«Yigitlarni xarakterini bilib olish usullari (Qizlar uchun)!»


Muallif: Nodir Karimov
Qo'shilgan sana: 2017-02-05
Ko'rildi: 7653

Yigitlarni xarakterini bilib olish usullari (Qizlar uchun)!

Hayotingizda bir yigit paydo bo'ldi. Uning qandayligini bilish siz uchun juda ham qiziq. Bugungi kunda insonning qandayligini bilish uchun uzoq yillar shart emas. Bir kun, bir soat va hatto bir qarashning o'zidayoq kishi fe'l-atvoridagi muhim narsalar xususida bilib olish mumkin.

Yoqtirgan sport turi

Yugurish va suzish sport turi bilan shug'ullanishni yoqtiradiganlar mustaqil kishilar bo'lib, ko'p narsalarga o'z kuchlari bilan erishishni yoqtiradilar. Jamoaviy sport turlari, masalan, futbol, xokkey, basketbolni yoqtiradigan yigitlarda raqobatchilik ruhi kuchli bo'ladi. Bu narsa oilaviy va ishdagi hayotga ham taalluqli. Sportga qiziqqan erkaklar mustaqil qaror qabul qilishlari bilan ajralib turadi.

Uning do'stlari

Agar uning bolalikdan do'sti bo'lgan bo'lsa, demak, u sadoqat hissi nima ekanligini biladi. Siz ham idealiga mos bo'lishingizni xohlaydi. Bundaylarning ishonchini qozonish uchun uzoq yillar kerak bo'ladi. Agar uning do'stlari ko'p bo'lsa, u odamlar bilan tez til topisha oladi. Istalgan sharoitga osongina moslashadi.

Muomalasi

U senga gap otdi degani, birinchi bo'lib qo'ng'iroq qiladi degani emas. Bu narsa o'y-fikrlarini qaytadan tahrir qilib olishga imkon beradi. U o'zining asl ko'rinishini ko'rsatishni xohlamaydi, shunchaki bu holat o'ziga ishonmasligini ko'rsatadi, xolos. U biroz muddat munosabatlarni to'xtatib tursa yoki to'xtovsiz elektron nomalar yuborsa, yoki soatlab siz bilan telefonda gaplashsa, u yaqinlar bilan munosabatga tez kirisha oladigan kishilardir.

Plastik kartochkami yoki naqd?

Agar u hamma joyda o'zining plastik kartochkasi orqali to'lasa, bunday kishilar nihoyatda o'zini yaxshi ko'radigan kekkaygan kishilar bo'lishadi. Agar naqd pulda to'lasa, u o'ziga to'q va mustaqil odam. Bordiyu uning hamyoni bo'sh bo'lsa, birovlarning yordamiga muhtoj bo'ladi. U, shuningdek, unga yordam beruvchilar doim topilishiga ishonib yashaydi.

Tadbir va ziyofatlarda

Agar u atrofdagilarning e'tiborini jon-jahdi bilan tortishga harakat qilsa, demak, o'ziga unchalik ham ishonmaydi. Bundaylar bilan vaqt baxtli o'tganday tuyiladi, ammo bir umr yashash unchalik ham oson emas. U o'zining shaxsiga nisbatan doimo e'tiborni talab qiladi. Sizning orzu-umidlaringiz o'z-o'zidan yuvilib ketadi.

Mashinani zo'r boshqaradimi?

Agar tirband yo'lda toqati toq bo'layotgan bo'lsa, bunday kishilar nihoyatda agressiv va betoqat kishilardir. Bu odati uning karerasiga yordam berishi mumkindir, ammo bu kabi insonlar bilan munosabatga kirishish orzu emas. Oilaviy hayotda ham u yetakchilikni qo'lga oladi. Agar tirband yo'lda o'zini xotirjam tuta olsa, bunday kishilar hayotda ham o'zini boshqara oladi.

Qanday ovqat tanlaydi?

Katta miqdordagi porsiyada ovqat buyurtma beradigan kishi turg'un va kimgadir tobe, sarguzashtlarni umuman xushlamaydi. Tabiiy taomlarni tanlaydiganlar esa rang-baranglik va xilma-xillikni yoqtirishadi.

Ozodami yoki aksi?

Ozodalikni yoqtirgan erkak mayda narsalarga ham nihoyatda e'tibor beradigan bo'ladi. Kimning uyida betartiblik bo'lsa, ular mansabparastlar bo'lmaydi, ijodiy salohiyatga moyilligi bor kishilar bo'ladi. Agar uning yuvinish xonasida aqalli bitta sovun yoki sochiq bo'lmasa, u nihoyatda dangasa va ozodalikdan ancha yiroq kishi. Shunday inson bilan taqdiringizni bog'lashga tayyormisiz?!

Televizorda nima ko'radi?

