. ha o`zimiz yozib beryapmizu tel nomerni

Suhrobjon
2018-02-10

Kattakon raxmat. Xorazmlik yigit

Asqarjon
2018-03-27

axmat tuzuvchilarga umridan barakat topsin!

roma
2018-07-08

Yaxshi

мафтуна
2018-07-14

тогри чикди

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 56

Image Gallery:

Statistika:



Contact