U faqat va faqat komedik filmlarni tomosha qilishni xush ko'radi, balki, kulgi yordamida o'zidagi stressni quvishga urinar. Bunday yigitlar o'tmishdagi yaralarni tirnab, tirnoq ostidan kir qidirib yurish fe'lidan yiroq. Har doim o'zini nazorat qila oladi. Biroq u bilan jiddiy suhbatga kirishish qiyin. Hamma gapingizni hazilga burib ketadi. Detektiv hamda kriminal voqealarga asoslangan kino yoki ko'rsatuvlarni ko'radiganlar esa tahlil qilishga moyil va bundan faxrlanadilar ham. Siz doim bunday insonlar yordamiga tayanishingiz mumkin.

O'naqaymi yoki chapaqay?

Chapaqaylar tabiatan rassomlikka ishtiyoqi baland bo'ladi. Axir ular hayotdan oladigan axborotlarni miyaning ijodiy faoliyat uchun javob beruvchi o'ng yarimshari qayta ishlaydi-da! O'naqaylar xususida esa tayinli so'z ayta olmaymiz. Ular erishgan muvaffaqiyatlarning bari mehnatlari tufayli.

Uning sochlari

Sochlari xuddi kinoyulduzlar yoki futbolchilar kabi olingan erkaklar xudbinligining chek-chegarasi yo'q. Agar siz uchrashayotgan yigitning sochlari asta-sekin to'kilib tushayotgan bo'lsa, bu narsa uning o'ziga bo'lgan ishonchi ham pastlayotganidan darak beradi. Biroq ziyraklikda uncha-muncha odam uning oldiga tusha olmaydi.

Oilada nechanchi farzand?

To'ng'ich farzand bo'lsa, unga bemalol suyanishingiz mumkin. Chunki aksar hollarda to'ng'ich farzandlar o'ta mas'uliyatli bo'ladi. Kenja bo'lsa, ijod kishisi. Biroz erka va xudbinligi ham bo'lishi tabiiy. Agar oilada o'rtancha farzand bo'lsa, yaxshilab o'ylab ko'ring, uning ta'sirchan fe'li uchun juda katta e'tibor lozim.

Odamlar orasida

Agar do'stlari orasida doim sizga e'tiborli bo'lib, mehr ko'rsatsa, demak, sizdek sevgilisi bo'lganidan mamnun va buni atrofdagilar ham ko'rib qo'yishini istaydi. Aksincha, do'stlari davrasiga tushgach, sizga faqat goh-gohida e'tibor bersa, yo o'zining, yoki sizning his-tuyg'ularingizga ishonmayapti.

Tashqi ko'rinish va oliftalik

Agar yigit har bir vitrina qarshisida to'xtab, kiyim-kechagini tuzatsa, oliftaligi tayin. Shuningdek, bunday yigitlar ish va shaxsiy hayotdagi g'alabalardan ham darak berib turadi. Agar u o'z tashqi ko'rinishiga deyarli e'tibor bermasa, izzat-nafsini yuqori tutmaydi va u bilan kelishish oson.

Mashinani kim haydashi kerak?

Agar u sizga ham mashina haydashni o'rgatsa, munosabatlaringizda teng huquqlilikni tan oladi. Hech bo'lmasa, ba'zi-ba'zida. Agar u mashina rulini sizga hech qachon bermasa, eskicha fikrlaydigan bo'ladi. Bundan ham yomoni, sizni doim nazoratda ushlab turishga harakat qiladi.

Ko'zingizga qaraydimi?

Agar u doim ko'zlarini olib qochsa, unga to'liq ishonib bo'lmaydi. Agar ko'zini bir zum ham uzmasa, sizni doim nazorat qilib turishni istaydi. Agar uning ko'zlarida mehr yolqinlari shu'lalanib tursa, demak, sizni juda yoqtiradi va qarab to'ymayapti.

Qanday gapiradi?

Agar u bir daqiqada 100 ta so'z aytsa, demak, kayfiyat odami, juda energiyaga boy va xudbin ham bo'lishi mumkin. Agar u hissiyot aralash to'xtalib-to'xtalib gapirsa, uni tavakkalchi deya olmaysan. Biroq uning so'zlariga, albatta, quloq solish lozim, aks holda hislarimni tushunmadi, deb ranjib qolishi mumkin.

Manba: Ziyo-music.com

     Bildirilgan Fikrlar:

joni
2017-04-16

normalni

Sara
2017-05-29

Juda Z?R!

Zilola
2017-06-30

Narmalni bazilari to`g`ri bazilari to`g`ri kelmaydi

Zarifa
2018-01-29

Men ozomni xam tushunmayman bazida

     Fikringizni Qoldiring:



Rasmdagi yig'indini kiriting:

 15

Image Gallery:

Statistika:



Contact